26
qarzning to‗lanmagan summasining 100 foizi miqdorida zaxiralar yaratishi kerak.
Bank aktivlari likvidli, ya‘ni tez naqd mablag‗ga aylantirish imkoniyati
bo‗lishi kerak. Bank aktivlari likvidlilik nuqtai nazaridan quyidagilarga bo‗linadi:
7.
Yuqori likvidli aktivlar – bevosita pul ko‗rinishidagi mablag‗lar
bo‗lib, ushbu aktivlar istalgan paytda bank maburiyatini bajarishga yo‗naltirilishi
mumkin;
8.
Qisqa muddatli likvidli aktivlar – qisqa muddatli kreditlar va
ikkilamchi bozorga ega bo‗lmagan qimmatli qog‗ozlar;
9.
Qiyin realizatsiya qilinadigan aktivlar – o‗rta va uzoq muddatli
kreditlar, ikkilamchi bozorga ega bo‗lmagan qimmatli qog‗ozlar, pay ulushlari va
boshqalar;
10.
Past likvidli aktivlar – bankning asosiy vositalariga yo‗naltirilgan
mablag‗lar kiradi.
Xulosa qilib aytganda, banklarning aktiv operatsiyalari ularning foydasini
shakllantirishga xizmat qilish bilan birga, ma‘lum darajadagi risklarni vujudga
kelishiga sabab bo‗ladi. Banklar aktiv operatsiyalarni bajarishda asosiy e‘tiborni
mavjud risklarning darajasini pasaytirish orqali balansning likvidligini
ta‘minlashga qaratadi.
Dostları ilə paylaş: