36
joylashgan aholi va korxonalardan depozitlarni qabo‗l qiladi, va ushbu
mablag‗larni boshqa bir joyda sarmoya qiladi. Bundan farqli ularoq, kredit
uyushmasining barcha kreditlari ular taqdim etilgan hamjamiyat doirasida qolishi,
kredit uyushmasining barcha foydasi esa (operatsion xarajatlar qoplanib,
kapitallashtirish bo‗yisha talablar bajarilib, kreditlar bo‗yisha zararlarni qoplashga
zaxiralar barpo etilganidan so‗ng) hamjamiyatga pay badallari bqyisha dividendlar
shaklida qaytarilishi kerak yoki uning ishonchliligi va xavfsizligini mustahkamlash
ushun zarur bo‗lgan kapitallashtirishni amalga oshirish uchun qoldiriladi. Bankda
nazorat jamlangan, ovoz huquqi esa aksiyadorlik kapitalida egalik qilish ulushidan
kelib chiqib belgilanadi. Bu nazoratni bir nechta yirik aksiyadorning amalga
oshirishiga yo‗l qo‗yadi. Kredit uyushmasida nazorat bir yerda jamlanmagan. Pay
badali miqdoridan qat‘iy nazar, bir ishtirokchi bir ovozga egadir.
Kredit uyushmasi (KU) kooperativ bo‗lib, unga a‘zo bo‗lgan har bir kishi
uning sherik egasiga aylanadi. Sizning uyushmadagi pay hisob varag‗ingiz sizning
―ulushingiz‖ni bildiradi. Biroq pay badallari birjadagi kursi i yoki tushib ketishi
mumkinbo‗lgan aksiyalardan farq qiladi.
Pay badallari hisobvaraqlari bo‗yisha dividendlar to‗lanadi. Kredit uyushmasi
kooperativ bo‗lganligi sababli u amalda ishlab topilgan ortiqcha foydanigina
taqsimlay oladi. Faqat ishtirokchilar tomonidan saylanadigan KU direktorlar
kengashi dividendlar miqdorini KU daromadlaridan kelib chiqib belgilaydi. Foizlar
(dividendlar) miqdori kredit uyushmasining moliyaviy holati qanchalik maqbo‗l
ekanligiga bog‗liq.
Kredit uyushmasidan uning a‘zosi chiqqanda yoki chiqarilganda pay badali
kredit uyushmasining a‘zosiga, uning kredit uyushmasi oldidagi barcha qarzi
uzilganidan keyin, qaytariladi.
Dostları ilə paylaş: