― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   266
pul va banklar (2)

17.2-jadval 
Kredit uyushmalari bilan banklar o‗rtasidagi asosiy farq 
 
Banklar
Kredit uyushmalari
1. 
Mulkga egalik 
huquqi 
Odatda 
banklar 
badavlat 
shaxslarga 
yoki 
korporatsiyalarga 
qarashli 
bo‗ladi va ijtimoiy bozorda 
xizmatlar taqdim etadi. Mulk 
huquqi aniq belgilangan. 
Kredit 
uyushmasi 
xizmat 
ko‗rsatadigan jamoa aholisiga 
tegishli bo‗ladi. Mulk huquqi 
ham xizmat ko‗rsatish bozori 
singari 
―tarqoq‖. 
Kredit 
uyushmalari 
faqat 
o‗zining 
ishtirokchilariga 
xizmat 
ko‗rsatadi. 
2. 
Nazorat 
Tabiiyki, 
nazorat 
jamlangan. 
Ovoz 
huquqi 
aksiyadorlik 
sarmoyasidagi 
egalik 
qilish 
ulushidan 
kelib 
chiqib 
belgilanadi, bu esa nazoratni bir 
nechta yirik aksiyador amalga 
oshirishiga yo‗l qo‗yadi. 
Nazorat ―tarqoq‖. Pay badalidan 
qat‘i nazar, bir ishtirokchi bir 
ovozga ega. Ishtirokchilar pay 
badalining 
miqdoridan 
qat‘i 
nazar teng huquqlarga ega. 


37 
3. 
Foyda olish 
Bozor 
raqobati 
sharoitida 
aksiyadorlik 
sarmoyasiga 
qilingan 
investitsiyalardan 
kelgan foyda samarali xizmat 
ko‗rsatish faoliyatning asosiy 
mezoni hisoblanadi. Aksiyadan 
kelgan 
daromad, 
aksiyaning 
bozor qiymati va dividendlar 
aksiya egasini qondirish uchun 
asos bo‗lib xizmat qiladi. 
Ishtirokchilarga 
xizmat 
ko‗rsatish 
faoliyat 
samaradorligining asosiy mezoni 
hisoblanadi. 
Foyda 
olish 
ishtirokchilar 
mablag‗lari 
(jamg‗armalar va pay badallari) 
bo‗yicha operatsion xarajatlarni 
qoplash, 
ssuda 
zararlarini 
qoplash 
va 
institutsional 
sarmoyani oshirishga zaxiralar 
barpo etish uchun etarli bo‗lgan 
foydaning 
real 
me‘yorini 
(inflyasiya stavkasidan yuqori) 
tayinlash 
bilan 
cheklanadi. 
Odatda, foydaning belgilangan 
me‘yori olinishi bilanoq kreditlar 
bo‗yicha 
kredit 
stavkalari 
pasaytiriladi 
va/yoki 
jamg‗armalar 
bo‗yicha 
foiz 
stavkalari 
ishtirokchining 
farovonligi uchun eng ko‗p foyda 
olish uchun yo‗naltiriladi. 
4.
Bozor qamrovi
sohasi 
Bankning asosiy maqsadi eng 
ko‗p foyda olish hisoblanishi 
sababli banklar, odatda, e‘tiborni 
yirik, qiymat nuqtayi-nazaridan 
yanada rentabelli operatsiyalarni 
amalga oshira oladigan badavlat 
mijozlarga 
qaratadi. 
Banklar 
xarajatlari/daromadlari 
tarkibi 
ayrim mayda mijozlarga xizmat 
ko‗rsatishni qiyinlashtiradi va 
ko‗pincha yo‗qqa chiqaradi. 
Kredit 
uyushmalari 
ishtirokchilari – mijozlarining 
katta 
qismi 
etarli 
darajada 
ta‘minlanmagan va shu sababli 
banklar 
taqdim 
etadigan 
moliyaviy 
xizmatlardan 
foydalana 
olmaydigan 
shaxslardir. Garchi ular bank 
mijozlari 
taalluqli 
bo‗lgan 
mijozlar 
darajasiga 
mansub 
bo‗lishmasada, barqaror daromad 
oladilar va shu sababli kreditga 
qobiliyatlidirlar. 
5.
Operatsiyalar 
miqyosi 
Banklar 
amalga 
oshiradigan 
operatsiyalar 
miqyosi 
kredit 
uyushmalariga qaraganda ancha 
keng va ko‗proq turli geografik 
bozorlarni 
qoplaydi. 
Ovoz 
huquqi aksiyadorlik sarmoyasida 
egalik qilish ulushiga bog‗liqligi 
sababli banklar ko‗p darajada 
badavlat mijozlarni jalb eta oladi. 
Demokratik 
qoidalarga 
asoslangan 
boshqarish 
kredit 
uyushmalarining ular faoliyatini 
amalga oshiradigan jamoadan 
tashqarida o‗sishini cheklaydi, 
mablag‗larni jalb etish banklar 
bilan 
taqqoslaganda 
ancha 
sekinlashgan 
– 
odatda 
ishtirokchilarning 
institutsional 


38 
Bundan 
tashqari, 
sarmoya 
xajmidan kelib chiqib ovoz 
berish 
huquqi 
yanada 
moslashuvchanroq 
rahbarlik 
qilishga imkon beradi. 
sarmoyaning o‗sishiga ulushlari 
bilan cheklangan. Biroq, banklar 
bilan 
taqqoslaganda, 
kredit 
uyushmalari 
ular 
xizmat 
ko‗rsatadigan 
jamoa 
ichidagi 
ancha mustahkam va barqaror 
o‗zaro 
munosabatlar 
bilan 
farqlanadi. 
 
Kredit uyushmalarida boshqaruvning yuqori organi bo‗lib uning a‘zolarining 
umumiy yig‗ilishi hisoblanadi. Kredit uyushmasi a‘zolarining umumiy yig‗ilishi 
bir yilda kamida bir marotaba, moliyaviy yil tugaganidan keyin olti oydan 
kechiktirmay o‗tkazilishi kerak. Kredit uyushmasi a‘zolarining umumiy yig‗ilishini 
o‗tkazish haqida kamida o‗ttiz kun oldin xabar qilinadi. Kredit uyushmasining har 
bir a‘zosi, ustav fondidagi pay badali miqdoridan qat‘i nazar, umumiy yig‗ilish 
tomonidan qaror qabo‗l qilish paytida bir ovoz huquqiga egadir. Umumiy yig‗ilish 
qarori umumiy yig‗ilishda hozir bo‗lgan kredit uyushmasi a‘zolarining ko‗pchilik 
ovozi bilan qabo‗l qilinadi. Kredit uyushmasi a‘zolarining umumiy yig‗ilishi: 
- ustavga o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritadi, ustav fondini ko‗paytirish 
yoki kamaytirishga doir o‗zgartishlar bundan mustasno; 
- daromadning bir qismini kredit uyushmasining a‘zolariga to‗lash tartibini 
tasdiqlaydi; 
- kredit uyushmasi a‘zolari orasidan kengash, kredit qo‗mitasi, taftish 
komissiyasi a‘zolarini saylaydi, ularning vakolatlarini bekor qiladi; 
- yillik moliyaviy hisobotni, kengash, ijroiya organi, kredit qo‗mitasi va 
taftish komissiyasining hisobotlarini tasdiqlaydi; 
- auditorlik tashkilotini va u bilan shartnoma tuzish shartlarini belgilaydi; 
- kredit uyushmasini tugatish va qayta tashkil etish to‗g‗risida qaror qabo‗l 
qiladi. 
KU tashkiliy tuzilmasi : 
1. 
Ishtirokchilar Umumiy yig‗ilishi 
2. 
Kredit qo‗mitasi Kengash Taftish komissiyasi 
3. 
Ijrochi Organ 
4. 
Kredit uyushmasi xodimlari 
KU oladigan foydaning bir necha manbalari mavjud:
- ishtirokchilarga kredit berish paytida olinadigan foizlar; 
- KU amalga oshiradigan investisiyalar bo‗yisha foizlar; 
- ba‘zi xizmatlarni taqdim etganlik ushun komission to‗lovlar. 
Xavfsiz va moliyaviy barqaror institut bo‗lishi uchun omonat kredit 
uyushmasi ishtirokchilarning jamg‗armalarini himoya qilish maqsadida 
operatsiyalarni amalga oshirayotganda har tomonni o‗ylab ish tutishi kerak. Butun 
dunyoda faoliyat ko‗rsatayotgan kredit uyushmalarini takomillashtirish kredit 
uyushmalari faoliyatining samaradorligini ta‘minlaydigan moliyaviy boshqaruv 
hamda ishki nazorat tizimini barpo etish yo‗l i bilan amalga oshirilib, institutning 
xavfsizligi va barqarorligiga qaratilgan va shunga asosiy e‘tiborni beradi. 


39 
Ustav fondiga pay badalini kiritgan istalgan yuridik yoki jismoniy shaxs 
kredit uyushmasining ishtirokchisi bo‗la oladi. Unga kredit uyushmasi tomonidan 
berilgan sertifikat shaxsning kredit uyushmasiga a‘zoligini tasdiqlaydigan hujjat 
hisoblanadi. 
Kredit uyushmasining a‘zosi: 
- kredit uyushmasi taqdim etadigan xizmatlardan foydalanish; 
- kredit uyushmasini boshqarishda ishtirok etish; 
- belgilangan tartibda kredit uyushmasi daromadining bir qismini olish; 
- ustavga muvofiq kredit uyushmasi faoliyati to‗g‗risida to‗liq va ishonchli 
axborot olish; 
- kredit uyushmasidan chiqish; 
- kredit uyushmasi tugatilgan taqdirda mol-mulkning pay badaliga mutanosib 
qismini olish huquqiga egadir. 
Kredit uyushmasining a‘zolari qonun hujjatlari va ustavga muvofiq boshqa 
huquqlarga ega bo‗la oladilar. 
Kredit uyushmasi a‘zolari quyidagi majburiyatlarga ega: 
- ustavga rioya qilish
- kredit uyushmasi a‘zolarining umumiy yig‗ilishi, kredit uyushmasi 
kengashi, kredit qo‗mitasi, taftish komissiyasining qarorlarini bajarish; 
- olingan kreditlarni o‗z vaqtida va to‗liq qaytarish; 
- kredit uyushmasining amaliy obro‗-nufuzi va kredit qobiliyatini oshirishga 
ko‗mak berish. 
Kredit uyushmasining a‘zolari qonun hujjatlari va ustavga muvofiq boshqa 
majburiyatlarga ham ega bo‗lishlari mumkin. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin