― pul va banklar


O„zaro jamg„arma banklari



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   266
pul va banklar (2)

O„zaro jamg„arma banklari 
Tahminan 400 ga yaqin jamg‗arma banklarining yarimi shtat organlari 
tomonidan litsenziyalangan.Shtat hukumatlari bunday banklarni faoliyatini asosan 
boshqargan, bitta hisob raqam uchun 250 minga dollargacha summadagi 
depozitlar omonatlarni sug‗urtalash federal korporatsiyasi (OSFK) tomonidan 
sug‗urtalangan.O‗zaro jamg‗arma banklari ishlari ko‗p jihatlari OSFK normalari 
bilan boshqarilgan, OSFKda sug‗urtalanmagan depozitlar shtat sug‗urtalash 
fondlari hisobiga o‗z depozitlarini sug‗urtalashadi. 
Filiallar ochish bo‗yicha o‗zaro jamg‗arma banklar faoliyati banklar 
joylashgan shtat organlari tomonidan boshqariladi.Bunday boshqarish normalari 
juda qattiq emas, o‗zaro jamg‗arma banklari aktivlari 25 mln.dollardan kam 
darajadadir.
147
 
14.4 Mikrokredit tashkilotlari 
 
MT tomonidan insoniyatni global muammolarini hal etish bo‗yicha
tadbirlarni amalga oshirish va muvofiqlashtirish uchun qabo‗l qilingan ming yillik 
deklaratsiyasida kambag‗allik masshtabini kamaytirish maqsadi qo‗yilgan. Ushbu 
maqsadga 
erishishning 
hayotbaxsh 
strategiyalaridan 
biri 
bo‗lib 
mikromoliyalashtirish bo‗lib, bu o‗zining samaradorligini ko‗pgina davlatlarda 
ko‗rsatdi. 
Hozirgi vaqtda mikromoliyalashtirish tashkilotlari dunyo bo‗yicha 500 
mln.dan ortiq mijozlarga xizmat qiladi, ularning jami zayom portfeli 2,0
mlrd.dollardan oshiqdir. Statistik ma‘lumotlarga ko‗ra, dunyo bo‗yicha 
mikromoliyalashtirish tashkilotlari 67,6 mln. oilaga foyda keltirmoqda, ularning 
katta qismi – 37,7 mln. mikromoliyalashtirish programmasiga ishtirok etishni 
boshlaganlarida juda kambag‗al oilalardan bo‗lganlar. 
Mikromoliyalashtirishni tor va keng ma‘noda qarash mumkin. Tor ma‘noda 
mikromoliyalashtirish deganda unchalik katta bo‗lmagan kreditlar berish va lizing 
xizmatini ko‗rsatishga tushuniladi. Keng ma‘noda esa, mikromoliyalashtirish 
deganda 
mikrokredit 
va 
mikrolizingdan 
tashqari 
mikrojamg‗armalar, 
mikrosug‗urtalar, pul o‗tkazmalari va konsalting xizmatlari kabi keng tarmoqli 
moliyaviy xizmatlarni o‗z ichiga oladi. 
Mikromoliyalashtirish tashkilotlari kichik tadbirkorlarni qo‗llab quvvatlash, 
aholining iqtisodiy aktivligini oshirish hisobidan yashash darajasini rivojlantirish 
va oilalar daromadini oshirishga yo‗naltirilgandir. 
147
Fredric S. Mishkin. The Economics of Money, Banking and Financial Markrts. Saving and Loan Associations
page 344.



42 
Mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasida xizmatlar ko‗rsatish 
bo‗yicha faoliyatni amalga oshiruvchi mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatuvchi 
yuridik shaxs mikrokredit tashkilotidir.
 
Mikrokredit tashkiloti ishlab chiqarish, sug‗urta, savdo-vositachilik va 
Qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyat bilan bevosita shug‗ullanishga haqli 
emas. ―Mikrokredit tashkilotlari to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi 
Qonuniga muvofiq mikrokredit tashkilotlarining boshqa mikromoliyaviy xizmatlar 
ko‗rsatuvchi tashkilotlardan farqi, ular qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda 
jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabo‗l qilishga ham haqli emas deb 
ko‗rsatilgan.
Mikrokredit tashkilotlari yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan 
qonun hujjatlariga muvofiq har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi 
mumkin. 
Mikrokredit tashkilotlari davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba 
uyushmalari va diniy tashkilotlar tomonidan tashkil etilishi mumkin emas. 
Mikrokredit tashkiloti ta‘sis hujjatlari asosida faoliyat ko‗rsatadi. Mikrokredit 
tashkilotining ustav fondi pul mablag‗laridan, shuningdek mazkur tashkilot ustav 
fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol-mulkdan 
shakllantiriladi. 
Mikrokredit tashkilotining ustav fondini shakllantirishda kreditga, garovga 
olingan mablag‗lardan va boshqa jalb qilingan mablag‗lardan foydalanishga yo‗l 
qo‗yilmaydi. 
Mikrokredit tashkiloti ustav fondining eng kam miqdori litsenziya olish uchun 
murojaat qilingan kunga qadar faqat pul mablag‗laridan shakllantirilgan bo‗lishi 
kerak. 
Mikrokredit tashkilotining firma nomida "mikrokredit tashkiloti" so‗z 
birikmasi ifodalanishi va mazkur nom boshqa mikrokredit tashkilotlarining firma 
nomiga o‗xshash bo‗lmasligi kerak. Ushbu Qonun talablariga javob bermaydigan 
yuridik shaxs o‗z nomida "mikrokredit tashkiloti" so‗z birikmasidan foydalanishga 
haqli emas. 
Mikrokredit tashkiloti o‗zining firma nomi davlat tilida to‗liq yozilgan hamda 
joylashgan yeri ko‗rsatilgan muhriga ega bo‗lishi kerak. Muhrda ayni vaqtning 
o‗zida firma nomi boshqa tilda ham ko‗rsatilishi mumkin. 
Mikrokredit tashkiloti o‗z nomi yozilgan shtamplarga, blankalarga va o‗z 
emblemasiga ega bo‗lishga haqlidir. 
Mikrokredit tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq davlat ro‗yxatidan 
o‗tkazilishi kerak. 
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda mikrokredit tashkiloti 
mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatish faoliyatini litsenziya olganidan keyin amalga 
oshiradi. 
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish to‗g‗risidagi yoki litsenziya berishni 
asoslantirilgan holda rad etish to‗g‗risidagi qaror litsenziya berish haqidagi ariza 
bilan murojaat qilingan va litsenziya olish uchun zarur bo‗lgan hujjatlar taqdim 
etilgan kundan e‘tiboran o‗ttiz kalendar kun ichida qabo‗l qilinadi. 
Bugungi kunda mikrokredit tashkilotlari mikrokredit yoki mikroqarz berish, 
qarz majburiyatini sotish yoki sotib olish (faktoring), mikrokredit tashkiloti lizing 


43 
beruvchi sifatida ishtirok etadigan mikrolizing (moliya ijarasi) va qonun 
xujjatlariga muvofiq boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatish, shu 
jumladan iste‘mol kredit berish bilan shug‗ullanmoqdalar. Mikrokredit tashkilotlari 
kredit siyosatiga muvofiq o‗rtacha yillik 60 % gacha mikrokreditlar bermoqdalar. 
Garov, ta‘minot sifatida ular tilla taqinchoqlar, avtomobil vositalari va boshqa 
buyumlar qabo‗l qilishadi.Mikrokredit tashkilotlari o‗z faoliyatini belgilangan 
qonuniy hujjatlar asosida olib boradilar. Qonuniy baza to‗g‗ri va mustahkam bo‗lsa 
ularning faoliyati barqaror bo‗ladi. 
Bugungi kunga kelib mikrokredit tashkilotlari asosan jismoniy shaxslarga 
xizmat ko‗rsatishlari bilan, berilayotgan mikrokreditlarning uzog‗i bilan 3 ish 
kunida ajratilishi va ular asosan naqd pul shaklida berilishlari bilan tijorat 
banklarining ko‗rsatilayotgan xizmatlaridan bir muncha ustunlikga ega bo‗lib 
kelinmoqda.
 
Iqtisodiyotni rivojlantirishda kredit muassasalari tomonidan iqtisodiyot 
sohalarini, xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni noan‘anaviy kreditlash 
usullarini qo‗llangan holda rivojlantirish aholi bandligi va daromad darajasini 
ortishiga yordam beradi 
Mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish sohasida xizmatlar ko‗rsatish 
bo‗yicha faoliyatni amalga oshiruvchi mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatuvchi 
yuridik shaxs mikrokredit tashkilotidir. 
Mikrokredit 
tashkiloti 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
hududida 
bank 
hisobvaraqlarini belgilangan tartibda ochishga haqli. 
Mikrokredit tashkiloti ishlab chiqarish, sug‗urta, savdo-vositachilik va ushbu 
Qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyat bilan bevosita shug‗ullanishga haqli 
emas. 
Mikrokredit tashkilotlari yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan 
qonun hujjatlariga muvofiq har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi 
mumkin. 
Mikrokredit tashkilotlari davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba 
uyushmalari va diniy tashkilotlar tomonidan tashkil etilishi mumkin emas. 
Mikrokredit tashkiloti ta‘sis hujjatlari asosida faoliyat ko‗rsatadi. 
Mikrokredit tashkilotining ta‘sis hujjatlarida muayyan tashkiliy-huquqiy 
shakldagi yuridik shaxslar uchun qonun hujjatlarida belgilangan ma‘lumotlarga 
qo‗shimcha ravishda quyidagi ma‘lumotlar bo‗lishi kerak: 

mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy 
xizmatlar ko‗rsatish bo‗yicha faoliyat to‗g‗risidagi; 

boshqaruv organlarining tuzilishi va vakolatlari to‗g‗risidagi; 

mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy 
xizmatlar ko‗rsatish uchun mablag‗larni shakllantirish manbalari to‗g‗risidagi; 

mikrokredit tashkilotida audit o‗tkazish tartibi to‗g‗risidagi. 
Mikrokredit tashkilotining ustav fondi pul mablag‗laridan, shuningdek 
mazkur tashkilot ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa 
mol-mulkdan shakllantiriladi. 
Mikrokredit tashkilotining ustav fondini shakllantirishda kreditga, garovga 
olingan mablag‗lardan va boshqa jalb qilingan mablag‗lardan foydalanishga yo‗l 
qo‗yilmaydi. Mikrokredit tashkiloti ustav fondining eng kam miqdori litsenziya 


44 
olish uchun murojaat qilingan kunga qadar faqat pul mablag‗laridan 
shakllantirilgan bo‗lishi kerak. Mikrokredit tashkilotining firma nomida 
"mikrokredit tashkiloti" so‗z birikmasi ifodalanishi va mazkur nom boshqa 
mikrokredit tashkilotlarining firma nomiga o‗xshash bo‗lmasligi kerak. Ushbu 
Qonun talablariga javob bermaydigan yuridik shaxs o‗z nomida "mikrokredit 
tashkiloti" so‗z birikmasidan foydalanishga haqli emas. 
Mikrokredit tashkiloti o‗zining firma nomi davlat tilida to‗liq yozilgan hamda 
joylashgan yeri ko‗rsatilgan muhriga ega bo‗lishi kerak. Muhrda ayni vaqtning 
o‗zida firma nomi boshqa tilda ham ko‗rsatilishi mumkin. Mikrokredit tashkiloti 
o‗z nomi yozilgan shtamplarga, blankalarga va o‗z emblemasiga ega bo‗lishga 
haqlidir. 
Mikrokredit tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq davlat ro‗yxatidan 
o‗tkazilishi kerak. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda mikrokredit 
tashkiloti mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatish faoliyatini litsenziya olganidan 
keyin amalga oshiradi. Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish to‗g‗risidagi yoki 
litsenziya berishni asoslantirilgan holda rad etish to‗g‗risidagi qaror litsenziya 
berish haqidagi ariza bilan murojaat qilingan va litsenziya olish uchun zarur 
bo‗lgan hujjatlar taqdim etilgan kundan e‘tiboran o‗ttiz kalendar kun ichida qabo‗l 
qilinadi. 
Mikrokredit tashkiloti litsenziya olish uchun O‗zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankiga yoki uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim 
etishi kerak: 

litsenziya berish haqidagi ariza; 

mikrokredit tashkilotining ta‘sis hujjatlari; 

mikrokredit tashkiloti davlat ro‗yxatidan o‗tkazilganligi to‗g‗risidagi 
guvohnomaning notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi; 

mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlarining tarkibi to‗g‗risidagi 
ma‘lumotlar; 

mikrokredit tashkilotining ustav fondi shakllanganligini tasdiqlovchi bank 
hujjati. 
Taqdim etilgan hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan talablarga nomuvofiq 
bo‗lgan va taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib ko‗rsatilgan 
ma‘lumotlar mavjud bo‗lgan hollarda, O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etishi mumkin. 
Litsenziya berishni rad etish to‗g‗risidagi qaror buyurtma beruvchiga rad etish 
sabablari hamda buyurtma beruvchi mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni 
qaytadan ko‗rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‗lgan muddat ko‗rsatilgan 
holda yozma shaklda yuboriladi. 
Litsenziya berishni rad etish to‗g‗risidagi qaror ustidan qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin. 
Litsenziyaning amal qilishini to‗xtatib turish to‗g‗risidagi qaror quyidagi 
hollarda qabo‗l qilinadi: 

mikrokredit tashkiloti tomonidan ushbu Qonun hamda boshqa qonun 
hujjatlari talablari, shu jumladan litsenziya talablari va shartlari buzilganda; 

mikrokredit tashkilotining faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf 
etish majburiyatini yuklovchi qarorlar mazkur tashkilot tomonidan bajarilmaganda. 


45 
Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‗g‗risidagi qaror quyidagi hollarda 
qabo‗l qilinadi: 

mikrokredit tashkiloti to‗lovga qobiliyatsiz bo‗lganda; 

hisobot ma‘lumotlari muntazam ravishda buzib ko‗rsatilganda; 

mikrokreditlar berish bo‗yicha faoliyatni amalga oshirish litsenziya berilgan 
paytdan e‘tiboran olti oydan ortiq muddatga kechikkanda. 
Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‗g‗risidagi qaror qonunda nazarda 
tutilgan boshqa hollarda ham qabo‗l qilinishi mumkin. 
Litsenziyaning soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti 
aniqlangan taqdirda, u bekor qilinadi. 
Mikrokredit tashkiloti quyidagi turlardagi mikromoliyaviy xizmatlar 
ko‗rsatishi mumkin: 

mikrokreditlar yoki mikroqarzlar berish; 

qarz majburiyatlarini sotib olish va sotish (faktoring); 

mikrokredit tashkiloti lizing beruvchi sifatida ishtirok etadigan mikrolizing 
(moliya ijarasi); 

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlar 
ko‗rsatish, shu jumladan iste‘mol kreditlari berish. 
Mikrokredit tashkiloti mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va 
boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‗rsatish bilan bog‗liq maslahat va axborot 
xizmatlari ko‗rsatishi mumkin. 
Mikrokredit tashkiloti qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda yuridik va 
jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabo‗l qilishga haqli emas. 
Mikrokredit tashkiloti quyidagilar hisobidan mikromoliyaviy xizmatlar 
ko‗rsatadi: 

o‗z mablag‗lari, shu jumladan olgan daromadlari; 

investorlar, shu jumladan chet ellik investorlar tomonidan investitsiya 
shartnomalari asosida berilgan mablag‗lar; 

banklarning kreditlari va davlat maqsadli jamg‗armalarining mablag‗lari; 

xalqaro moliya institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining, shu jumladan 
chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining grantlari va qarz mablag‗lari; 

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki moliyaviy tizimning barqarorligini 
saqlash, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini 
ta‘minlash maqsadida "O‗zbekiston Respublikasining Markaziy banki 
to‗g‗risida"gi O‗zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mikrokredit 
tashkilotlari faoliyatini tartibga solishni amalga oshiradi. 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
tartibda: 

mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdorini hamda 
moliyaviy va kassa operatsiyalari o‗tkazishning, buxgalteriya hisobi va hisobotini 
yuritishning mazkur tashkilotlar uchun majburiy bo‗lgan qoidalarini belgilaydi; 

mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini tekshiradi va ularning faoliyatida 
aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga oid bajarilishi majburiy bo‗lgan 
ko‗rsatmalar beradi; 


46 

mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining malakasiga doir 
talablarni belgilaydi; 

mikrokredit 
tashkiloti 
tomonidan 
ayrim 
moliyaviy 
operatsiyalar 
o‗tkazishni uch oygacha bo‗lgan muddatga cheklaydi; 

mikrokredit tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to‗xtatib turadi, 
tugatadi yoki litsenziyani bekor qiladi. 
Mikrokredit tashkiloti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda filiallar tashkil 
etishga haqli. 
Mikrokredit tashkilotining filiali o‗z faoliyatini mikrokredit tashkiloti uchun 
berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi. 
Mikrokredit tashkilotini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlariga 
muvofiq amalga oshiriladi. 
Mikrokredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi barcha mikrokredit 
tashkilotlari uchun yagona bo‗lgan Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi 
hisobvaraqlari rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ko‗zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida hisob ikki yoqlama yozuv 
usulida yuritiladi. Bunda har bir asosiy hisobvaraq yoki asosiy hisobvaraqlar 
guruhi uchun kontr-hisobvaraqlar mavjud bo‗lib, ulardan faqat buxgalteriya hisobi 
maqsadlari uchungina foydalaniladi. Balans hisoboti yoki shu kabi boshqa 
moliyaviy hisobotlarda asosiy hisobvaraqlar aks ettirilib, kontr-hisobvaraqlardagi 
ma‘lumotlari ko‗rsatilmaydi. 
Buxgalteriya apparati mikrokredit tashkilotlarining hisobvaraqlari bo‗yicha 
operatsiyalar hisobini, hisob hujjatlarini rasmiylashtirish va nazoratini amalga 
oshiradigan xodimlarni o‗z ichiga oladi. Ushbu tuzilma mikrokredit 
tashkilotlarining bosh buxgalteri tomonidan boshqariladi.
Har bir mikrokredit tashkilotida xodimlarning lavozim vazifalari ishlab 
chiqilgan va tasdiqlangan bo‗lishi zarur. Mazkur lavozim vazifalarining nusxalari 
tegishli xodimlarga tanishtiriladi va bosh buxgalter tomonidan imzo qo‗ydirib 
beriladi.
Buxgalteriya xodimiga, uning lavozim majburiyatlariga muvofiq ma‘lum 
vazifalarni bajarish yuklatiladi. 
Chiqim kassa operatsiyalari ustidan nazorat maxsus ajratilgan buxgalter-
nazoratchi tomonidan, agar mikrokredit tashkilotida bu lavozim ko‗zda tutilmagan 
bo‗lsa, bosh buxgalter yoki uning o‗rinbosari tomonidan mikrokredit tashkiloti 
rahbarining buyrug‗i asosida amalga oshiriladi. Shu bilan bir vaqtda mikrokredit 
tashkilotida chiqim kassa operatsiyalari bo‗yicha kassa chiqim jurnali yuritilishi 
lozim. 
Hisobga olish hujjatlarida mikrokredit tashkilotlari operatsiyalari hisobining 
yuritilishini tashkil etish va hisobotlar tuzish hamda hisob va hisobotlarning 
saqlanishi ustidan rahbarlik bosh buxgalterga yuklatiladi, u bo‗lmagan vaqtda, 
mikrokredit tashkiloti rahbarining buyrug‗i asosida bosh buxgalterning 
o‗rinbosariga yuklatilishi mumkin.
Buxgalteriya xodimlarining ish kuni davomida mikromoliyalashga oid hisob 
hujjatlari rasmiylashtirilishi va ushbu hujjatlar asosida amalga oshirilgan 
operatsiyalar shu kunning o‗zida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aks ettirilishi 
lozim. 


47 
Har bir mikrokredit tashkilotida tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadigan 
hujjatlar aylanish jadvali belgilanadi. Jadvalda hujjatlarning barcha ko‗rib chiqish 
jabhalari bo‗yicha o‗tish tartibi belgilanadi. 
Moliyaviy 
operatsiyalar 
amalga 
oshirilganda 
ularning 
to‗g‗ri 
rasmiylashtirilganligi, shuningdek mablag‗lar va qimmatliklarning but saqlanishini 
tegishlicha nazorat qilish ta‘minlanishi lozim. 
Kassa chiqim operatsiyalari chiqim kassa orderi bilan rasmiylashtiriladi va 
nazorat qilinadi. Bosh buxgalter amalga oshiriladigan operatsiyalarning 
haqqoniyligini, qonun hujjatlariga mosligini, hujjatlar to‗g‗ri rasmiylashtirilishini 
tekshiradi. Kassa chiqim orderi ijrochi direktor va bosh buxgalter tomonidan 
imzolanadi. 
Kassa chiqim hujjatlarini to‗lov uchun kassaga yo‗naltirilish tartibi 
mikrokredit tashkiloti ijrochi direktori va bosh buxgalteri tomonidan o‗rnatiladi. 
Kassa kirim operatsiyalarini rasmiylashtirish va mikrokredit tashkiloti kassa 
hisobvarag‗iga mablag‗larni kiritish faqat kassaga haqiqatda pul kelib tushganidan 
so‗ng amalga oshirilishi lozim.
Bunda kassa kirim orderi 3 nusxada rasmiylashtirilib, naqd pul 
topshirilgandan so‗ng, uchinchi nusxa naqd pul qo‗yuvchiga kvitansiya sifatida 
mikrokredit tashkiloti muhri va kassir imzosi bilan qaytariladi, ikkinchi nusxa 
buxgalteriyaga tegishli buxgalteriya o‗tkazmasini amalga oshirish uchun beriladi, 
birinchi nusxa kassa kunlik hujjatlariga tikiladi. 
Mikrokredit tashkilotining bosh buxgalteri muhrlar, shtamplar va blanklardan 
foydalanish, ularning yo‗qolishi yoki suiiste‘molchilik maqsadlarida foydalanish 
sharoitiga imkon bermaslik uchun tegishli ravishda saqlanishini ta‘minlashi shart. 
Mikrokredit tashkiloti rahbarining buyrug‗i asosida bosh buxgalter muhrlarni 
ro‗yxatga olish kitobini yuritadi. Mazkur kitobda muhrlar va burchak muhrlarining 
hisobi ularni saqlayotgan buxgalter hamda kassirlar familiyasi va lavozimi hamda 
biriktirilgan burchak muhrlarning izi ko‗rsatilgan holda imzo orqali 
rasmiylashtiriladi.
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish uchun Bosh va 
Yordamchi kitoblardan (sintetik va analitik hisob) foydalaniladi.
Bosh kitob bu hisobvaraqlar rejasi nomenklaturasiga mos hisobvaraqlar 
guruhi bo‗lib, moliya hisobotlarni (balans hisoboti, daromad va xarajatlar 
to‗g‗risida hisoboti va boshqalar) tayyorlashda ishlatiladigan yig‗ma ma‘lumotlarni 
aks ettiradi.
Mikrokredit tashkilotlarida bosh kitob kunlik balans shaklida yuritiladi. 
Bundan tashqari bosh kitob balans hisobvaraqlari bo‗yicha mablag‗lar aylanmasi 
va qoldiqlari ma‘lumotidan tashkil topishi mumkin. Bosh kitob ma‘lumotlari 
quyidagi yordamchi kitoblar ma‘lumotlari asosida shakllantiriladi: 
- pul mablag‗larini hisobga olish kitobi; 
- berilgan mikrokredit, mikrolizing, mikroqarz va boshqa mikromoliyalash 
operatsiyalarni hisobga olish kitobi; 
- hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish kitobi; 
- kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarni hisobga olish kitobi; 
- mehnatga haq to‗lashni hisobga olish kitobi; 
- hisobot davri xarajatlarini hisobga olish kitobi; 


48 
- asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga olish kitobi; 
- kirim va chiqim kassa kitoblari. 
Barcha kunlik operatsiyalar Yordamchi kitobda xronologik tartibda aks 
ettiriladi. Yordamchi kitob uchun manba bo‗lib quyidagi birlamchi buxgalteriya 
hujjatlari hisoblanadi: 
- kirim kassa orderi; 
- chiqim kassa orderi; 
- memorial orderi;
- to‗lov topshiriqnomasi;
- kirim va chiqim bo‗yicha kassa kitoblari;
- boshqa birlamchi hujjatlar. 
Yordamchi kitobni yuritishni soddalashtirish va qo‗shimcha nazorat uchun 
kassa operatsiyalari hisobi kirim va chiqim bo‗yicha kassa kitoblarida yuritiladi. 
Kun oxirida kirim va chiqim kassa kitoblaridagi qoldiqlar kassa bilan solishtiriladi. 
Mazkur daftarlardagi ma‘lumotlar har bir hisobvaraq bo‗yicha alohida yig‗ilib, 
yordamchi kitobiga o‗tkaziladi. Kassa hujjatlari alohida tikib boriladi va ular 
kassada saqlanadi. 
Mikrokredit tashkiloti kassa kitoblarining barcha varaqlari raqamlangan, ip 
o‗tkazib tikilgan va mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organ rahbari va bosh 
buxgalterining imzosi, shuningdek mikrokredit tashkiloti muhri bilan tasdiqlanadi. 
Hisobga olish davri moliyaviy operatsiyalar tahlilidan boshlanib, moliyaviy 
hisobotlarni tuzish va hisobvaraqlarni yopishgacha bo‗lgan hisob jarayonining 
ketma-ket bosqichini o‗z ichiga oladi. 
Hisobga olish davri quyidagi bosqichlardan iborat: 
a) birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirish (kirim kassa orderi, chiqim kassa 
orderi, memorial orderi va boshqa hujjatlar); 
b) yordamchi kitoblarda operatsiyalarni ro‗yxatga olish; 
v) oyning oxirida yordamchi kitoblardagi jami summani Bosh kitobga 
o‗tkazish; 
g) oy oxirida buxgalteriya balansini tayyorlash; 
d) buxgalteriya balansi asosida moliyaviy hisobotni tayyorlash; 
e) hisobot yili oxirida mikrokredit tashkilotining foyda va zararlar 
hisobvaraqlarini yopish; 
j) yillik moliyaviy hisobotlarni tuzish. 
Bosh va Yordamchi buxgalteriya kitoblarida hech qanday tuzatishlar 
qilinishiga ruxsat etilmaydi. O‗chiruvchi suyuqliklar yordamida, shuningdek 
summalarni o‗chirib yozish va tuzatish yo‗li bilan tuzatishlar kiritish taqiqlanadi. 
Aniqlangan xato yozuvlar ushbu xato yozuvlar kiritilgan hisobvaraqlarga 
teskari yozuvlar kiritish yo‗li bilan (storno usulida) tuzatish orderlarini tuzish 
asosida tuzatilishi lozim.
Tuzatish orderi ikki nusxada tuziladi: 
a) birinchi nusxasi o‗tkazmani tasdiqlovchi birlamchi hujjat hisoblanadi; 
v) ikkinchi nusxasi tuzatish orderlarini ro‗yxatga olish kitobiga tikiladi. 
Tuzatish orderi matnida qachon va qaysi hujjatda xatoga yo‗l qo‗yilgani 
ko‗rsatilishi kerak, agarda qarzdorning tashabbusi bilan berilgan arizaga asosan 


49 
bo‗lsa, unda arizaga eslatma beriladi. Ushbu ariza birlamchi hujjatlar bilan birga 
saqlanadi. 
Tuzatish orderi ikkinchi nusxasining teskari tomonida, shuningdek ro‗yxatga 
olish kitobida xatoga yo‗l qo‗ygan shaxsning F.I.SH. va lavozimi ko‗rsatiladi. 
Ro‗yxatga olish kitobi bosh buxgalterda saqlanadi. 
Summasi keyinchalik storno bilan tuzatilgan kredit kartochkasida yoki 
shaxsiy hisobvaraqdagi xato yozuv qarshisiga albatta "Stornolangan" belgisi 
qo‗yilishi, tuzatish kiritilgan sana va tuzatish orderining raqami ko‗rsatilishi shart. 
Bu qayd tuzatish orderini imzolagan bosh buxgalter yoki uning muovini imzosi 
bilan tasdiqlanadi.
Mikrokredit tashkilotlari, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, banklarda 
depozit hisobvaraqlari va boshqa bank hisobvaraqlari ochish huquqiga ega. 
Mikrokredit tashkiloti bilan mijoz o‗rtasida mikrokredit berish bo‗yicha kredit 
shartnomasi kuchga kirgandan so‗ng, keyingi ish kunidan kechiktirmasdan 
mikrokredit tashkiloti ijrochi direktori mikrokreditning muddati va foiz stavkasini 
ko‗rsatgan holda, mijoz uchun shaxsiy ssuda hisobvarag‗i ochish to‗g‗risida 
buxgalteriyaga farmoyish beradi. Farmoyishga asosan keyingi ish kunidan 
kechiktirmasdan mijozga shaxsiy ssuda hisobvarag‗i ochiladi. Bunda mikrokredit 
tashkiloti tomonidan har bir qarzdorga alohida kredit kartochkasi ochiladi. 
Mikrokredit tashkilotlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik 
shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratiladigan 
mikrokreditlar hamda jismoniy shaxslarga mikroqarzlar miqdori qonunchilik bilan 
belgilanadi.
Mikrokredit tashkiloti tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik 
shaxslarga mikrokredit hamda jismoniy shaxslarga mikroqarzlar berilganda har bir 
qarz oluvchiga kredit kartochkasi rasmiylashtiriladi. Kredit kartochkasida berilgan 
barcha mikrokredit va mikroqarzlar bo‗yicha operatsiyalar hisobi olib boriladi.
Mikrokredit va mikroqarz berish bo‗yicha operatsiyalar o‗tkazilganda bosh 
buxgalter: 
• har bir qarzdor uchun mikrokredit (mikroqarz) shartnomasi va ijrochi 
direktor farmoyishiga asosan alohida shaxsiy ssuda hisobvarag‗ini ochadi; 
• mikrokredit 
va 
mikroqarzlar 
berish 
bo‗yicha 
farmoyishdagi 
operatsiyalarni va tegishli o‗tkazmalarni amalga oshirishni tasdiqlaydi; 
• farmoyishni ushbu qarzdor hisobvarag‗ini yurituvchi buxgalteriya 
xodimiga beradi, mikrokredit va mikroqarz shartnomasini kredit bo‗limi xodimiga 
jo‗natadi. 
Bunda mikrokredit va mikroqarz bo‗yicha naqd pul mablag‗lari berilganda 
quyidagi buxgalteriya o‗tkazmasi amalga oshiriladi: 
Debet Mikrokredit va mikroqarz bo‗yicha tegishli shaxsiy ssuda hisobvarag‗i; 
Kredit 10101 - "Kassadagi pul mablag‗lari" hisobvarag‗i. 
Mikrokredit va mikroqarz mijozga naqd pulsiz tarzda berilganda quyidagi 
buxgalteriya o‗tkazmasi amalga oshiriladi: 
Debet Mikrokredit va mikroqarz bo‗yicha tegishli shaxsiy ssuda hisobvarag‗i; 
Kredit 10503 - "Banklarga qo‗yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan 
depozitlar" hisobvarag‗i. 


50 
Mikrokredit va mikroqarz bo‗yicha asosiy qarz va hisoblangan foizlar naqd 
pulda so‗ndirilganda quyidagi o‗tkazma amalga oshiriladi: 
Debet 10101 - "Kassadagi pul mablag‗lari" hisobvarag‗i; 
Kredit Mikrokredit yoki mikroqarz bo‗yicha tegishli shaxsiy ssuda 
hisobvarag‗i; 
Kredit 163** - Mikrokredit yoki mikroqarz bo‗yicha olinishi lozim bo‗lgan 
hisoblangan foizlar bo‗yicha tegishli hisobvaraq. 
Xuddi shuningdek mikrokredit va mikroqarz bo‗yicha asosiy qarz va 
hisoblangan foizlar naqd pulsiz shaklda so‗ndirilganda quyidagi o‗tkazma amalga 
oshiriladi: 
Debet 10503 - "Banklarga qo‗yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan 
depozitlar" hisobvarag‗i; 
Kredit Mikrokredit yoki mikroqarz bo‗yicha tegishli shaxsiy ssuda 
hisobvarag‗i; 
Kredit 163** - Mikrokredit yoki mikroqarz bo‗yicha olinishi lozim bo‗lgan 
hisoblangan foizlar bo‗yicha tegishli hisobvaraq. 
Hisoblangan foizlar summasi mikrokredit tashkiloti tomonidan har xil 
mikrokredit yoki mikroqarz turlari bo‗yicha belgilangan yillik foiz stavkasidan 
kelib chiqqan holda hisoblanadi. Foizlar hisoblashda bir yil deb 365 (366) kun 
qabo‗l qilinadi. Foizlar mikrokredit yoki mikroqarz berilgan sanadan boshlab 
haqiqiy kunlar miqdoridan (mikrokredit yoki mikroqarz berilgan kun hisobga 
olingan holda) yoki foizlarni qaytarishni oxirgi kunidan kelib chiqqan holda 
hisoblanadi. 
Kredit yoki qarz summasi x foiz stavkasi x kunlar soni 
_______________________________________________________ 
365 (366) 
Olinishi lozim bo‗lgan foizlar har kuni hisoblanadi va quyidagi buxgalteriya 
o‗tkazmasi bilan aks ettiriladi: 
Debet 163** - Mikrokredit yoki mikroqarz bo‗yicha olinishi lozim bo‗lgan 
hisoblangan foizlar bo‗yicha tegishli hisobvaraq; 
Kredit 42000 - 44500 - Mikrokredit va mikroqarzlar bo‗yicha foizli 
daromadlar tegishli hisobvarag‗i. 
Mikrokredit yoki mikroqarzning asosiy summasi yoki foizlar qaytarilishi 60 
va undan ortiq kunga kechiktirilgan holda va bunday mikrokredit va mikroqarzlar 
bo‗yicha foizlarni balans hisobvaraqlarida hisoblash to‗xtatilganda, hisoblangan, 
lekin olinmagan barcha foizlar quyidagi buxgalteriya o‗tkazmasi bilan hisobdan 
chiqarilishi lozim: 
Debet 42000 - 44500 - Mikrokredit va mikroqarzlar bo‗yicha foizli 
daromadlar tegishli hisobvarag‗i;
Kredit 163** - Mikrokredit yoki mikroqarz bo‗yicha olinishi lozim bo‗lgan 
hisoblangan foizlar bo‗yicha tegishli hisobvaraq.
SHuningdek, ushbu foizlar summasini ko‗zda tutilmagan holatlar 
hisobvaraqlarida aks ettirish uchun quyidagi buxgalteriya o‗tkazmasi amalga 
oshiriladi: 


51 
Debet 91501 - "Berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar 
bo‗yicha hisoblangan foizlar" hisobvarag‗i; 
Kredit 96335 - "Aktivlar bo‗yicha foizlar va vositachilik haqlari bo‗yicha 
kontr-hisobvaraq". 
Foizlar balansdan hisobdan chiqarilganidan so‗ng, foizlarni keyingi hisoblash 
faqat balansdan tashqari 91501 - "Berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va 
mikrolizinglar bo‗yicha hisoblangan foizlar" va 91505 - "Boshqa aktivlar bo‗yicha 
foizlar va vositachilik haqlari" hisobvaraqlarida qoida bo‗yicha 3 yildan oshmagan 
vaqtgacha amalga oshirilishi mumkin. Bunda barcha muddati o‗tgan foizlar 
kreditning asosiy summasi to‗liq qoplanganidan va to‗langanidan keyin daromadga 
kiritilishi mumkin.
Avval hisobdan chiqarilgan va balansdan tashqari hisoblanadigan foizlarni 
qaytarishda: 
Debet 96335 - "Aktivlar bo‗yicha foizlar va vositachilik haqlari bo‗yicha 
kontr-hisobvaraq" hisobvarag‗i; 
Kredit 91501 - "Berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar 
bo‗yicha hisoblangan foizlar" hisobvarag‗i. 
Mikrokredit va mikroqarzlar bo‗yicha ko‗rilishi mumkin bo‗lgan zararlarni 
qoplash zaxirasiga o‗tkazmalar mikrokredit tashkilotining xarajatiga 56802 - 
"Mikroqarz va mikrokreditlar bo‗yicha ko‗rilishi mumkin bo‗lgan zararlarni 
baholash" hisobvarag‗i orqali olib borilishi va joriy davr uchun "Foyda va zararlar 
to‗g‗risida hisobot"da aks ettirilishi shart: 
Debet 56802 - "Mikrokredit va mikroqarzlar bo‗yicha ko‗rilishi mumkin 
bo‗lgan zararlarni baholash" hisobvarag‗i; 
Kredit Mikrokredit va mikroqarzlar bo‗yicha ko‗rilishi mumkin bo‗lgan 
zararlarni qoplash zaxirasining tegishli hisobvarag‗i (kontr-aktiv). 
Tegishli zaxiralar hisobidan mikrokredit va mikroqarzlarni hisobdan chiqarish 
quyidagi o‗tkazma bilan amalga oshiriladi: 
Debet Mikrokredit va mikroqarzlar bo‗yicha ko‗rilishi mumkin bo‗lgan 
zararlarni qoplash zaxirasining tegishli hisobvarag‗i (kontr-aktiv); 
Kredit Mikrokredit va mikroqarz bo‗yicha tegishli shaxsiy ssuda hisobvarag‗i. 
Oldin balansdan hisobdan chiqarilgan mikrokredit va mikroqarzlar bo‗yicha 
asosiy qarz va foizlar naqd pulda undirilganda quyidagi buxgalteriya o‗tkazmalari 
amalga oshiriladi: 
Debet 10101 - "Kassadagi pul mablag‗lari" hisobvarag‗i; 
Kredit 45921 - "Hisobdan chiqarilgan mablag‗larning qaytarilishi" 
hisobvarag‗i; 
Kredit 42000 - 44500 - Mikrokredit va mikroqarzlar bo‗yicha foizli 
daromadlar tegishli hisobvarag‗i. 
Ko‗zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida oldin hisobdan chiqarilgan 
mikrokredit va mikroqarz summasi (asosiy qarz)ga: 
Debet 96397 - "Boshqa ko‗zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‗yicha 
kontr-hisobvaraq"; 
Kredit 95413 - "Hisobdan chiqarilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va 
mikrolizinglar". 


52 
Mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrolizingga berilgan aktivlarning hisobi 
15600 - "Mikrolizing (moliyaviy ijara)" hisobvaraqlarida yuritiladi. 
Mikrokredit tashkilotida mikrolizing obyektini dastlabki tan olish mikrolizing 
shartnomasining amal qilish muddati boshlanishida amalga oshiriladi. Bunda, 
mikrokredit tashkiloti o‗z balansida lizingga berilgan mikrolizing obyektini sotib 
olish, uni lizing oluvchiga yetkazib berish va foydalanishga shay holga keltirish 
bilan bog‗liq xarajatlar yig‗indisi yoki uning haqqoniy qiymatida, ularning qaysi 
biri kichik bo‗lsa o‗sha summada aktiv sifatida tan oladi. 
Mikrokredit tashkiloti mikrolizing obyekti uchun to‗lovlarni sotuvchiga 
oldindan to‗lab bergan holda mikrolizing obyekti to‗g‗ridan to‗g‗ri lizing 
oluvchiga yetkazib berilsa, mikrokredit tashkiloti foydalanishga qabo‗l qilish 
dalolatnomasiga asosan memorial order to‗ldirib, quyidagi buxgalteriya amallarini 
bajaradi: 
a) Debet 19909 - "Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‗rsatilgan xizmatlar 
uchun to‗langan mablag‗lar hisobvarag‗i"; 
Kredit 10503 - "Banklarga qo‗yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan 
depozitlar"; 
b) Debet 15607 - "Mikrolizing"; 
Kredit 19909 - "Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‗rsatilgan xizmatlar uchun 
to‗langan mablag‗lar hisobvarag‗i". 
Mikrokredit tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan va mikrolizing 
shartnomasiga muvofiq lizing oluvchi tomonidan qoplanadigan dastlabki bevosita 
xarajatlar mikrolizing obyektining qiymatiga qo‗shiladi. 
Mikrolizing shartnomasiga muvofiq yuqoridagi xarajatlar lizing oluvchi 
tomonidan qoplanmagan taqdirda, mazkur xarajatlar yuzaga kelgan paytdagi 
tegishli hisobot davri xarajatlari sifatida tan olinadi. 
Mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrolizing obyekti dastlabki tan 
olinganidan so‗ng, keyingi hisob lizing oluvchi tomonidan to‗lanadigan 
mikrolizing bo‗yicha asosiy qarz summasini (dastlabki tan olingan summani) va u 
bo‗yicha foizlarning hisobini yuritishdan iborat. Keyingi hisob mikrolizing 
obyektini baholab borishni ham o‗z ichiga oladi. 
Mikrokredit tashkilotining daromadi lizing oluvchi tomonidan lizing 
to‗lovlarining amalga oshirilishidan qat‘iy nazar, tegishli hisobot davrlarida lizing 
to‗lovlari jadvaliga muvofiq hisoblanadi. 
Mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrolizing bo‗yicha foizli daromadlar 
hisoblanganda quyidagi buxgalteriya o‗tkazmalari beriladi: 
Debet 16323 - "Mikrolizing (moliyaviy ijara) bo‗yicha olish uchun 
hisoblangan foizlar"; 
Kredit 45105 - "Mikrolizing bo‗yicha foizli daromadlar". 
Lizing to‗lovlari kelib tushgan hollarda, xususan asosiy qarzning qaytarilgan 
summasiga hamda foizli daromad summasiga quyidagi buxgalteriya o‗tkazmalari 
beriladi: 
Debet 10503 - "Banklarga qo‗yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan 
depozitlar"; 
Kredit 15607 - "Berilgan mikrolizing"; 


53 
Kredit 16323 - "Mikrolizing (Moliyaviy ijara) bo‗yicha olish uchun 
hisoblangan foizlar". 
Mikrolizing shartnomasi muddati tugaganidan so‗ng lizing to‗lovlarini to‗lash 
shartlari to‗liq bajarilgan taqdirda 15607 - "Berilgan mikrolizing"; va 16323 - 
"Mikrolizing (Moliyaviy ijara)" bo‗yicha olish uchun hisoblangan foizlar 
hisobvaraqlari qoldig‗i nolga teng bo‗ladi. 
Lizing oluvchi tomonidan mikrolizing obyekti mikrolizing shartnomasi 
muddati tugamasidan oldin sotib olingan hollarda ham ushbu hisobvaraqlardagi 
qoldiq nolga teng bo‗ladi. 
Mikrolizing obyekti lizing oluvchi tomonidan mikrolizing shartnomasi 
shartlari buzilganligi sababli qaytarib olinganida, lizing beruvchi mikrokredit 
tashkiloti ushbu aktivning taqdirini hal etgunga qadar uni o‗z balansiga quyidagi 
buxgalteriya o‗tkazmalari orqali qabo‗l qiladi: 
Debet 16701 - "Ko‗chmas mulk va boshqa xususiy mulklar"; 
Kredit 15607 - "Berilgan mikrolizing". 
Mikrolizing operatsiyalari bo‗yicha ko‗rilishi mumkin bo‗lgan zararlarni 
qoplash zaxirasiga o‗tkazmalar mikrokredit tashkilotining xarajatiga 56838 - 
"Mikrolizing (moliyaviy ijara) bo‗yicha ko‗rilishi mumkin bo‗lgan zararlarni 
baholash" hisobvarag‗i orqali olib borilishi va joriy davr uchun "Foyda va zararlar 
to‗g‗risida hisobot"da aks ettirilishi shart: 
Debet 56838 - "Mikrolizing (moliyaviy ijara) bo‗yicha ko‗rilishi mumkin 
bo‗lgan zararlarni baholash" hisobvarag‗i; 
Kredit 15699 - "Mikrolizing bo‗yicha ko‗rilishi mumkin bo‗lgan zararlarni 
qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)". 
Tegishli zaxiralar hisobidan mikrolizingni hisobdan chiqarish quyidagi 
o‗tkazma bilan amalga oshiriladi: 
Debet 15699 - "Mikrolizing bo‗yicha ko‗rilishi mumkin bo‗lgan zararlarni 
qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)"; 
Kredit Tegishli mikrolizing hisobvarag‗i. 
Oldin balansdan hisobdan chiqarilgan mikrolizing bo‗yicha asosiy qarz va 
foizlar naqd pulda undirilganda quyidagi buxgalteriya o‗tkazmasi amalga 
oshiriladi: 
Debet 10101 - "Kassadagi pul mablag‗lari"; 
Kredit 45921 - "Hisobdan chiqarilgan mablag‗larning qaytarilishi"; 
Kredit 45100 - "Mikrolizing (moliyaviy ijara) bo‗yicha foizli daromadlar". 
Xuddi shuningdek balansdan hisobdan chiqarilgan mikrolizing bo‗yicha 
asosiy qarz va foizlar naqd pulsiz undirilganda quyidagi buxgalteriya o‗tkazmasi 
amalga oshiriladi: 
Debet 10503 - "Banklarga qo‗yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan 
depozitlar"; 
Kredit 45921 - "Hisobdan chiqarilgan mablag‗larning qaytarilishi"; 
Kredit 45100 - "Mikrolizing (moliyaviy ijara) bo‗yicha foizli daromadlar". 
Oldin hisobdan chiqarilgan mikrolizing summasi (asosiy qarz)ga: 
Debet 96397 - "Boshqa ko‗zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‗yicha 
kontr-hisobvaraq"; 


54 
Kredit 95413 - "Hisobdan chiqarilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va 
mikrolizinglar". 
Mikrokredit tashkilotlari mikrolizing shartnomasi bo‗yicha lizing oluvchi 
sifatida ishtirok etgan taqdirda lizingga olingan aktivlar hisobi 16515 - 
"Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi", lizing bo‗yicha yuzaga 
kelgan majburiyatlar esa 22100 - "Lizing (moliyaviy ijara) bo‗yicha 
majburiyatlar"ning tegishli mos hisobvaraqlarida yuritiladi. 
Mikrolizing lizing oluvchi mikrokredit tashkilotining moliyaviy hisobotlarida 
ham aktiv, ham majburiyat sifatida tan olinadi. Ushbu dastlabki tan olish 
mikrolizing shartnomasi muddati boshlanishida amalga oshiriladi. Bunda, lizing 
oluvchi mikrokredit tashkiloti lizing obyektini o‗z balansida sof investitsiya 
qiymati yoki uning haqqoniy qiymatining qaysi biri kichik bo‗lsa o‗sha summada 
aks ettiradi. 
Mikrolizingni dastlabki tan olishda quyidagi buxgalteriya o‗tkazmasi 
bajariladi: 
Debet 16515 - "Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi"; 
Kredit 22100 - "Lizing (moliyaviy ijara) bo‗yicha majburiyatlar"ning tegishli 
hisobvarag‗i. 
Mikrolizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan 
mikrolizing obyektini sotib olish, etkazib berish yoki belgilangan maqsadda 
foydalanish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog‗liq xarajatlar mikrolizing 
obyektining qiymatiga qo‗shiladi. 
Mikrolizing obyekti lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti balansida aktiv va 
majburiyatlarning alohida moddalari sifatida aks ettirilishi lozim. Mikrolizing 
bo‗yicha majburiyatni aktiv summasidan chegirib tashlagan holda (kontr-aktiv 
hisobvaraq sifatida) ko‗rsatishga ruxsat etilmaydi. 
Lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrolizing dastlabki tan 
olingandan so‗ng keyingi hisob majburiyat bo‗yicha asosiy qarz summasini 
(dastlabki tan olingan summani) va mikrolizing bo‗yicha foizlar to‗lash hisobini 
yuritishdan iborat. 
Keyingi hisob, mikrolizing bilan bog‗liq barcha xavf-xatarlar lizing oluvchiga 
o‗tganligi sababli lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrolizing 
obyektini baholab borish, amortizatsiya ajratmalarini va shartnomada ko‗zda 
tutilgan boshqa xarajatlarni amalga oshirish ishlarini ham o‗z ichiga oladi. 
Dastlabki tan olishda yoki obyektni lizingga olish vaqtida lizing oluvchi 
mikrokredit tashkilotining mikrolizing foizi bo‗yicha xarajatlari buxgalteriya 
hisobida aks ettirilmaydi. 
Lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan lizing to‗lovlari jadvaliga 
muvofiq mikrolizing bo‗yicha foizli xarajatlar hisoblanganda quyidagi 
buxgalteriya o‗tkazmalari beriladi: 
Debet 54902 - "Boshqa foizli xarajatlar"; 
Kredit 22408 - "Lizing (moliyaviy ijara) bo‗yicha hisoblangan foizlar". 
Lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan lizing to‗lovlari quyidagi 
buxgalteriya o‗tkazmalari orqali amalga oshiriladi: 
Debet 22408 - "Lizing (moliyaviy ijara) bo‗yicha hisoblangan foizlar"; 
Debet 22100 - "Lizing (moliyaviy ijara) bo‗yicha majburiyatlar"; 


55 
Kredit 10503 - "Banklarga qo‗yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan 
depozitlar" (yoki 10101 "Kassadagi pul mablag‗lari"). 
Lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan mikrolizing obyekti bo‗yicha 
amortizatsiya ajratmalari ushbu Yo‗riqnomaning 99-bandi talablari asosida amalga 
oshiriladi va quyidagi buxgalteriya o‗tkazmasi amalga oshiriladi: 
Debet 56626 - "Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi 
bo‗yicha eskirish summasi"; 
Kredit 16519 - "Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi 
bo‗yicha yig‗ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)". 
Aniq bir davrdagi lizing oluvchi mikrokredit tashkilotining mikrolizing 
obyekti bo‗yicha amortizatsiya ajratmasi va moliyaviy xarajatlari (mikrolizing 
bo‗yicha foizlari) summasi mazkur davrda to‗lanishi kerak bo‗lgan lizing to‗lovlari 
summasiga teng bo‗lmasligi mumkin. 
Mikrolizing obyektini yillik qayta baholash lizing oluvchi mikrokredit 
tashkiloti tomonidan qonunchilikda o‗rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. 
Lizing oluvchi mikrokredit tashkiloti tomonidan oxirgi to‗lovlar amalga 
oshirilganidan keyin 16515, 16519, 22100 va 22408 balans hisobvaraqlarida 
mazkur lizing operatsiyalari bo‗yicha ochilgan shaxsiy hisobvaraqlar (analitik 
hisob) qoldig‗i nolga teng bo‗ladi va mulkka egalik huquqi lizing oluvchiga o‗tadi. 
Mikrolizing obyektining lizing oluvchi mikrokredit tashkilotiga o‗tkazish 
quyidagi buxgalteriya o‗tkazmalari orqali amalga oshiriladi: 
a) Debet 16519 - "Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi 
bo‗yicha yig‗ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)"; 
Kredit 16515 - "Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi"; 
b) Debet 16500 - "Asosiy vositalar"ning tegishli hisobvarag‗i; 
Kredit 165** - Asosiy vositalarning yig‗ilgan eskirish summasi tegishli 
hisobvarag‗i (kontr-aktiv). 
Mikrolizing shartnomasi muddati oxirida lizing oluvchi mikrokredit 
tashkilotiga mikrolizing obyektining sotish sanasidagi haqqoniy qiymatidan past 
narxda sotib olish huquqi berilgan bo‗lsa, sotib olish quyidagi buxgalteriya 
o‗tkazmasi orqali amalga oshiriladi: 
Debet 22100 - "Lizing (moliyaviy ijara) bo‗yicha majburiyatlar"; 
Kredit 10503 - "Banklarga qo‗yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan 
depozitlar" (yoki 10101 "Kassadagi pul mablag‗lari"). 
Mikrolizing shartnomasi uning amal qilish muddatidan oldin to‗xtatilib lizing 
beruvchi tomonidan mikrolizing obyekti shartnoma shartlarida belgilangan tartibda 
olib qo‗yilgan taqdirda, mikrolizing obyektini lizing beruvchiga qaytarish 
mikrolizing shartnomasining amal qilish muddati to‗xtatilgan sanadagi mikrolizing 
obyektining qoplanmagan qiymati summasida amalga oshiriladi va bunda quyidagi 
buxgalteriya o‗tkazmalari amalga oshiriladi: 
Debet 16519 - "Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi 
bo‗yicha yig‗ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)"; 
Kredit 16515 - "Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi". 
Mikrolizing obyektining hisobdan chiqarish bo‗yicha moliyaviy natija (foyda 
yoki zarar) mikrolizing obyektining qoldiq (balans) qiymati va lizing to‗lovlari 
jadvali bo‗yicha qolgan qarz o‗rtasidagi farq sifatida mikrolizing obyektining 


56 
hisobdan chiqarish bilan bog‗liq bo‗lgan xarajatlar summasini hisobga olgan holda 
aniqlanadi. 
Mikrolizing obyektining hisobdan chiqarish bo‗yicha moliyaviy natija (foyda 
yoki zarar) aniqlanganida, oldingi qayta baholashlardagi mikrolizing obyekti 
qiymatining ko‗paygan summasi, ya‘ni oldingi baholashlar natijasida 30908 - 
"Boshlang‗ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi" 
hisobvarag‗ining kredit qoldig‗i mikrolizing obyektining chiqib ketishidan 
ko‗rilgan daromad tarkibiga qo‗shiladi va bir vaqtning o‗zida ushbu hisobvaraq 
bo‗yicha rezerv kapitalini kamaytiradi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin