57
•
Lombard undiruvni qaratish mumkin bo‗lmagan mulkni qabo‗l kilish
huquqiga ega emas;
•
Kredit olish uchun lombardga garovga topshiriladigan mulk tomonlar
kelishuviga asosan baholanadi;
•
Lombardga ashyo garovi bilan ta‘minlangan kreditning summasi
belgilangan muddatda qaytarilmagan holda, lombard garovga qo‗yilgan ashyoni
sotish uchun belgilangan tartibda, imtiyozli 1 oylik muddatdan so‗ng notariusning
yozma ijro varaqasi asosida ushbu mulkni sotish huquqiga ega;
•
Agar garovga qo‗yilgan mulkning sotilishidan tushgan summa lombardning
talablari miqdoridan oshib ketsa, tafovuti garovga qo‗yuvchiga to‗lanadi.
Lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi:
•
Lombard faoliyatini amalga oshirishga maxsus litsenziyaga ega bo‗lgan
holda lombardlar faoliyati faqat ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar tomonidan
amalga oshiriladi
•
Lombardlar faoliyatini litsenziyalashni O‗zbekiston Respublikasi Markaziy
banki amalga oshiradi.
•
Lombardlar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya belgilanmagan
muddatga beriladi.
•
Litsenziyani boshka yuridik shaxsga berish taqiqlanadi.
•
Lombardlar faoliyatini amalga oshirishga litsenziya qonunchilikda tegishli
tashkiliy – huquqiy shakl uchun belgilangan eng kam ustav fondi miqdori
shakllantirilgan holda, lombard sifatida qonunchilikda belgilangan tartibda
ro‗yxatga olingan yuridik shaxsga berilishi mumkin.
•
Lombardning ustav fondi lombard muassislari to‗lagan pul mablag‗laridan
shakllantiriladi.
•
Kreditga va garovga olingan mablag‗lardan hamda boshqa jalb qilingan
mablag‗lardan lombardning ustav fondini shakllantirish uchun foydalanishga yo‗l
qo‗yilmaydi
•
Lombard shtatida baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi
tegishli litsenziyaga ega va maxsus kasbiy tayyorgarligi bo‗lgan malakali
mutaxassislar bo‗lishi shart.
Dostları ilə paylaş: