Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) bilan hamkorlik
Xalqaro moliya korporatsiyasi o‘z faoliyatini Jahon bankining mamlakatdagi
strategiyasiga muvofiq tarzda amalga oshirib kelmoqda va e‘tiborini asosan
xususiy sektordagi loyihalarga qaratmoqda.
XMK 1996 yildan boshlab O‘zbekistonga xususiy ishlab chiqarish va moliya
sektorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 23 investitsion va bir qator konsultativ
loyihalarga jami qiymati 130 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan kreditlar ajratdi.
Ushbu loyihalar bo‘yicha qarzni qaytarilishi 80,7 mln. dollarga teng.
Hozirgi paytda investitsion portfeli 38,5 mln. dollarga teng loyihalar amalga
oshirilish bosqichida turibdi.
XMKning investitsion faoliyati «O‘zbek lizing» lizing kompaniyasi va
«Hamkorbank» tijorat bankining aktsiyalariga mablag‘lar sarflash, «Asaka bank»
va «Hamkorbank» tijorat banklari orqali kichik
biznesni moliyalashtirishga
kreditlar ajratishdan tarkib topgan.
Mamlakatga ko‘maklashish strategiyasi (MKS) qabul qilingandan buyon
XMK investitsiyalarining qariyb 70 foizi savdoni moliyalashtirish sektorida
amalga oshirildi. Ular orasida O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi va kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratgan kreditlari eng
muhimdir.
Investitsion
loyihalardan tashqari, XMK 2009 yildan buyon mamlakat
iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarida bir qancha konsultativ loyihalarni amalga
oshirib, investitsiyalardan oqilona foydalanish bo‘yicha texnik ko‘mak berib
kelmoqda. 2012-2015 yillarga mo‘ljallangan strategiyaga muvofiq moliya va soliq
infratuzilmasini, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik, sayyohlik va davlat boshqaruvi
sohalarini rivojlantirishga
yo‘naltirilgan konsultativ loyihalar amalga oshirildi.
XMK 2009 yilda Shveytsariya hukumati bilan birgalikda Markaziy Osiyo
(Qirg‘izston, Tojikiston va O‘zbekiston) va Ozarbayjonda moliyaviy
inftratuzilmani mustahkamlashga qaratilgan loyihani (ACAFI) amalga oshira
boshladi. Loyiha davomida kredit axboroti almashinuvining samarali tizimini
yaratish, professional ta‘limni joriy qilish va tavakkalchilikni boshqarish sohasida
moliya institutlari xodimlarini sertifikatlash ko‘zda tutilgan.
Loyihada asosan kredit axboroti almashinuvi tizimining me‘yoriy-huquqiy
bazasini takomillashtirish ko‘zda
tutilgan edi, natijada kredit axborotlari
almashinuvi bo‘yicha jahon tajribalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining
«Kredit axboroti almashinuvi» to‘g‘risidagi Qonuni va boshqa me‘yoriy-huquqiy
xujjatlari qabul qilindi.
155
Qonun qabul qilinishi bilan 2012 yil mart oyida O‘zbekiston Banklar
Assotsiatsiyasi 30 tijorat banki bilan birgalikda ustav kapitali 673 ming dollarga
teng bo‘lgan Kredit byurosini ta‘sis etdi.
ACAFI loyihasi 2012 yildan buyon ta‘minotli bitimlar
operatsiyalarini isloh
qilish vazifalari doirasida O‘zbekiston Respublikasining «Garov reestri
to‘g‘risida»gi Qonunini ishlab chiqish va moliya institutlarining ta‘minotli bitimlar
operatsiyalari instrumentlaridan foydalanish salohiyatini kuchaytirishda yordam
berdi. Bu ish O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining Jahon bankining guruhiga
O‘zbekistonda investitsion muhitni yanada yaxshilash va mamlakatning Biznesni
yuritish (Doing Business) hisobotidagi reytingini oshirish
talabiga binoan olib
borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining «Garov reestri to‘g‘risida»gi Qonuni
2014 yil 1 iyuldan kuchga kiritildi.
Loyiha ta‘lim sohasidagi mahalliy hamkorlar yordami va Tavakkalchiliklarni
boshqarish xalqaro professionallar assotsiatsiyasi (GARP) bilan tuzilgan bitimga
asosan
Tavakkalchiliklarni
boshqarish
dasturini
o‘z
ichiga
olgan.
Tavakkalchiliklarni
sertifikatsiyalash
dasturi
bank
tizimi
xodimlarining
tavakkalchiliklarni
boshqarish
borasidagi
bilim
va
ko‘nikmalarini
takomillashtirishga yo‘naltirilgan.
XMK fermerlar uchun xususiy moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirish agro-
moliyalashtirish loyihasi doirasida korporativ boshqaruvni yaxshilash va
rivojlantirish bo‘yicha «Hamkorbank»ka konsalting xizmatlari ko‘rsatdi. E‘tiborli
jihati
shundaki, bankning agro-kreditlash portfeli 2013 yil sentyabr oyidan 2014
yilning dekabr oyiga qadar 400 ming dollardan 15 mln. dollarga o‘sdi.
2009 yili XMK sog‘liqni saqlash sohasidagi davlat-xususiy hamkorligi
loyihasi doirasida konsalting xizmat ko‘rsatishni ma‘qulladi. Xususan, XMK
O‘zbekistonda tibbiy diagnostika markazlarini loyihalash, qurish, moliyalash,
jihozlash va boshqarish uchun investorlarni jalb qilishga yordam berdi.
Shuningdek, XMK 2012 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq
Qo‘mitasi bilan auditning tavakkalchiliklarga asoslangan axborot-texnologik
echimlarini amalga oshirish va rivojlantirish loyihasi bo‘yicha
hamkorlik qilib
kelmoqda. DSQ soliqlarni pasaytirish tavvakalchiligini yoki qallobliklarni aniqlash
uchun auditning tavakkalchiliklarga asoslangan tizimidan foydalanib kelmoqda.
Bu esa o‘z navbatida, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlari uchun soliq
rasmiyatchiligini soddalashtirdi.