― pul va banklar


O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro moliya institutlari bilan



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə262/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   266
pul va banklar (2)

 
17.4. O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro moliya institutlari bilan 
hamkorligi 


149 
zbekiston Respublikasining Xalqaro valyuta fondi (XVF) bilan 
hamkorligi 
O‘zbekiston Respublikasi 1992 yilning 21 sentyabrida Xalqaro 
valyuta fondining a‘zosi bo‘ldi. O‘zbekistonning XVFdagi kvotasi 275,6 
mln. SDRni tashkil etadi. 
Ovoz berishda O‘zbekiston Respublikasi Koreya, Avstraliya, Yangi 
Zelandiya, Papua-Yangi Gvineya, Mongoliya, Vanuatu, Solomon orollari, 
Samoa, Seyshel orollari, Palau, Mikroneziya, Marshal orollari, Kiribatti, Tuvalu 
kabi 15 ta davlat guruhiga kiradi. 
XVFning O‘zbekistonda vakolatxonasi 1993 yilning sentyabridan ish 
boshladi. 
XVF bilan hamkorlik asosan moliya sektorini rivojlantirish va makroiqtisodiy 
islohotlarni rag‘batlantirishga qaratilgan. 
1995-1996 yillar mobaynida XVF O‘zbekiston Respublikasiga umumiy 
qiymati 165,2 mln. SDR bo‘lgan kredit ajratdi, jumladan 99,75 mln. SDR 
tuzilmaviy qayta o‘zgartirish mexanizmlari va 65,45 mln. SDR – «Stend-bay» 
kreditlarini tashkil etdi. 
Ushbu kredit liniyalari tarkibiy va institutsional islohotlarni amalga oshirish 
va iqtisodiyotda bozor munosabatlarini rivojlantirishga doir davlat dasturlarini 
qo‘llab-quvvatlashi yo‘naltirildi. Moliyaviy sohaga ajratilgan mablag‘lar ichki 
valyuta bozoridagi operatsiyalarni kengaytirish, bank tizimi qonunchiligi va to‘lov 
tizimini takomillashtirishga qaratilgan edi. 
2001 yilning sentyabr va 2006 yilning fevral oylarida «Stend-bay» va 
tuzilmaviy qayta o‘zgartirish kreditlari bo‘yicha oxirgi to‘lovlar amalga oshirildi, 
natijada O‘zbekiston Respublikasining XVF oldidagi kredit qaytishi bo‘yicha 
majburiyatlari to‘liq bajarildi. 
2002 yilda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, Markaziy bank va XVFning 
hamkorligi jarayonida so‘mning ayirboshlashi va O‘zbekiston bilan XVF 
o‘rtasidagi Kelishuvning VIII moddasida ko‘zda tutilgan «Iqtisodiy va moliyaviy 
siyosat bo‘yicha Memorandum» va «Joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha milliy 
valyutani ayirboshlashni ta‘minlash ish rejasi» ishlab chiqildi va tasdiqlandi. 
O‘zbekiston va XVF o‘rtasidagi konstruktiv muloqot Ish rejasida ko‘zda 
tutilgan barcha choralarni bajarishga yordam berdi, natijada 2003 yilning 15 
oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan joriy xalqaro operatsiyalar 
bo‘yicha milliy valyutani ayirboshlashini ta‘minlash borasidagi VIII moddaning 
2(a), 3 va 4 bo‘limlari bo‘yicha majburiyatni olishga erishildi. 
Oxirgi yillarda XVF turli yo‘nalishlar bo‘yicha texnik ko‘maklashuvni 
amalga oshirib keldi. Ulardan biri Markaziy bankka bank tizimida korporativ 
boshqaruvni yaxshilash borasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha 
ko‘rsatilgan yordamdir. 
XVFning tavsiyalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan «Tijorat banklarining kapital adekvatliligiga bo‘lgan talablar 
to‘g‘risida», «Tijorat banklari tomonidan tuzilayotgan rezervlarni shakllantirish va 
foydalanish, aktivlar sifatini klassifikatsiyalash», «Tijorat bankning likvidlilik 
boshqaruviga bo‘lgan talablar to‘g‘risida», «Banklar va ularga tegishli shaxslar 
o‘rtasidagi bo‘lgan operatsiyalar to‘g‘risida» va «Bir qarzdorning yoki o‘zaro 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin