― pul va banklar


Jahon moliyaviy inqirozi va Xalqaro Valyuta Jamg‟armasi



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə259/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   266
pul va banklar (2)

Jahon moliyaviy inqirozi va Xalqaro Valyuta Jamg‟armasi 
Rivojlanayotgan bozorli mamlakatlardagi moliyaviy institutlar past sifatli ipoteka 
kreditlari ta‘sirining cheklanganligi, ipoteka inqirozining boshlang‘ich bosqichida 


143 
ularning iqtisodiyotiga sezilmaydigan ta‘sir ko‘rsatdi. 2008-yilning oktabrida 
moliyaviy inqiriz eng xavfli darajasiga yetdi, ko‘plab rivojlanayotgan bozorli 
mamlakatlar, jumladan Islandiya va sobiq kommunistik davlatlar o‘z mahalliy 
banklarini bosim ostiga qo‘yibgina qolmay, davlatlarning milliy alyutasining ham 
qadrsizlanishiga olib keldi.
Hozirda XVFning so‘ngi xalqaro kreditor sifatidagi roli ahamiyati ortmoqda. 
Shunda, Oktabr oyining oxirida XVF Vengriyaga 25 milliard AQSh dollari, 
Ukrainaga 16.5 milliard AQSh dollari va Islandiyaga 2 milliard AQSh dollari 
miqdorida kredit ajratdi. Ushbu kreditlar mamlakatlarga o‘z moliyaviy 
tuzilmalarini tartibga solish maqsadida ajratilgan edi. 
XVF boshqaruvchi direktori Dominique Straus-Khan quyidagi fikrlarni aytib 
o‘tgan edi, ―noodatiy vaziyatlar noodatiy usullarni talab qiladi‖, shunga ko‘ra 
mamlakatlarga berilghan kreditlarni inqiroz davrida qaytib olish uchun yangicha 
turdagi qarz berishni topish lozim edi. Shunga ko‘ra 2008-yil oktabri oxirida XVF 
yangi turdagi Qisqa muddatli likvidlik xizmatini joriy etdi va 100 milliard 
miqdorda kredit berishni boshladi. Bu qarz XVF tomonidan iqtisodiyoti bosim 
ostida deb topilgan mamlakatlarga 3 oy muddatga berilgan. Ushbu turdagi 
kreditlar tezda to‘lab berilishi lozim edi. Qo‘shimchasiga ushbu kreditlarda 
qattiqqo‘llik dasturlari yo‘q edi, bu esa ushbu kreditlarning qarz oluvchi 
mamlakatlar uchun yanada jozibador qilardi. 
1999-yilda ham XVF shunga o‘xshash Kontingent kredit liniyasi nomli kredit turini 
joriy qilgan edi, biroq bu dastur muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Chunki bu 
kreditni olish uchun mamlakatlar XVFdan oldindan ruxsat olishlari lozim edi, 
bunga esa mamlakatlar huddi muammoli vaziyatga tushib qolgandek ko‘rinmaslik 
uchuin rozi bo‘lishmagan. Qisqa muddatli likvidlik va boshqa turdagi qarzlar 
yuqoridagi kabi oldindan tasqid olishi shart emas. XVF shunchaki mamlakatning 
kreditni qaytara olishini o‘rganib chiqadi holos. 
XVFning eng so‘ngi kredit instansiyasi sifatidagi rolining foydasi haqidagi 
qizg‘in bahslar hozirgi kunga qadar davom etadi. Asosiy e‘tibor uning kreditlash 
rolini yanada mukammallashtirishga qaratilmoqda. Hozirda jamg‘armani qayta 
qurish, moliyaviy nostabillikni kamaytirishga qodir yangi xalqaro moliyalashtirish 
arxitekturasini yaratish bo‘yicha takliflar ilgari surilmoqda.
166
 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin