― pul va banklar


Xalqaro Valyuta Fondi va uning xalqaro valyuta-kredit



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə257/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   266
pul va banklar (2)

17.2. Xalqaro Valyuta Fondi va uning xalqaro valyuta-kredit 
munosabatlaridagi faoliyati
alqaro Valyuta Fondi – bu davlatlarga kredit beruvchi, jahon valyuta 
tizimining faoliyat yuritishi uchun tamoyillar ishlab chiqaruvchi, xalqaro valyuta - 
kredit va moliyaviy munosabatlarni xalqaro boshqarishni amalga oshiruvchi 
xalqaro institutdir. 
Xalqaro Valyuta Fondiga a‘zo bo‘lgan mamlakatlar boshqa a‘zolarni boshqa 
davlatlarning valyutalariga nisbatan milliy valyutasining qiymatini aniqlashda 
qo‘llayotgan mexanizmi haqida ma‘lumot berishi, milliy valyutasini chet el 
valyutasiga ayirboshlashda cheklovlar qo‘llashdan saqlashi hamda Xalqaro 
Valyuta Fondiga kiruvchi barcha davlatlar hamjamiyatining milliy boyligi va 
holatining o‘sishiga asoslangan iqtisodiy siyosatni o‘tkazishi lozim. Oldin 
aytilganidek, Xalqaro Valyuta Fondi o‘z a‘zolarini bu qoidalarga rioya 
etmasliklariga majburlay olmaydi, ammo tashkilot a‘zo-davlatlari ixtiyoriy 
ravishda rozi bo‘lgan qonun-qoidalarga rioya etishlariga erishish uchun, ularga 
ma‘naviy bosim o‘tkazishi mumkin. Bunda, Xalqaro Valyuta Fondi, so‘zsiz,
undan kredit olgan mamlakatga kuchli ta‘sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Agar davlat doimiy ravishda Xalqaro Valyuta Fondi oldidagi majburiyatlarini 
bajarmasa, qolgan a‘zo-davlatlar Xalqaro Valyuta Fondi orqali jinoyatchi-
davlatdan kredit olish huquqini olib tashlashlari, yoki eng so‘ngi chora sifatida 
davlatga tashkilotdan chiqib ketish taklifi bilan chiqishlari mumkin. Ammo, 
odatda, davlat Xalqaro Valyuta Fondining umumiy muammolarini birgalikda 
echishga intiladi (aks holda u tashkilotga a‘zo bo‘lmagan bo‘lar edi) va har qanday 
bajarilmagan majburiyat a‘zo-davlat tomonidan bartaraf qila olmagan omillar bilan 
tushuntiriladi. 
X


139 
Turli davrlarda a‘zo mamlakatlar Xalqaro Valyuta Fondi oldiga jahonda 
yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiquvchi turli masalalarni qo‘yishgan va tashkilot 
o‘z huquqlari doirasida bu muammolarni echishda mahorat ko‘rsatgan. Hozirgi 
davrda a‘zo mamlakatlar Xalqaro Valyuta Fondi oldiga bir qator majburiyatlarni 
qo‘yganlar: milliy valyutalarning ayirboshlanishining umumiy tizimi ustidan 
nazorat olib borish, a‘zo-davlatlarga tizim doirasida yanada chuqurroq hamkorlik 
qilish imkoniyatlarni yaratish uchun iqtisodiyotni qaytadan qurishga kredit berish, 
shuningdek, boshqa xizmatlar: texnik yordam ko‘rsatish, kadrlardan haqiqiy 
professionallarni tayyorlashda ko‘maklashish va boshqalar. 
Xalqaro Valyuta Fondi quyidagi maqsadlar amalga oshirish yo‘lida faoliyat 
olib boradi: 

valyuta siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish; 

valyuta siyosati sohasida balanslashtirilgan o‘sishga ko‘maklashish; 

yuqori darajadagi bandlik va real daromadlarni qo‘lla-quvvatlash va 
stimullashtirish 
uchun 
jahon 
savdosining 
balanslashtirilgan 
o‘sishini 
mustahkamlash, iqtisodiy siyosatning bosh maqsadi sifatida barcha a‘zo-
davlatlarning ishlab chiqarish potentsialini rivojlantirish; 

valyutalar barqarorligini ushlab turish va a‘zo-davlatlar o‘rtasidagi valyuta 
munosabatlarini tartiblashtirish, shuningdek, valyutalar devalvatsiyasiga to‘sqinlik 
qilish; 

ko‘p tomonlamali to‘lov tizimini yaratishda qatnashish, shuningdek, 
valyutalar transfertidagi chegaralarni olib tashlash; 

a‘zo-davlatlarning balanslashtirilmagan to‘lov balanslarining likvidatsiyasi 
uchun mablag‘ taklif qilish. 
Bu masalalarni echish uchun Xalqaro Valyuta Fondi tamoyil va funktsiyalar 
ishlab chiqdi: 

boshqarishdan bosh tortish maqsadida xalqaro valyuta tizimi yoki valyuta 
kursi bilan manipulyatsiyani ta‘qiqlash; 

valyuta inqirozini tugatish uchun valyuta bozorlarida interventsiya 
o‘tkazishning majburiyligi; 

har bir mamlakat uchun o‘z siyosatida hamkorining manfaatlari 
interventsiyasini hisobga olish majburiyligi. 
Xalqaro Valyuta Fondining quyidagi funktsiyalari mavjud: 

kelishilgan tartib qoidalar kodeksiga amal qilish (xalqaro valyuta siyosati va 
davlatlararo to‘lov oboroti sohalaridagi hamkorlik); 

to‘lov balansi taqchilligini bartaraf etish uchun moliyaviy yordam berish; 

maslahatlar berish va hamkorlik qilish. 
Xalqaro Valyuta Fondi faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga a‘zo bo‘lib ular 
to‘lov balanslarini hamda tashqi qarularni nazorat qilish ham kira. Xalqaro Valyuta 
Fondining MBRR, PROON, Parij va London klublari ular bilan o‘zaro munosabati 
kengaymoqda. 
To‘lov balansi va tashqi qarzlarni nazorat qilish sohasida Xalqaro Valyuta 
Fondi a‘zo bo‘lib ularga o‘z iqtisodiyot siyosatlarida ma‘lum o‘zgartirishlar 
kiritish sharti bilan kreditlar ajratadi. Kredit olishdan oldin qarzdor davlat Fond
bilan 
moliyaviy-iqtisodiy 
barqarorlashtirish 
dasturini 
kelishadi, 
valyuta 
mablag‘larini berish shu dasturning bajarilishiga bog‘liq holda qoladi. 


140 
Xalqaro Valyuta Fondi bilan bunday dastur va shartnomalarning mavjudligiga 
odatda davlatlarning to‘lovga qobiliyati to‘g‘risidagi halqaro guvohnom sifatida 
qaraladi. 
Xalqaro Valyuta Fondi qarzlarni nazorat qilish sohasida Jahon Banki bilan 
o‘zaro faol hamkorlik qilmoqda. 
Xalqaro Valyuta Fondi ning boshqaruvi shartnoma moddalariga mos holda 
amalga oishriladi. Xalqaro Valyuta Fondining boshqaruv strukturasiga Boshqaruv 
Kengashi, Vaqtinchalik Komitet, Rivojlantirish Komiteti, Ijro etuvchi Kengash, 
Boshqaruvchi hamda xodimlar kiradi. 
Boshqaruv Kengashi – Xalqaro Valyuta Fondining oliy boshqaruv organi 
hisoblanib, unga har bir davlatdan bittadan 5 yilga tayinlanadigan boshqaruvchi va 
ularning o‘rinbosarlari kiradi. Odatda boshqaruvchi va ularning o‘rinbosarlari 
moliya vazirlari yoki Markaziy banklarning boshqaruvchilari bo‘lgani uchun, ular 
o‘z hukumatlari nomidan ish yurita oladilar. Boshqaruv Kengashi yilda bir marta 
sessiya o‘tkazadi, ammo pochta orqali ovoz berish yo‘li bilan qarorlar qabul qilish 
ham mumkin. Vaqtinchalik Komitet Boshqaruv Kengashi a‘zolariga xalqaro 
valyuta tizimini shakllantirish bo‘yicha masalalar borasida maslahatlar bersa, 
Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon bankining qo‘shma komiteti kambag‘al 
davlatlarning ehtiyojlari to‘g‘risida ularga ma‘lumot beradi. 
Vaqtinchalik Komitet – Ijro etuvchi kengashning qarorlarini bajaradi. Xalqaro 
Valyuta Fondi ning boshqaruvchilari, vazirlari yoki boshqa rasmiy shaxslardan 
tashkil topadi (24 kishidan). Vaqtinchalik Komitet yilda ikki marta yiqiladi va 
Boshqaruv Kengashi oldida xalqaro valyuta tizimining shakllantirilishi va 
boshqarilishi to‘g‘risida hisobot beradi, shuningdek, shartnoma moddalariga 
o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflar bilan chiqadi. 
Rivojlantirish Komiteti ham 24 kishidan: Xalqaro Valyuta Fondi 
boshqaruvchilari, vazirlari yoki rasmiy shaxslardan tashkil topadi, Xalqaro Valyuta 
Fondining Boshqaruv Kengashi oldida hisobotlar beradi va yo‘l-yo‘riqlar 
ko‘rsatadi. 
Ijro etuvchi kengash – Xalqaro Valyuta Fondining muhim bo‘qini bo‘lib, 
kengash operatsion va administrativ xarakterdagi masalalarni ko‘radi, shuningdek, 
a‘zo-davlatlarga nisbatan Fondning siyosatiga doir masalalar bilan shug‘ullanadi. 
Ijro etuvchi kengash tarkibiga 24 direktor kiradi, ularning haftada kamida 3 marta 
rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Kengash direktorlari Boshqaruv kengashi orqali 
a‘zo-davlatlar tomonidan oilb borilayotgan siyosatni kuzatib boradilar. Hozirgi 
kunda ijroiya direktorlaridan 8 tasi 1tadan davlat nomidan ish olib boradi: 
Germaniya, Xitoy, Rossiya, Saudiya Arabistoni, qo‘shma qirollik, qo‘shma 
shtatlar, Frantsiya va Yaponiya. qolgan 16 ta ijroiya direktorlari mamlakatlar 
guruhi nomidan ish yuritadi. Ijro etuvchi kengash kamdan-kam hollarda qarorlarni 
rasmiy ovoz berish yo‘li bilan qabul qiladi, buning o‘rniga a‘zolar pozitsiyasining 
to‘liq roziligini ta‘minlashga harakat qilinadi, bunda muhim masalalar bo‘yicha 
fikrlar to‘qnashuvining minimal darajasiga hamda qabul qilib bo‘lingan qarorlarga 
umumiy tarzda rozi bo‘lishga erishiladi.
Boshqaruvchi – Ijro etuvchi kengash tomonidan saylanadi hamda Ijro etuvchi 
kengashni boshqaradi va tashkilotning bosh personali hisoblanadi. Ijro etuvchi 
kengash boshqaruvi ostida boshqaruvchi Xalqaro Valyuta Fondining kundalik 


141 
faoliyatiga javob beradi. Boshqaruvchi 5 yilga tayinlanadi va keyingi muddatga 
yana qayta saylanishi mumkin.
Haftasiga kamida 3 marta 24 ijro direktorlari ning rasmiy Boshqaruv 
Kengashi orqali qabul qilingan siyosatining olib borilishini nazorat qiladilar. 
Hozirgi kunda 8 ijro direktori 1 tadan davlatga ma‘sul: Germaniya, Xitoy, 
Rossiya, Saudiya Arabiston, Qo‘shma Qirollik, AQSh, Frantsiya va Yaponiya. 
Boshqa 16 ijro direktori esa qolgan davlatlardan tuzilgan guruhlarga ma‘sul. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin