145
yo`naltirilgan tashkilotlar, muassasalari,maslahat ya`ni konsalt tashkilotlari
asosiy vositalar ta`minotiga yto`naltirilgan tashkilotlar ,xususiy sektorlarni
yo`naltirish muassasalari bo`lib rivojlangan mamlakatlarda tashkil topgan.
Xalqaro Moliyaviy korparatsiya bu Jahon bankining bir a`zosi hisoblanib
boshqaruv markazi Washington da AQSH da joylashgan.
1956 yilda Xalkaro tiklanish va tarakkiyot banki (XTTB) ning filiali tarzida
tashkil etilgan, keyinchalik mustaqil yuridik shaxs. Aʼzo davlatlar soni 184 ta
(1998). Shtabkvartirasi Vashingtonda. Korporatsiyaning rasmiy maqsadlari:
xususiy sektorga molshshiy yordam ko‘rsatish bilan rivojlanayotgan
mamlakatlarning iqgisodiy o‘sishiga ko‘maklashish, shuningdek, i.ch. sohasida
tadbirkorlikni rag‘batlantirish orqali aʼzo mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishiga
yordam ko‘rsatish. XMK faqat yuqori rentabelli loyihalarga kreditlar ajratadi.
Qarzlar 15 yilga qadar muddat bilan ssuda kapitali bozoridagi o‘rtacha yillik foiz
stavkalaridan yuqoriroq foiz stavkalarida beriladi.
1961 yildan korporatsiya kreditlar ajratish bilan birga qurilayotgan korxonalar
aksiyadorlik kapitaliga investitsiyalar kiritish va keyinchalik bu aksiyalarni xususiy
investorlarga sotishni ham amalga oshiradi. Korporatsiya ishtiroki hissasi, odatda,
aksiyadorlik kapitalining 1/5 qismidan ortiq bo‘lmaydi. 1986 yilda XMKda xorijiy
investitsiyalar bo‘yicha Maslahat xizmati tashkil etilgan. Bu xizmat hukumatlarga
uzoq muddatli rivojlanish ehtiyojlari uchun kapital jalb etish, maqbul investitsiya
muhitini yaratish uchun qonunchilik, strategiyalar, qoida va tartiblar masalalarida
maslahatlar beradi. XMK moliyalashtirishda hukumatlar kafolatlarini qabul
qilmaydi va xususiy moliya tuzilmasi tarzida o‘zining moliyaviy va boshqa
xizmatlarini bozor narxlarida taqdim etadi.
XMK tashkil etilgan paytdan boshlab 2004 yilgacha jahonning 140 ta
rivojlanayotgan davlatlarining 2825 ta kompaniyasini moliyalashtirish uchun 34
mlrd. AQSH dollaridan ortiq mablag‘larini yo‘naltirgan.
2002 yilda Toshkentda XMKning missiyasi ish boshladi. Korporatsiya
O‘zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirishga, ayniqsa, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirishga muhim hissa qo‘shib kelmoqda. 2002 yilda XMK
Uzbekistan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni kreditlash uchun 45,0 mln. AQSH dollari ajratdi.
Dostları ilə paylaş: