138
taraqqiyot banki hisoblanadi. Osiyo, Afrika, Yevropa va Lotin Amerikasi qit‘alari
bo‘ylab 56ta a‘zo mamlakatga ega.
Ikki tomonlama taraqqiyot banklari va agentliklari
Ikki tomonlama taraqqiyot banki bitta alohida mamlakat tomonidan tashkil
etilgan, rivojlanayotgan mamlakatlar va ularning bozorlarini shakllantirish
loyihalarini moliyalashtirish maqsadida tuzilgan moliyaviy muassasadir. Ularga
misol qilib quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
Nederlandiya Taraqqiyot Moliya Kompaniyasi FMO, bosh offisi Gaagada
joylashgan; dunyo bo‘yicha eng yirik ikki tomonlama taraqqiyot banklaridan
biridir.
DEG – Germaniya Investitsiya Korporatsiyasi yoki Deutsche Investitions-
und
Entwicklungsgesellschaft, bosh offisi -
Köln, Germaniya
Fransiya Taraqqiyot Agentligi va Caisse des dépôts – 1816-yilda tashkil
etilgan, ikkala tashkilot ham Paris, Fransiyada bosh offisi mavjud.
Boshqa mintaqaviy moliyaviy muassasalar
Qo‘shni mamlakatlarning o‘zaro birlashgan holda umumiy ahamiyatga ega
bo‘lgan sohalarni moliyalashtirish maqsadida tuzilgan moliyaviy muassasalaridir.
Ularning ko‘chiligi markaziy banklar, taraqqiyot va investitsiya banklaridir.
Dostları ilə paylaş: