― pul va banklar


 Savdo balansi, to‘lov balansi va ularning holati



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə252/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   266
pul va banklar (2)

 
16.8. Savdo balansi, to‘lov balansi va ularning holati
o‗lov balansi -
xalqaro operatsiyalarning balans hisobvarag‗i 
bo‗lib, bunda davlatning tovarlar, xizmatlar, kapitallarni olib kirish hamda 
olib chiqish ko‗rsatkichlarining nisbati ko‗rinishidagi barcha xalqaro 
aloqalari majmui pulda ifodalanadi. 
To‗lov balansi 
– bu mamlakatning turli tashqi iqtisodiy munosabatlar 
bo‗yicha chetga to‗laydigan valyuta va chetdan kelib tushadigan 
valyutalarning xaqiqiy nisbatini o‗zida ifodalovchi, jamlovchi balans 
xujjatidir. 
To‗lov balansi-xalqaro operatsiyalarning balans xisobvarag‗i, ya‘ni bu-
davlatning tovarlar, xizmatlar, kapitallarni olib kirish hamda olib chiqish 
ko‗rsatkichlarining nisbati ko‗rinishidagi barcha xalqaro aloqalari majmuining 
valyutadagi ifodasi.
Buxgalteriya nuqtai nazaridan, to‗lov balansi doimo tenglashgan ko‗rinishda 
bo‗lishi lozim. Ammo, haqiqatda esa, uning asosiy elementlari, bo‗limlari
bo‗yicha tushumlar to‗lovlardan ortiq — aktiv qoldik; to‗lovlarning
tushumlardan ortiq bo‗lishi — passiv qoldik xolatlar ko‗proq yuzaga chiqadi.



132 
Shu sababli ham, to‗lov balansini tuzish hamda qoldiqlarni aniqlash alohida
ahamiyat kasb etadi.
To‗lov balansi quyidagi asosiy bo‗limlardan tashkil topgan: 
• 
savdo balansi, ya‘ni tovarlarning olib kirilishi va olib
chiqilishi o‗rtasidagi nisbat; 
• 
xizmat va notijorat to‗lovlar balansi; 
• 
o‗z ichiga tovarlar, xizmatlar va bir yoqlama to‗lovlar
xarakatini oluvchi joriy operatsiyalar balansi; 
• kapital va kreditlar xarakatining balansi; 
• rasmiy valyuta zaxiralari bo‗yicha operatsiyalar. 
Savdo balansi 
tovarlar eksporti va importi ko‗rsatkichlaridan tashkil etadi. 
Xizmatlar balansi o‗
z ichiga transportli tashuvlar, sug‗urta, elektron, 
telekosmik, telegraf, telefon, pochta va boshqa aloqa turlari bo‗yicha, xalqaro 
turizm, ilmiy-texnik va ishlab chiqarish malakasining almashinuvi, ekspert 
xizmatlari, diplomatik, savdo va boshqa vakolatxonalarni xorijda saqlash 
xarajatlari, ma‘lumotlar uzatish, madaniy va ilmiy almashinuvlar, turli komission 
yig‗imlar, reklama, yarmarkalar hamda boshqalar bo‗yicha to‗lov va
tushumlarni oladi.
XVF uslubiga kura, bir tomonlama o‗tkazmalarni alohida bir element
qilib ko‗rsatish qabul qilingan. Bularning tarkibiga kuyidagilar kiradi: 
- davlat operatsiyalari-boshqa davlatlarga beriladigan iqtisodiy 
yordam ko‗rinishidagi subsidiyalar, davlat nafaqalari, xalqaro tashkilotlarga 
beriladigan badallar 
- xususiy operatsiyalar-ishchi, mutaxassis, qarindoshlarning o‗z 
vataniga qiladigan pulli ko‗chirmalari.
Investitsiyadan olinadigan daromadlar xarakati, harbiy tusdagi bitimlar va bir
tomonlama o‗tkazmalarni

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin