131
Big Mak indeksining boshqa variantlari ham yaratilgan . Masalan, 2004-yil
yanvarida Ekonomist jurnali Starbaks kofesi asosida ―Talle Latte‖ indeksini ishlab
chiqqan.
2007-yilda Avstraliya banki xodimlari Big Mak indeksi g‘oyasi asosida
―iPod‖ indeksini yaratishdi. Bu nazariyaning yaratilish sababi ―iPod‖ texnikalari
bir joyda ishlab chiqarilishi hamda uning qiymati nisbatan o‘zgarmasligi edi. Lekin
Xitoyda ishlab chiqarilgan mahsulotni turli joylarga yetkazib berish uchun
ketadigan xarajatlarga bog‘liq ravishda uning narxi turli joylarda bir-biridan keskin
farq qilishini inobatga olinmaganligi sababli nazariya tanqidga uchradi.
Shuningdek, xarid qilish paritetini hisoblashning bu metodi kamchiliklarga
ham ega.
Ko‘pgina mamlakatlarda ―McDonald‘s‖ kabi xalqaro restorantlar mahalliy
restorantlarga qaraganda birmuncha qimmatligi va big mak uchun talab hamma
joyda bir xil emasligi, mahalliy soliqlarning bir-biridan farq qilishi, raqobat
darajasi narxlarga o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, Gamgurger tayyorlash
uchun kerak bo‘lgan mahsulotlarning narxi hamma joyda bir xil emas: Bu xarid
qilish paritetining valyuta kursidan noto‘g‘ri farq qilishini keltirib chiqaradi.
Shuningdek ―McDonald‘s‖ turli joylarda turlicha tijorat strategiyasini
qo‘llaydi. Masalan, Fransiyada gamburger narxi
€
1 ga, Belgiyada
€
1.50 ga teng.
Yoki Nyuyork shahrida gamburgerlarning shahar tashqarisidagidan qimmat
bo‘lishi big mak narxlarining mamlakat turli hududlarida ham katta farq qilishini
ko‘rsatadi.
Bundan tashqari big mak turli mamlakatlarda turlicha retsiplarda tayyorlanishi
ham uning narxi turlicha bo‘lishiga olib keladi.
Shunga qaramasdan, iqtisodchilar ko‘pincha xarid qilish paritetini
o‘lchashning haqqoniy yo‘li sifatida Big Mak indeksini misol keltirishadi.
Dostları ilə paylaş: