― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə247/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   266
pul va banklar (2)

.
159
 
Valuta kurslarining muhimligi nimada? 
Valuta kurslarining muhimligini ularning o‘z mamlakatlari hududidagi va 
xorijiy davlatlarning tovarlariga nisbatan qiymatiga ta‘sir etishida ko‘rishimiz 
mumkin. Amerikaliklar uchun fransus tovarlarining dollardagi narxi ikki 
omillarning o‘zaro ta‘siri orqali aniqlanadi: yevroda ifodalangan fransus 
tovarlarining narxi hamda yevro/dollar valuta kursidadir. 
Tasavvur qiling, amerikalik Vanda Degustator o‘zining vino kolleksiyasini 
to‘ldirish maqsadida 1961-yilning qimmatbaho fransus vinosini harid qilishga 
qaror qildi. Agar Fransiyada bir litr vinoning narxi 1000 yevro bo‘lsa, ammo 
valuta kursi 1 yevro uchun 1,18 dollarga teng bo‘lsa, Vandaga vino 1080 dollarga 
to‘g‘ri keladi. (1000 yevro*1,08 dollar/yevro). Tasavvur qilaylikki, Vanda o‘zining 
haridini ikki oyga kechiktirdi. Vaholanki ushbu davr mobaynida yevroning 
qiymati 1,2 dollarga oshdi. Agar bir litr vinoning ichki narxi 1000 yevro bo‘lib, 
ya‘ni o‘zgarmasa, dollardagi qiymati esa 1080 dan 1200 ga o‘sadi. 
Boshqa tarafdan, valutaning anologik mustahkamlanishi mamlakat ichida 
xorij mahsulotlarining narxini tushiradi. 2000 dollar narxidagi Compaq komputeri 
bir yevro uchun 1.08 dollarga to‘g‘ri keluvchi valuta kursida programmist Pyer 
uchun 1852 yevroga tushadi. Agar valuta kursi bir yevro uchun 1,02 dollar bo‘lsa, 
computer 1667 yevro bahoga ega bo‘ladi. 
Yevro narxining tushishi AQShda fransuz tovarlarining narxlari tushishiga 
olib keladi va ayni shu bilan bir vaqtda Fransiyada Amerika mahsulotlarining 
narxlari oshishiga olib keladi. Agar bir yevro 0,90 dollar bo‘lsa, Vandaga bit litr 
vino 1080 dollar emas 900 dollarga, Pyer uchun Compaq komputeri 1852 
yevrogamas 2222 yevroga tushadi. 
Bu turdagi yondashuv quyidagi xulosani keltirib chiqaradi: 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin