Forvard kelishuvi bank depozitlarining kelajakdagi aniq muddatlarda almashinuvini bildiradi. Spot valuta kursi spot kelishuvining almashinuv kursidir, forvard valyuta kursi esa forvard kelishuvlari uchun qo‘llaniladi. Ma‘lumki, valyutaning qiymati ko‘tarilsa, valyuta mustahkamlanishi sodirbo‘ladi; valuta qiymati tushganda esa – u qadrsizlanadi. 158 Wall Street jurnalining ―Valuta savdosi‖ (Currency trading) bo‘limida har kuni valuta kurslari bosib chiqariladi.Ushbu bo‘limlardan biridagi ma‘lumotlarni ko‘rib chiqamiz. Manba: Wall Street Journal, Thursday, February 6, 2003, p. S12. Har bir valuta uchun birinchi qatorlar – bu ikki xil usulda kvotalanadigan, 2003 yil 5 fevral chorshanba kundagi spot valuta kursidir. Masalan, ―Euro‖ qatoridagi: 1.0795 dollar 1 yevroga va 0.9264 yevro 1 dollarga teng. Amerikaliklar yevro 1,0795 dollar, yevropaliklar esa dollar – 0.9264 yevroga teng 158
Fredric S. Mishkin. The Economics of Money, Banking and Financial Markets, P, 477
127
deb hisoblashishadi. Qiyoslash uchun o‘tgan kun seshanba kunidagi ko‘rsatkichlar keltirib o‘tilgan. Spot kursidan pastdagi 3ta qatorlar kelajakda (bir, uch yoki olti oydan keyin) qo‘llaniladigan spot kurslari uchun. 1999-yillarda yevro 1.18 dollar baholangan, lekin moliyaviy yangiliklardan olingan ko‘chirmaga ko‘ra 2003 yil 5 fevralda yevro narxi 1.08 dollargacha tushganligini ko‘rish mumkin. Demak yevro 8 % ga qadrsizlandi: (1,08- 1,18)/1,18=-0,08=-8% Bir vaqtning o‘zida AQSh dollarining qiymati 1990-yil boshida 0,85 yevrodan 2003-yil 5-fevral holatiga ko‘ra 0,93 yevroga ko‘tarilgan