132
Shu sababli ham, to‗lov balansini tuzish hamda qoldiqlarni aniqlash alohida
ahamiyat kasb etadi.
To‗lov balansi quyidagi asosiy bo‗limlardan tashkil topgan:
•
savdo balansi, ya‘ni tovarlarning
olib kirilishi va olib
chiqilishi o‗rtasidagi nisbat;
•
xizmat va notijorat to‗lovlar balansi;
•
o‗z ichiga tovarlar, xizmatlar va bir yoqlama to‗lovlar
xarakatini oluvchi joriy operatsiyalar balansi;
• kapital va kreditlar xarakatining balansi;
• rasmiy valyuta zaxiralari bo‗yicha operatsiyalar.
Savdo balansi
tovarlar eksporti va importi ko‗rsatkichlaridan tashkil etadi.
Xizmatlar balansi o‗
z ichiga transportli tashuvlar, sug‗urta,
elektron,
telekosmik, telegraf, telefon, pochta va boshqa aloqa turlari bo‗yicha, xalqaro
turizm, ilmiy-texnik va ishlab chiqarish malakasining almashinuvi,
ekspert
xizmatlari, diplomatik, savdo va boshqa vakolatxonalarni xorijda saqlash
xarajatlari, ma‘lumotlar uzatish, madaniy va ilmiy almashinuvlar, turli komission
yig‗imlar, reklama, yarmarkalar hamda boshqalar bo‗yicha to‗lov va
tushumlarni oladi.
XVF
uslubiga kura, bir tomonlama o‗tkazmalarni alohida bir element
qilib ko‗rsatish qabul qilingan. Bularning tarkibiga kuyidagilar kiradi:
- davlat operatsiyalari-boshqa davlatlarga beriladigan iqtisodiy
yordam ko‗rinishidagi subsidiyalar,
davlat nafaqalari, xalqaro tashkilotlarga
beriladigan badallar
- xususiy operatsiyalar-ishchi, mutaxassis, qarindoshlarning o‗z
vataniga qiladigan pulli ko‗chirmalari.
Investitsiyadan olinadigan daromadlar xarakati, harbiy tusdagi bitimlar va bir
tomonlama o‗tkazmalarni
Dostları ilə paylaş: