― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə248/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   266
pul va banklar (2)

mamlkat valutasi 
mustahkamlanganda (boshqa xorij valutalariga nisbatan qiymati oshsa), ushbu 
mamlakatning mahsulotlari qimmatlashadi, mamlakat ichida import tovarlar 
arzonlashadi. Va aksincha, mamlakat valutasi qadrsizlansa, uning mahsulotlari 
xorijda arzonlashadi, import tovarlar esa qimmatlashadi. 
Valutaning mustahkamlanishi ushbu mamlakatda ishkab chiqarilgan 
mahsulotlarning eksportini qiyinlashtiradi va chet elda ishlab chiqarilgan arzon 
tovarlarning mamlakatda ichki bozorning raqobatini oshiradi. 1980 yildan 1985 
yilning boshigacha Amerika sanoati yuqori dollar kursidan zarar ko‘rdi.Masalan, 
AQShning po‘lat quyuvchi sanoati nafaqat amerika qimmat po‘latining xorijga 
159
Fredric S. Mishkin. The Economics of Money, Banking and Financial Markets. 478 


128 
eksport qisqardi, balki AQShda nisbatan arzon import po‘latning sotuvi ro‘y 
berdi.To‘g‘ri, amerikalik iste‘molchilar g‘alaba qozonishdi, chunki import 
mahsulotlar arzonlashdi. Yaponiya videomagnitafonlari va kameralari, hamda 
Yevropaga yo‘llanmalarning narxi dollarning mustahkamlanishi tufayli tushdi.
160
 
Uzoq muddatli istiqboldagi valuta kurslari. 
Valuta kursi ham erkin bozordagi har qanday mahsulotning yoki aktivning 
narxi talab va taklif nisbati orqali aniqlangandek aniqlanadi. Tahlilimizni 
osonlashtirish 
uchun 
erkin 
bozordagi 
valuta 
kursini 
ikkita 
qismga 
bo‘lamiz.Birinchi valuta kursini qanday qilib muddatli davrga o‘rnatilishini tahlil 
qilamiz, keyin olingan bilimlardan foydalangan holda valuta kursini qanday qilib 
qisqa muddatga o‘rnatilishini ko‘rib chiqamiz.
161
 
Davlatlararo kelishuvlar bilan o'rnatiladigan valyuta munosabatlarini tashkil 
etishning davlat-huquqiy shakli sifatidagi valyuta tizimi bir vaqtning o'zida paydo 
bo'lgani yo'q. Uning pul tizimidan ajrab chiqishi va mustaqil kategoriyaga 
aylanishi qiymat pul shaklining uzoq rivojlanishi hamda pul o'rnini bosuvchilar 
paydo bo'lishi jarayonida sodir bo'lgan. 
Pul tizimi qiymatning pul shakli pul vazifasining noyob metallarga va so'ng 
oltinga o'tishi bilan vujudga keladi. Bunda pul tizimini tashkil etish asoslari barcha 
mamlakatlar uchun umumiy bo'lgan. Bu birinchi navbatda pul metalidan 
tangalarning erkin zarb etilishi, qiymat belgilarini to'sqinliksiz oltinga 
almashtirilishi va oltinning bir mamlakatdan boshqa mamlakatga erkin harakatidan 
iboratdir. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin