― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə256/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   266
pul va banklar (2)

 
 
 
 
 
 
17-Mavzu. Xalqaro moliya institutlari, ularning maqsadi va funksiyalari 
 
REJA: 
17.1. Xalqaro moliya tashkilotlariga umumiy tavsif va ularning turlari 
17.2. Xalqaro Valyuta Fondi va uning xalqaro valyuta-kredit 
munosabatlaridagi faoliyati 
17.3. Jahon banki guruhi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari
17.4. O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro moliya institutlari bilan 
hamkorligi 
 
17.1. Xalqaro moliya tashkilotlariga umumiy tavsif va ularning turlari 
alqaro moliya tashkiloti – bu bir va undan ortiq mamlakat tomonidan 
tashkil etilgan va xalqaro huquq talablariga bo‘ysinuvchi moliya muassasasidir. 
Boshqa bir xalqaro muassasalar va tashkilotlar XMTning aksiyadorlarini tashkil 
etsada, odatda, uning egasi milliy hukumatlar hisoblanadi. Eng keng tarqalgan 
XMT turi - turli millatli moliya tashkilotlari hisoblanadi, lekin XMT hisoblanuvchi 
ikki mamlakat birgalikda tuzgan moliya tashkilotlari ham mavjud. Eng mashhur 
XMT tashkilotlari 2-Jahon Urushidan keyin tashkil etilgan bo‘lib, ularning asosiy 
maqsadi Yevropani qayta qurishda ko‘mak berish va jahon moliya tizimini 
boshqarishdagi xalqaro hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqishga qaratilgan edi. 
Turlari 
Ko‘p tomonli (ikkidan ortiq davlat ishtirokida tuzilgan) rivojlanish banki 
(MDB) bir qancha mamlakatlar tomonidan tashkil etilgan muassasa bo‘lib, 
rivojlantirish maqsadida moliyaviy va professional maslahatlar beradi. MDB 
rivojlangan 
donor mamlakatlar 
va rivojlanayotgan 
qarz oluvchi mamlakatlar
ishtirokida yirik a‘zolar ko‘lamiga ega. MDB bozor qiymatida uzoq muddatli 
qarzlar shaklida, bozor qiymatidan past narxda juda uzoq muddatli qarzlar 
(kreditlar) shaklida hamda grantlar shaklida loyihalarni moliyalashtiradi. 
Quyidagilar asosiy MDB tashkilotlari hisoblanadi: 

Jahon Banki 

Xalqaro Qishloq xo‘jaligi Taraqqiyoti Fondi (IFAD) 

Yevropa Investitsiya Banki 
(EIB)

Islom Taraqqiyot Banki 
(IsDB)

Osiyo Taraqqiyot Banki 
(ADB)

Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki 
(EBRD)

CAF – Lotin Amerikasi Taraqqiyot Banki 
(CAF)

Inter-Amerika Taraqqiyot Banki Guruhi 
(IDB, IADB)

Afrika Taraqqiyot Banki (AfDB)

Osiyo Infratuzilma Investitsiya Banki (AIIB)
X


137 
Shuningdek, yana bir qancha sub-mintaqaviy ko‘p tomonlama rivojlanish 
banklari mavjud. Ularning a‘zolik ko‘lami, odatda, faqatgina qarz oluvchi davlatlar 
bilan cheklanadi. Ya‘ni banklar xalqaro kapital bozorlaridan qarz olib, a‘zo 
davlatlarga taqdim etishadi. Chunki bu a‘zo davlatlarning o‘zi yakka holda qarzni 
olganiga nisbatan birmuncha arzon narxda tushadi va qarzni to‘lab berish uchun 
javobgarlikni taqsimlaydi. Bunday banklarga quyidagilar kiradi: 

Karib Taraqqiyot Banki (CDB) 

Markaziy Amerika Iqtisodiy Integratsion Banki (CABEI) 

Sharqiy Afrika Taraqqiyot Banki (EADB) 

G‘arbiy Afrika Taraqqiyot Banki (BOAD) 

Qora Dengiz Savdo va Taraqqiyot Banki (BSTDB) 

Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti Savdo va Taraqqiyot Banki (ETDB) 

Yevrosiyo Taraqqiyot Banki (EDB) 

Yangi Taraqqiyot Banki (NDB) (oldingi BRICS Taraqqiyot Banki) 
Bundan tashqari, bir qancha ko‘p tomonlama moliyaviy muassasalar (MFI) 
ham mavjud. MFI xuddi MDB ga o‘xshash tashkilotlardir, lekin ular yanada 
chegaralangan a‘zolik ko‘lami va faqatgina ma‘lum loyihalarni moliyalashtirishiga 
ko‘ra farq qiladi. Ular: 

Yevropa Kommissiyasi (EC) 

Xalqaro Immunizatsiya Moliya liniyasi (IFFIm) 

Xalqaro Qishloq xo‘jaligi Taraqqiyoti Fondi (IFAD) 

Nordic Investitsiya Banki (NIB) 

OPEK Xalqaro Taraqqiyot Fondi (OFID) 

Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun Golland Moliya Kompaniyasi (FMO) 

Jahon Investitsiya Banki (IIB) 

Afrika Iqtisodiy Taraqqiyoti Arab Banki (BADEA) 
Bretton Woods tashkilotlari 
Eng mashhur xalqaro moliya muassasalari (IFI) 2-Jahon Urushidan so‘ng 
Yevropani qayta qurishda ko‘mak berish va jahon moliya tizimini boshqarishdagi 
xalqaro hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqishni ta‘minlash maqsadida tashkil 
etilgan. Ularga Jahon Banki, Xalqaro Valyuta Fondi (IMF) va Xalqaro Moliya 
Korporatsiyasi kiradi. Bugungi kunda eng yirik IFI Yevropa Investitsiya Banki 
bo‘lib, 2011-yilda jami bo‘lib dunyo bo‘yicha 61 milliard yevrolik loyihalarni 
moliyalashtirgan. 
Mintaqaviy taraqqiyot banklari 
Mintaqaviy taraqqiyot banklari bir nechta mintaqaviy muassasalardan tashkil 
topgan bo‘lib, ular Jahon Banki Guruhi kabi faoliyat yuritadilar, lekin faqatgina 
ma‘lum mintaqalarga asosiy e‘tibor qaratgan holda. Ushbu banklarning eng 
taniqlilari Birlashgan Millatlar Tashkilotining mintaqaviy guruhlariga deyarli mos 
bo‘lgan mintaqalarni qamrab oladi, ular tarkibiga Inter-Amerika Taraqqiyot Banki, 
Osiyo Taraqqiyot Banki
Afrika Taraqqiyot Banki, Markaziy Amerika Iqtisodiy 
Integratsion Banki hamda 
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki kabilar biradi. 
Islom Taraqqiyot Banki yetakchi banklardan biri hisoblanadi. Ushbu bank a‘zolik 
ko‘lami bo‘yicha Jahon Bankidan keyin turuvchi yagona ko‘p tomonlama 


138 
taraqqiyot banki hisoblanadi. Osiyo, Afrika, Yevropa va Lotin Amerikasi qit‘alari 
bo‘ylab 56ta a‘zo mamlakatga ega. 
Ikki tomonlama taraqqiyot banklari va agentliklari 
Ikki tomonlama taraqqiyot banki bitta alohida mamlakat tomonidan tashkil 
etilgan, rivojlanayotgan mamlakatlar va ularning bozorlarini shakllantirish 
loyihalarini moliyalashtirish maqsadida tuzilgan moliyaviy muassasadir. Ularga 
misol qilib quyidagilarni keltirishimiz mumkin: 

Nederlandiya Taraqqiyot Moliya Kompaniyasi FMO, bosh offisi Gaagada 
joylashgan; dunyo bo‘yicha eng yirik ikki tomonlama taraqqiyot banklaridan 
biridir. 

DEG – Germaniya Investitsiya Korporatsiyasi yoki Deutsche Investitions-
und 
Entwicklungsgesellschaft, bosh offisi - 
Köln, Germaniya 

Fransiya Taraqqiyot Agentligi va Caisse des dépôts – 1816-yilda tashkil 
etilgan, ikkala tashkilot ham Paris, Fransiyada bosh offisi mavjud. 
Boshqa mintaqaviy moliyaviy muassasalar 
Qo‘shni mamlakatlarning o‘zaro birlashgan holda umumiy ahamiyatga ega 
bo‘lgan sohalarni moliyalashtirish maqsadida tuzilgan moliyaviy muassasalaridir. 
Ularning ko‘chiligi markaziy banklar, taraqqiyot va investitsiya banklaridir.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin