17.2. Xalqaro Valyuta Fondi va uning xalqaro valyuta-kredit
munosabatlaridagi faoliyati
alqaro Valyuta Fondi – bu davlatlarga kredit beruvchi, jahon valyuta
tizimining faoliyat yuritishi uchun tamoyillar ishlab chiqaruvchi, xalqaro valyuta -
kredit va moliyaviy munosabatlarni xalqaro boshqarishni amalga oshiruvchi
xalqaro institutdir.
Xalqaro Valyuta Fondiga a‘zo bo‘lgan mamlakatlar boshqa a‘zolarni boshqa
davlatlarning valyutalariga nisbatan milliy valyutasining qiymatini aniqlashda
qo‘llayotgan mexanizmi haqida ma‘lumot berishi, milliy valyutasini chet el
valyutasiga ayirboshlashda cheklovlar qo‘llashdan saqlashi hamda Xalqaro
Valyuta Fondiga kiruvchi barcha davlatlar hamjamiyatining milliy boyligi va
holatining o‘sishiga asoslangan iqtisodiy siyosatni o‘tkazishi lozim. Oldin
aytilganidek, Xalqaro Valyuta Fondi o‘z a‘zolarini bu qoidalarga rioya
etmasliklariga majburlay olmaydi, ammo tashkilot a‘zo-davlatlari ixtiyoriy
ravishda rozi bo‘lgan qonun-qoidalarga rioya etishlariga erishish uchun, ularga
ma‘naviy bosim o‘tkazishi mumkin. Bunda, Xalqaro Valyuta Fondi, so‘zsiz,
undan kredit olgan mamlakatga kuchli ta‘sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Agar davlat doimiy ravishda Xalqaro Valyuta Fondi oldidagi majburiyatlarini
bajarmasa, qolgan a‘zo-davlatlar Xalqaro Valyuta Fondi orqali jinoyatchi-
davlatdan kredit olish huquqini olib tashlashlari, yoki eng so‘ngi chora sifatida
davlatga tashkilotdan chiqib ketish taklifi bilan chiqishlari mumkin. Ammo,
odatda, davlat Xalqaro Valyuta Fondining umumiy muammolarini birgalikda
echishga intiladi (aks holda u tashkilotga a‘zo bo‘lmagan bo‘lar edi) va har qanday
bajarilmagan majburiyat a‘zo-davlat tomonidan bartaraf qila olmagan omillar bilan
tushuntiriladi.
X
139
Turli davrlarda a‘zo mamlakatlar Xalqaro Valyuta Fondi oldiga jahonda
yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiquvchi turli masalalarni qo‘yishgan va tashkilot
o‘z huquqlari doirasida bu muammolarni echishda mahorat ko‘rsatgan. Hozirgi
davrda a‘zo mamlakatlar Xalqaro Valyuta Fondi oldiga bir qator majburiyatlarni
qo‘yganlar: milliy valyutalarning ayirboshlanishining umumiy tizimi ustidan
nazorat olib borish, a‘zo-davlatlarga tizim doirasida yanada chuqurroq hamkorlik
qilish imkoniyatlarni yaratish uchun iqtisodiyotni qaytadan qurishga kredit berish,
shuningdek, boshqa xizmatlar: texnik yordam ko‘rsatish, kadrlardan haqiqiy
professionallarni tayyorlashda ko‘maklashish va boshqalar.
Xalqaro Valyuta Fondi quyidagi maqsadlar amalga oshirish yo‘lida faoliyat
olib boradi:
valyuta siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish;
valyuta siyosati sohasida balanslashtirilgan o‘sishga ko‘maklashish;
yuqori darajadagi bandlik va real daromadlarni qo‘lla-quvvatlash va
stimullashtirish
uchun
jahon
savdosining
balanslashtirilgan
o‘sishini
mustahkamlash, iqtisodiy siyosatning bosh maqsadi sifatida barcha a‘zo-
davlatlarning ishlab chiqarish potentsialini rivojlantirish;
valyutalar barqarorligini ushlab turish va a‘zo-davlatlar o‘rtasidagi valyuta
munosabatlarini tartiblashtirish, shuningdek, valyutalar devalvatsiyasiga to‘sqinlik
qilish;
ko‘p tomonlamali to‘lov tizimini yaratishda qatnashish, shuningdek,
valyutalar transfertidagi chegaralarni olib tashlash;
a‘zo-davlatlarning balanslashtirilmagan to‘lov balanslarining likvidatsiyasi
uchun mablag‘ taklif qilish.
Bu masalalarni echish uchun Xalqaro Valyuta Fondi tamoyil va funktsiyalar
ishlab chiqdi:
boshqarishdan bosh tortish maqsadida xalqaro valyuta tizimi yoki valyuta
kursi bilan manipulyatsiyani ta‘qiqlash;
valyuta inqirozini tugatish uchun valyuta bozorlarida interventsiya
o‘tkazishning majburiyligi;
har bir mamlakat uchun o‘z siyosatida hamkorining manfaatlari
interventsiyasini hisobga olish majburiyligi.
Xalqaro Valyuta Fondining quyidagi funktsiyalari mavjud:
kelishilgan tartib qoidalar kodeksiga amal qilish (xalqaro valyuta siyosati va
davlatlararo to‘lov oboroti sohalaridagi hamkorlik);
to‘lov balansi taqchilligini bartaraf etish uchun moliyaviy yordam berish;
maslahatlar berish va hamkorlik qilish.
Xalqaro Valyuta Fondi faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga a‘zo bo‘lib ular
to‘lov balanslarini hamda tashqi qarularni nazorat qilish ham kira. Xalqaro Valyuta
Fondining MBRR, PROON, Parij va London klublari ular bilan o‘zaro munosabati
kengaymoqda.
To‘lov balansi va tashqi qarzlarni nazorat qilish sohasida Xalqaro Valyuta
Fondi a‘zo bo‘lib ularga o‘z iqtisodiyot siyosatlarida ma‘lum o‘zgartirishlar
kiritish sharti bilan kreditlar ajratadi. Kredit olishdan oldin qarzdor davlat Fond
bilan
moliyaviy-iqtisodiy
barqarorlashtirish
dasturini
kelishadi,
valyuta
mablag‘larini berish shu dasturning bajarilishiga bog‘liq holda qoladi.
140
Xalqaro Valyuta Fondi bilan bunday dastur va shartnomalarning mavjudligiga
odatda davlatlarning to‘lovga qobiliyati to‘g‘risidagi halqaro guvohnom sifatida
qaraladi.
Xalqaro Valyuta Fondi qarzlarni nazorat qilish sohasida Jahon Banki bilan
o‘zaro faol hamkorlik qilmoqda.
Xalqaro Valyuta Fondi ning boshqaruvi shartnoma moddalariga mos holda
amalga oishriladi. Xalqaro Valyuta Fondining boshqaruv strukturasiga Boshqaruv
Kengashi, Vaqtinchalik Komitet, Rivojlantirish Komiteti, Ijro etuvchi Kengash,
Boshqaruvchi hamda xodimlar kiradi.
Boshqaruv Kengashi – Xalqaro Valyuta Fondining oliy boshqaruv organi
hisoblanib, unga har bir davlatdan bittadan 5 yilga tayinlanadigan boshqaruvchi va
ularning o‘rinbosarlari kiradi. Odatda boshqaruvchi va ularning o‘rinbosarlari
moliya vazirlari yoki Markaziy banklarning boshqaruvchilari bo‘lgani uchun, ular
o‘z hukumatlari nomidan ish yurita oladilar. Boshqaruv Kengashi yilda bir marta
sessiya o‘tkazadi, ammo pochta orqali ovoz berish yo‘li bilan qarorlar qabul qilish
ham mumkin. Vaqtinchalik Komitet Boshqaruv Kengashi a‘zolariga xalqaro
valyuta tizimini shakllantirish bo‘yicha masalalar borasida maslahatlar bersa,
Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon bankining qo‘shma komiteti kambag‘al
davlatlarning ehtiyojlari to‘g‘risida ularga ma‘lumot beradi.
Vaqtinchalik Komitet – Ijro etuvchi kengashning qarorlarini bajaradi. Xalqaro
Valyuta Fondi ning boshqaruvchilari, vazirlari yoki boshqa rasmiy shaxslardan
tashkil topadi (24 kishidan). Vaqtinchalik Komitet yilda ikki marta yiqiladi va
Boshqaruv Kengashi oldida xalqaro valyuta tizimining shakllantirilishi va
boshqarilishi to‘g‘risida hisobot beradi, shuningdek, shartnoma moddalariga
o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflar bilan chiqadi.
Rivojlantirish Komiteti ham 24 kishidan: Xalqaro Valyuta Fondi
boshqaruvchilari, vazirlari yoki rasmiy shaxslardan tashkil topadi, Xalqaro Valyuta
Fondining Boshqaruv Kengashi oldida hisobotlar beradi va yo‘l-yo‘riqlar
ko‘rsatadi.
Ijro etuvchi kengash – Xalqaro Valyuta Fondining muhim bo‘qini bo‘lib,
kengash operatsion va administrativ xarakterdagi masalalarni ko‘radi, shuningdek,
a‘zo-davlatlarga nisbatan Fondning siyosatiga doir masalalar bilan shug‘ullanadi.
Ijro etuvchi kengash tarkibiga 24 direktor kiradi, ularning haftada kamida 3 marta
rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Kengash direktorlari Boshqaruv kengashi orqali
a‘zo-davlatlar tomonidan oilb borilayotgan siyosatni kuzatib boradilar. Hozirgi
kunda ijroiya direktorlaridan 8 tasi 1tadan davlat nomidan ish olib boradi:
Germaniya, Xitoy, Rossiya, Saudiya Arabistoni, qo‘shma qirollik, qo‘shma
shtatlar, Frantsiya va Yaponiya. qolgan 16 ta ijroiya direktorlari mamlakatlar
guruhi nomidan ish yuritadi. Ijro etuvchi kengash kamdan-kam hollarda qarorlarni
rasmiy ovoz berish yo‘li bilan qabul qiladi, buning o‘rniga a‘zolar pozitsiyasining
to‘liq roziligini ta‘minlashga harakat qilinadi, bunda muhim masalalar bo‘yicha
fikrlar to‘qnashuvining minimal darajasiga hamda qabul qilib bo‘lingan qarorlarga
umumiy tarzda rozi bo‘lishga erishiladi.
Boshqaruvchi – Ijro etuvchi kengash tomonidan saylanadi hamda Ijro etuvchi
kengashni boshqaradi va tashkilotning bosh personali hisoblanadi. Ijro etuvchi
kengash boshqaruvi ostida boshqaruvchi Xalqaro Valyuta Fondining kundalik
141
faoliyatiga javob beradi. Boshqaruvchi 5 yilga tayinlanadi va keyingi muddatga
yana qayta saylanishi mumkin.
Haftasiga kamida 3 marta 24 ijro direktorlari ning rasmiy Boshqaruv
Kengashi orqali qabul qilingan siyosatining olib borilishini nazorat qiladilar.
Hozirgi kunda 8 ijro direktori 1 tadan davlatga ma‘sul: Germaniya, Xitoy,
Rossiya, Saudiya Arabiston, Qo‘shma Qirollik, AQSh, Frantsiya va Yaponiya.
Boshqa 16 ijro direktori esa qolgan davlatlardan tuzilgan guruhlarga ma‘sul.
Dostları ilə paylaş: |