― pul va banklar


Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki (XTTB) va Xalqaro taraqqiyot



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə265/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   266
pul va banklar (2)

Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki (XTTB) va Xalqaro taraqqiyot 
assotsiatsiyasi (XTA) bilan hamkorlik 
1993 yildan boshlab Jahon banki XTTB va XTAning 31 ta loyiha uchun 
kreditlar, texnik ko‘maklashish bo‘yicha 31 ta loyihaga grant taqdim etilishini 
tasdiqlagan, shundan 14 investitsion loyiha va 28 grant loyihalari amalga oshirildi. 
Jahon banki tomonidan tasdiqlangan yuqoridagi loyihalar va grantlar uchun jami 
2592,4 mln. AQSh dollar ajratilgan bo‘lib, uning 969,5 mln. AQSh dollarini 
kreditlar tashkil etib, ularning (2015 yil 1 avgust holatiga) 394,4 mln. AQSh dollar 
qoplangan. Hozirgi kunda Jahon bankining umumiy qiymati 2036,04 mln. AQSh 
dollariga teng bo‘lgan 20 ta loyiha va granti amalga oshirilmoqda. 
Jahon bankining loyihalari 2012-2015 yillar strategiyasiga muvofiq 
iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari - qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, energetika, 
suv ta‘minoti, transport, ta‘lim va davlat boshqaruvi yo‘nalishlarida amalga 
oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini rivojlantirishiga oid muhim 
loyihalari institutsional kredit, reabilitatsion kredit va moliya institutlarini 
rivojlantirishga qaratilgan kreditlar hisoblanadi. 
1993 yil oktyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimi tarkibiy 
tuzilmasini qayta tiklash maqsadida texnik ko‘maklashish doirasida umumiy 21 
mln. AQSh dollar miqdoridagi kredit shartnomasi (institutsional kredit) imzolandi. 
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini rivojlantirishga oid asosiy vazifalar 
mustaqil ekspertlar tomonidan tijorat banklari tizimini keng qamrovli tahlildan 
o‘tkazish va baholash, tijorat banklari faoliyatini nazorat qilishning mavjud 
tuzilmalarini rivojlantirish, audit, buxgalteriya hisobi va hisobotini yangi tizimga 
o‘tkazish, tashqi qarzni boshqarish bo‘linmalarini tashkil etish, banklararo 
kompyuter tarmog‘ini yaratishdan iborat edi. 
Ushbu loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida O‘zbekiston 
Respublikasi bank tizimining buxgalteriya hisoboti va auditi isloh qilindi. «Artur 
Andersen LLP» audit firmasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti bilan birgalikda 1997 yil aprelidan 
beri respublika bank tizimi ishlab kelayotgan buxgalteriya hisobining yangi hisob 
rejasini ishlab chiqdi. 


153 
«Siemens» kompaniyasi tomonidan telekommunikatsiya va kompyuter 
uskunalari etkazib berilishi va ularning viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida 
o‘rnatilishi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida yagona to‘lov tizimini 
yaratishga olib keldi. 
«Xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risidagi» Qonunning loyihasi ishlab 
chiqildi va Markaziy bank tarkibida tashqi qarzni boshqarish uchun mas‘ul bo‘lim 
tashkil etildi. 
«Deloit & Touche», IDMAG va «Artur Andersen LLP» kompaniyalarining 
konsultativ yordami bilan bank tizimini nazorat qilish takomillashtirildi, tijorat 
banklarining aktiv va passivlarni, qimmatbaho qog‘ozlarni, rejalashtirish va 
marketing, muammoli qarzlarni boshqarishiga o‘zgarishlar kiritildi. 
Reabilitatsion kredit 
1995 yil mart oyida XTTB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi uchun jami 
160 mln. AQSh dollarga teng bo‘lgan reabilitatsion kredit ajratilishi tasdiqlandi. 
Reabilitatsion kreditining asosiy vazifalari tarkibiy islohotlar dasturini qo‘llab-
quvvatlash, valyuta bozorini rivojlantirish, milliy valyutaning mustahkamlanishini 
ta‘minlash, importni moliyalashtirish uchun chet el valyutasi kamomadligini 
kamaytirishdan iborat edi. Kredit malbag‘lari 1996 yil iyun oyiga qadar to‘liq 
o‘zlashtirib bo‘lindi, natijada valyuta birjasi ishtirokchilari sonini oshirish yo‘li 
bilan valyuta bozori aylanmasi sezilarli ravishda ko‘payishiga xizmat qildi, 
savdolarni o‘tkazishning tashkiliy shakllari takomillashtirildi. 
Moliya institutlarini rivojlantirishga qaratilgan kreditlar 
1999 yil may oyida XTTB tomonidan jami 25 mln. AQSh dollariga teng 
bo‘lgan moliya institutlarini rivojlantirishga qaratilgan kredit ajratilishi 
ma‘qullandi. Loyihani amalga oshirish uchun 1999 yil avgustida O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki qoshida Moliya sohasini rivojlantirish agentligi 
tashkil etildi. 
Loyihaning asosiy maqsadi tijorat banklarini institutsional jihatdan 
mustahkamlash, bank tizimi me‘yoriy-huquqiy bazasini yaxshilash, axborot 
tizimini takomillashtirish, banklarni xususiylashtirish va qayta tashkil etish edi. 
Bank tizimini institutsional jihatdan mustahkamlash uchun: 

tijorat 
bankiga 
(O‘zsanoatqurilishbank, 
O‘zuyjoyjamg‘armabank 
(Ipotekabank), Asakabank, Paxtabank (Agrobank), Hamkorbank va Ipak Yo‘li 
banki)ga strategik va biznesni rejalashtirish, kredit va g‘aznachilik 
tavakkalchiliklarini boshqarish, buxgalteriya hisobi, boshqaruv axborot tizimi va 
ichki audit masalalarida texnik yordam ko‘rsatildi. 
Tijorat banklarining mutaxassislari uchun buxgalteriya hisobini xalqaro 
standartlar asosida yuritish, ichki audit va nazorat, avtomatlashtirilgan kredit tahlili 
va boshqaruv axborot tizimi yo‘nalishlarida turkum o‘quvlar tashkil etildi. 
Ichki audit mutaxassislari bilan birgalikda 11 tijorat bankining asosiy 
boshqarmalari sinov auditidan o‘tkazildi va ichki audit xizmatini yaxshilash uchun 
zarur tavsiyalar berildi hamda ichki auditni o‘tkazishga doir kerakli yo‘riqnomalar 
ishlab chiqildi. 
Texnik ko‘mak, shuningdek, bank tizimining me‘yoriy-huquqiy bazasini 
takomillashtirishga ham berildi. To‘rt asosiy yo‘nalish (garov mulkini suddan 


154 
tashqari undirish, banklarni tugatish, bank xoldinglari va nobank kredit 
institutlarini tashkil etish) qonun loyihalari ishlab chiqildi. 
Loyihaning eng yirik yo‘nalishi bank tizimining telekommunikatsiya 
tarmog‘ini modernizatsiyalash va to‘lov tizimini takomillashtirish edi. To‘lov 
tizimining yangi tizimi hisob-kitoblarni real vaqt rejimida olib borishga sharoit 
yaratdi, natijada banklar faoliyati samaradorligi sezilarli darajada ortdi va 
tavakkalchiliklarini minimal darajaga tushirishga imkon berdi. Tijorat banklari va 
Markaziy bankni bog‘lab turadigan telekommunikatsiya tarmog‘i yagona balans 
taqdim etilishini ta‘minlab berdi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin