― pul va banklar


Jamg‗arma tashkilotlari: boshqarish va strukturasi



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə204/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   266
pul va banklar (2)

 
14.3. Jamg‗arma tashkilotlari: boshqarish va strukturasi 
 
amg‗arma tashkilotlari (ssuda-jamg‗arma assotsiayasi, o‗zaro 
jamg‗arma banklari va kredit uyushmalari) sanoati strukturasi va boshqarish 
tizimi tijorat banklari tizimi bilan ko‗pgina umumiy jihatlarga egaligi 
hayratlanarli emas.
Ssuda-jamg„arma assotsiasiyalari 
 
Ssuda-jamg‗arma assotsiatsiyasi tijorat banklari singari federal hukumat va 
shtatning vakolatli organlaridan litsenziya olishlari mumkin. Ko‗plab ssuda-
jamg‗arma assotsiatsiyalari lisenziyalovchi organdan qat‘iy nazar uy-joy krediti 
banklar Federal tizimi (UJKBFT) a‘zosidir.UJKBFT 1932-yilda FZT tashkil 
etilgandan so‗ng asos solingan edi.Tizim jamg‗arma tashkilotlarini nazorat qilish 
boshqarmasida tomonidan 12 ta uy-joy krediti federal banklarni sanashgan. 
Ssuda-jamg‗arma assotsiasiyasi depozitlarni federal sug‗urtalash (250ming 
dollargacha) omonatlarni sug‗urtalash Federal korporatsiyasi bo‗linmasi, 
jamga‘rma assotsiatsiyalarini sug‗urtalash fondi orqali ta‘minlanadi.
Omonatlarni sug‗urtalash Federal korporatsiyasi bo‗linmasi federal darajada 
sug‗urtalangan assotsiasiya faoliyatini minimal kapital talablarini o‗rnatish 
orqali, 
hisobotlarini 
doimiy 
majburiy 
tekshirish 
va 
ssuda-jamg‗arma 
assotsiatsiyalari faoliyatini reviziya qilish orqali boshqaradi.
Ssuda-jamg‗arma assotsiatsiyasi filiallarni ochish bo‗yicha faoliyatini 
boshqarish tijorat banklarini boshqarishga nisbatan liberalroq edi: deyarli barcha 
assotsiasiya bor shtatlarga filiallar ochishga ruxsat berilar edi, 1980 yildan esa, 
federal darajada lisenziyalangan assotsiyasiya turli shtatlarda filial ochish 
imkoniyatiga ega bo‗lishdi. 1981 yildan shtat chegaralaridan qat‘iy nazar 
moliyaviy qiyinchiliklar his qilayotgan assotsiasiyalarni qo‗shib olishga ruxsat 
berildi.Bugungi kunda ssuda-jamg‗arma assotsiasiyasiga butun mamlakat 
hududida filial ochish imkoniyat berilgan. 
FZT va UJKBFTlar o‗z a‘zolariga (obligatsiyalar chiqarishdan yig‗ilgan 
resurslar doirasida) ssudalar taqdim etishmoqda. Ammo, FZTning diskont 
ssudalaridan farqli ravishda qisqa muddatda qaytarishni ko‗zda tutadi, 
UJKBFTning ssudalari asosan uzoq muddatli. Bundan tashqari, bunday ssudalar 
bo‗yicha foiz stavkalar odatda ochiq bozor foiz stavkalaridan past. Bunday holda 
UJKBFTning ssuda loyihalari ssuda-jamg‗arma assotsiasiyasiga (uy-joy qurilishi 
146
Fredric S. Mishkin. The Economics of Money, Banking and Financial Markrts. Credit Unions page 345.



41 
bilan shug‗ullanuvchi kompaniyalar uchun bilvosita, chunki asosan ssuda-
jamg‗arma assotsiasiyasi ssudalari uy-joy qurish uchun ipoteka kreditlarini 
nazarda tutadi) dotatsiyalarni ko‗zda tutadi. 
Ssuda-jamg‗arma assotsiasiyasi 1980-yillarda jiddiy qiyinchiliklarga yuz 
tutdi.(12-bobga qarang). Bugungi kunda assotsiatsiyalar ko‗plab tijorat bank 
faoliyati bilan shug‗ullanishadi, assotsiatsiya faoliyatini boshqarish va 
litsenziyalash uchun alohida boshqaruv apparati kerak emas. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin