1-Bosqich. Moliyaviy inqirozning boshlanishi. 15.1-rasm Salbiy tanlash va axloqiy
xavf muammolari
yomonlashishi va kredit
shartnomalari
Moliyaviy institutlarning
balansidagi yomonlashish
Aktiv narxidagi tushish
Noaniqlikdagi o‘sish
71
2 -bosqich. Bank inqirozlari 3-bosqich.Qarz deflyatsiyasi Rivojlangan mamlakatlardagi moliyaviy inqiroz voqealarining ketmaketligi. 1-Bosqich. Moliyaviy inqirozning boshlanishi.(15.1-chizma) Aksiya va ko‘chmas mulklarga o‘xshagan aktivlarning narxlari investorlarning psixologiyasi orqali ularning asosiy iqtisodiy qiymatidan ancha yuqori darajada boshqarilishi mumkin, ya‘ni ularning qiymati aktivlarning kelajak daromad oqimidagi real kutilmalarga asoslanadi. Aktiv narxlarining asosiy iqtisodiy qiymatidan ko‘ra oshib ketishi aktiv narx pufagi deb ataladi. Aktiv narxlarining pufagiga misol qilib, 1990-yillarning oxiridagi texnologiyalar bozoridagi pufakni va biz muhokama qiladigan so‘nggi yillardagi uy narxlaridagi pufaklarni aytishimiz mumkin. Aktiv narxlaridagi pufaklari ko‘p hollarda kreditdagi ko‘tarishlar orqali ham aniqlanadi, bunda kreditdagi sezilarli ko‘payish aktivlarni sotib olishni moliyalashtirish uchun ishlatiliadi va ularning narxini oshiradi. Pufak yorilganda va aktivlarning narxi asosiy iqtisodiy muammolarga o‘zgartirilsa, aksiya va ko‘chmas mulkning narxlari tushadi, kompaniya o‘zining Iqtisodiy faoliyatdagi
tushishi
Bank sohasidagi inqirozi