Agar Evropada bolta juda keng tarqalgan to‗lov vositasi hisoblansa,
Russiyada iste‘mol mollari ayirboshlash vositasi sifatida juda keng tarqalgan.
Masalan, iste‘mol tovarlar ichida buqalar asosiy to‗lov vositasi sifatida tan olingan.
Barcha narsaning qiymati, hatto erlar ham buqalar bilan o‗lchangan.
Manbalarga ko‗ra, Xitoyning Xuanxe provinsiyasida odamlar chorvachilik
bilan shug‗ullangani bois, bundan 4 ming yil oldin Xitoyda natural pullar sifatida
buqalar, mayda to‗lov vositasi sifatida qo‗ylar xizmat qilgan. Dehqonchilikning
rivojlanishi natijasida bug‗doy o‗lchov biriligi vositasida foydalanilgan. Bug‗doyni
uzoq saqlash imkoniyati bo‗lmaganligi, u ma‘lum muddat o‗tgandan so‗ng
buzilishi mumkinligi uchun kauralarning chig‗onoqlari, tosh bolta va shu kabi
boshqa narsalardan pul vositasida foydalanilgan, 2 – rasmga qarang.
Qadimda natural pullar turli ko‗rinishda bo‗lib, (2 – rasmga qarang) ulardan
to‗lov vositasi sifatida foydalanishga qator omillar ta‘sir qilgan. Xususan:
– odamlarning kunlik ehtiyoji uchun juda zarur bo‗lgan buyumlar;
– mamlakatning tabiiy iqlimi va geografik joylashuvi;
– kamyob buyumlar va ularni etishtirishning murakkablik darajasi;
– uzoqroq muddat davomida saqlash imkoniyatining mavjudligi.
Dostları ilə paylaş: