№15 47
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Eshitmaydigan va zaif eshituvchi bola maxsus o‘rgatib
borilmasa, u gapira olmaydi, atrofdagilar bilan muomalada esa chegaralangan
miqdordagi imo-ishoralardan foydalanadi. Bolalar kundalik hayotida kattalarga taqlid
qilgan holda oddiy amaliy faoliyat turlarini bajara oladilar, turli buyumlarning
funksional vazifalarini o‘zlashtiradilar va ulardan to‘g‘ri foydalanadilar, o‘z-o‘ziga
xizmat ko‘rsatish malakasini egallab oladilar. Bunday bolalarga maxsus ta’lim berish
shart-sharoitlari yaratilmagan holda, ular o‘zgalar nutqini idrok eta olmasligi
oqibatida sensor va aqliy rivojlanishi so‘zlashuv nutqning ta’sirisiz kechadi. Shunday
qilib, eshitish qobiliyatining pasayishi va nutqiy rivojlanishning buzilishi oqibatida
bolaning rivojlanishi to‘xtamasa-da, ancha cheklanib qoladi.
Demak, bolalarning risoladagidek rivojlanishi uchun, me’yorda eshitadigan
bolalardan-da ko‘proq maxsus ta’lim-tarbiya sharoitlarini yaratish talab etiladi.
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga ilk yoshdan boshlab maxsus ta’lim-tarbiya
berilgan holda, ularning umumiy rivojlanishidagi orqada qolishning oldini olish,
mavjud nuqsonlarni korreksiyalash va ularning har tomonlama kamol topishini
ta’minlash mumkin bo‘ladi. Pedagogikada tarbiya qonuniyatlari to‘g‘risidagi fan
sifatida hodisalarning keng doirasi qamrab olinadi va turli sharoitda ta’lim-tarbiyani
tashkil etish masalalari ishlab chiqiladi. Maktabgacha surdopedagogika fani
pedagogika fanining umumiy qonuniyatlariga asoslangan holda rivojlanadi.
Maktabga surdopedagogikaning ilmiy-metodologik negizini falsafa tashkil etadi,
zero, falsafa tarbiyaning maqsad va vazifalarini o‘rganish metodologiyasini
belgilaydi, tarbiya masalasiga ilmiy asoslangan holda yondashish imkoniyatini
beradi. Ma’lumot va ta’lim nazariyasi bo‘lgan didaktika surdopedagogika fanlari
tizimiga kiradi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish mohiyati,
qonuniyatlari, tamoyillari va istiqbollarini o‘rganish didaktikaning vazifasiga kiradi.
Shu asosda ta’limning maqsadi, mazmuni, prinsiplari, metodlari, tashkiliy shakllari
va vositalari ishlab chiqiladi.
Surdopedagogika fani didaktik masalalarni ishlab chiqishda, masalan, axloqiy
tarbiya masalalarini o‘rganishda, estetik tarbiyaning maqsadi, yo‘llari va usullarini
belgilashda etika faniga asoslanadi. Maktabgacha surdopedagogika fani umumiy,
maktabgacha va maxsus psixologiya fanlari bilan bevosita bog‘liqdir.
Psixologiya, insonning psixik rivojlanish qonuniyatlarini filogenez va
ontogenezda o‘rganuvchi fan sifatida, insonning rivojlanishi, tarbiyalanishi va atrof-
muhit bilan o‘zaro munosabatlari chog‘ida shakllanadigan psixik jarayonlar (idrok,
sezgi, tafakkur, xotira, tasavvur, his-tuyg‘u, iroda va hokazo)ni o‘rganadi.
Surdopedagogika ulardan foydalanib, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’limining
mazmuni va metodlarini ishlab chiqadi.
Maktabgacha surdopedagogika fanida psixologlar L.S.Vigotskiy, I.M.Solovev,
T.V.Rozanovalarning, ilmiy nazariyalariga ko‘ra psixik va jismoniy rivojlanishidagi