“ Talqin va tadqiqotlar ” ilmiy-uslubiy jurnali



Yüklə 468,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix01.12.2023
ölçüsü468,3 Kb.
#170390
1   2   3   4   5
maktabgacha-yoshdagi-eshitishida-nuqsoni-bo-lgan-bolalarga-ta-lim-tarbiya-berish


Talqin va tadqiqotlar

 ilmiy-uslubiy jurnali
 

 
 
 
 
 
№15
 
48 
kamchilik bolaning jismoniy va psixik rivojlanishining buzilishiga olib kelsa, bunday 
bola anomal deb hisoblanadi. Eshitishning pasayishi bolaning nutqiy rivojlanishiga 
salbiy ta’sir etadi: nutqning muloqot qilish, idrok etish, fikrlash, bilish faoliyatini 
rivojlantirish vositasi sifatida rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Ta’lim muassasasida 
pedagogik jarayonni to‘g‘ri tashkillashtirish, eshitishning pasayishi bilan bog‘liq 
umumiy va xususiy jihatlarni tushunish uchun maktabgacha yoshdagi bolalarning 
psixik rivojlanish xususiyatlarini bilmoq zarur. 
Zaif eshituvchini tekshirish jarayonida eshituvchidan foydalangan holda nutqni 
idrok etish imkoniyatlari aniqlanadi. Zaif eshituvchining birinchi darajasida
eshituvning pasayishi 50 db dan oshmaganda, bola 1-2 metrdan uzoq masofada 
gaplashish balandligidagi nutqni aniq qabul qila olgani sababli , nutqiy muomalaga 
kirisha oladi. Zaif eshituvchining ikkinchi darajasida, ya’ni eshituv 50– 70 dbgacha 
pasayganda, so‘zlashuv, nutq 1 metrdan uzoq bo‘lmagan masofadan qabul 
qilinganligi sababli, nutqiy muomala qiyinlashadi. 
Zaif eshituvchining 3-darajasida, ya’ni eshituvning pasayishi 70 db dan 
ortganda, nutqiy muloqot buziladi, sababi, gaplashish balanligidagi so‘zlashuv nutq 
quloq yonida ham noaniq idrok etiladi. Ma’lumki, eshituv holati 15-20 db ga 
pasayishi bilan, nutqni egallashda qiyinchiliklar vujudga keladi. L.V.Neyman ushbu 
holatni «normal eshituvchi va zaif eshituvchining chegara holati» deb hisoblaydi. 
L.V.Neyman tasnifiga ko‘ra zaif eshituvchi va karlik o‘rtasidagi shartli chegara 85 db 
doirasida bo‘ladi. Eshituv holatining pasayishi karlik darajasida bo‘lgan holda, nutqni 
mustaqil ravishda (tabiiy) o‘rganish imkoniyati bo‘lmaydi. 
Idrok etilayotgan tovushlar chastotasining doirasiga qarab 4 guruhdagi kar 
bolalar farqlanadi: 
1-guruh – eng past chastotali tovushlarni idrok etadigan bolalar (125-250 Gs). 
2-guruh – 500 Gs gacha bo‘lgan chastotalarni idrok etadigan bolalar. 
3-guruh – 1000 Gs gacha bo‘lgan chastotalarni idrok etadigan bolalar. 
4-guruh – keng diapazondagi chastotalarni, ya’ni 2000 Gs va undan balandroq 
tovushni idrok etadigan bolalar. 
Eshitish qoldiqlari minimal bo‘lgan (1-2 guruhdagi) kar bolalar yaqin 
masofadan qattiq tovushlarni (baqiriq, parovoz qichqirig‘i, nog‘ora ovozi) idrok 
etishga qodir bo‘ladilar. 3-4 guruhdagi kar bolalarning eshitish qoldiqlari sezilarliroq 
bo‘ladi, shu sababli ular kichik masofadan turli chastotalar ovozlar (turli musiqa 
asboblar va o‘yinchoqlar, hayvonlarning qattiq hayqirishi, ayrim maishiy tovushlar: 
qo‘ng‘iroq, telefonning jiringlashi)ni idrok etib, farqlay oladilar. 3-4 - guruh kar 
bolalar tanish bo‘lgan bir nechta so‘z yoki bo‘g‘inlarni farqlay oladilar. 
Shunday qilib, barcha kar bolalar turli miqdordagi eshitish qoldiqlariga ega 
bo‘ladilar. Maxsus eshitish qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar 
borliqdagi tovushlarni bilishga xizmat qiladi hamda og‘zaki nutqni rivojlantirishga 



Yüklə 468,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin