“ Talqin va tadqiqotlar ” ilmiy-uslubiy jurnali



Yüklə 468,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix01.12.2023
ölçüsü468,3 Kb.
#170390
1   2   3   4   5
maktabgacha-yoshdagi-eshitishida-nuqsoni-bo-lgan-bolalarga-ta-lim-tarbiya-berish


Talqin va tadqiqotlar

 ilmiy-uslubiy jurnali
 

 
 
 
 
 
№15
 
49 
yordam beradi. Hozirgi kunda tibbiyot muassasalarida eshituv holatini baholashda 
Xalqaro tasnif ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Ushbu tasnifga ko‘ra eshituvning 
o‘rtacha pasayishi 500, 1000, 2000 Gs chastotalarda aniqlanadi. 
Zaif eshituvning 1-darajasi – eshituvning pasayishi 40 db dan oshmaydi. Zaif 
eshituvning 2-darajasi – eshituvning pasayishi 40 db dan 55 db gacha bo‘ladi. Zaif 
eshituvning 3-darajasi – eshituvning pasayishi 55 db dan 70 db gacha bo‘ladi. Zaif 
eshituvchilikning 4-darajasi – eshituvning pasayishi70 db dan 90 dbgacha bo‘lishi 
bilan ifodalanadi. Eshituvning pasayishi 90 dbdan o‘tib ketsa, bunday holat «karlik» 
deb tafsiflanadi. 
Eshitish qobiliyati buzilgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi 
tizimini yaratishda, bolalarni saralash mezonlarini belgilashda, differensial ta’limni 
yaratishda, samarali ta’lim-tarbiya usullarini tanlashda R.M.Boskis (1963y) 
klassifikasiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. L.S.Vigotskiyning bola psixikasining 
rivojlanishidagi birlamchi va ikkilamchi defektlar to‘g‘risidagi nazariyasiga 
asoslanib, R.M.Boskis, eshitishdagi nuqsonlarni farqlash bo‘yicha pedagogik 
tasniflash mezonlarini ishlab shiqdi. 
1. Bola eshituv analizatorining buzilishi, kattalarning xuddi shunday 
buzilishidan keskin farq qiladi. Katta kishilarning eshitishi pasaygan holda eshituv 
yordamidagi nutqiy muloqot buziladi. Ilk davrda eshituvning pasayishi, bolalarning 
psixik rivojlanishiga ta’sir etadi, rivojlanishidagi ikkilamchi nuqsonlarini keltirib 
chiqaradi. 
2. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolaning rivojlanishini to‘g‘ri tushunish uchun, 
ular tomonidan mustaqil ravishda nutqni egallash imkoniyatlarini hisobga olish 
muhimdir.Eshituv qobiliyatining cheklanishi nutqning egallanishiga va to‘laqonli 
nutqiy muloqotga to‘sqinlik qiladi. Og‘zaki nutqning orqada qolishi yoki umuman 
yo‘qligi, yozma nutqning egallanishiga, o‘qiyotgan narsalarni tushunishiga, o‘z 
fikrini yozma bayon etishiga, turli sohalardan bilim egallashiga yo‘l bermaydi. 
3. Eshituv holati va nutq o‘zaro bog‘liqdir. Bir tomondan, eshituvning pasayishi 
nutqning tabiiy ravishda o‘sishiga to‘sqinlik qiladi; ikkinchi tomondan eshitish 
qobiliyatining to‘laqonli ishlatilishi bolaning nutqiy saviyasiga bog‘liqdir. Nutq 
qanchalik yaxshi rivojlangan bo‘lsa, eshituv qobiliyatidan foydalanish imkoniyatlari 
shunchalik kengayadi. 
4. Eshituv qobiliyati buzilgan bolalar eshituvning pasayishi va nutqiy saviyasiga 
ko‘ra xilma-xil bo‘ladilar. Nutqning turli saviyada bo‘lishi quyidagi omillarga 
bog‘liqdir: a) eshitishning pasayish darajasiga; b) nuqsonning paydo bo‘lishiga; v) 
eshituv nuqsonining paydo bo‘lishidan keyinggi pedagogik shart-sharoitlarga; g) 
bolaning alohida xususiyatlariga. 
Ko‘rsatilgan omillarning har biri bolaning nutqini baholashda muhim 
ahamiyatga ega. Eshitish qobiliyati qanchalik ko‘p shikastlansa, nutqqa shunchalik 



Yüklə 468,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin