“ Talqin va tadqiqotlar ” ilmiy-uslubiy jurnali



Yüklə 29,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü29,35 Kb.
#205399
  1   2   3   4
boshlang-ich-sinflarda-matematika-fanidan-sinfdan-tashqari-mashg-ulotlarni-tashkil-etish




Talqin va tadqiqotlar

 ilmiy-uslubiy jurnali
 

 
 
 
 
 
№14
 
86 
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANIDAN SINFDAN 
TASHQARI MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISH 
 
Elmurodova Rohila Axmedovna 
Toshkent viloyati Angren shahar 6-maktab
Boshlang'ich sinf o'qituvchisi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7450773
 
Annotatsiya:
Matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar deganda 
o‘quvchilarning matematik bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadida 
tashkil qilingan mashg‘ulotlatlarni tushunamiz. Matematikadan o‘tkaziladigan 
sinfdan tashqari ishlarning mazmuni dars mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarni 
kengaytirish va chuqurlashtirishda qaratilgan bo‘lishi kerak. 
Kalit so`zlar:
Boshlang`ich sinf, matematika, mashg`ulot, misol, sinf, bilim, 
o‘quvchi, natija. 
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar deganda ko‘pincha yuqori sinflar nazarda 
tutiladi. Lekin ilg‘or tajribalarning tasdiqlashicha, boshlang‘ich sinflarda ham sinfdan 
tashqari turli – tuman formalarda mashg‘ulotlar olib borishning potensial 
imkoniyatlari mavjud. Bu imkoniyatlardan foydalanish o‘qitishda boshlang‘ich va 
yuqori sinflar uzviyligini ta’minlaydi. Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni 
olib borishda o‘quvchilarning nutq madaniyatini va matematik tafakkurini 
shakllantirishga kompleks holda yondashish talab qilinadi. Yosh avlodni hozirgi 
zamon fani bilan qurollantirish orqali ularning aqliy jihatdan maksimal darajada 
rivojlanishlariga erishish umumta’lim – tayanch maktablar oldida turgan eng muhim 
vazifalardan biridir. Bu vazifani hal etishda sinfdan tashqari ishlarning o‘rni benihoya 
katta. Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi o‘quvchilardagi fanga bo‘lgan 
qiziqishni rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini to‘ldiruvchi matematik bilim, 
malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirishdan foydalanish mumkin. Sinfdan tashqari 
ishlar O‘quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, 
murakkab misol va masalalarni yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan 
bog‘liq bo‘lgan tomonlarini ochadigan va dasturga kirmagan ba’zi savollar bilan 
tanishtirishni maqsad qilib oladi. 
Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari mavjud:matematika to‘garagi, 
matematika ertaligi, matematikadan fakultativ mashg‘ulotlar, matematik matbuot, 
matematik viktorina va olimpiadalar. 
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar quyidagi yo‘nalishlarda olib borilishi 
mumkin. 
a) ommaviy ishlar; (musobaqalar, ko‘rik tanlovlar, kechalar, ertakliklar, 



Yüklə 29,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin