“ Talqin va tadqiqotlar ” ilmiy-uslubiy jurnali



Yüklə 29,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü29,35 Kb.
#205399
1   2   3   4
boshlang-ich-sinflarda-matematika-fanidan-sinfdan-tashqari-mashg-ulotlarni-tashkil-etish

Matematik olimpiadalar.
 
Olimpiadalar tanlovlarga qaraganda keng ko`lamda 
o‘tkaziladigan va matematika o‘rganishda o‘quvchilar erishgan muvaffaqiyatlarni 
namoyish qiladigan ishdir. Olimpiada qatnashchilarining tarkibiga bog‘liq holda 
maktab ichida, tuman va shaharlarda o‘tkazish mumkin. Olimpiadani 3 - sinfdan 
boshlab o‘tkazib, g‘oliblar maktabning devoriy gazetalarida va o‘quvchilar 
yig‘ilishlarida rag‘batlantiriladi. 
Matematik matbuot va viktorinalar. 
Gazeta, viktorinada har xildagi matematik mazmunni o‘z ichga olgan 
topishmoq, misol va topshiriqlar rasmlarda berilib, qiziqish xarakterida bo‘ladi. 
Matematik devoriy gazeta, viktorinalar, odatda matematik burchak deb ataluvchi 
joyga osib qo‘yiladi, bu burchakda Vatanimiz yutuqlarini ifodalovchi sonli 
ma’lumotlar ham berib boriladi. “Bilasizmi?” ruknida qiziqarli materiallar beriladi. 



Talqin va tadqiqotlar

 ilmiy-uslubiy jurnali
 

 
 
 
 
 
№14
 
88 
Masalan: 
1. Odamning bo‘yi bir kunda 1 sm dan 6 sm gacha o‘zgarishi mumkin. 
2. Dunyodagi eng uzun temir yo‘l 9302 km ni tashkil etadi. 
3. Dunyoda okeanlar suvida 13300 mln tonnagacha kumush bor. Matematika 
burchagini tashkil qilishni o‘quvchilar va ularning ota-onalari faoli yordamida amalga 
oshirilishi mumkin. Matematik viktorinalar ma’lum mavzu, bo‘lim yoki umuman 
matematikaga doir masalalar bo‘yicha savol – javob o‘yini bo‘lib, ko‘p vaqt va katta 
tayyorgarlik talab qilmaydi. Boshlang‘ich sinflarda viktorinalar 10 – 20 minut davom 
etadi. Bunda oldindan tayyorlangan 5 – 6 savolga og‘zaki yoki yozma javob olinadi. 
Matematik musobaqa Yuqorida aytib o‘tilgan sinfdan tashqari ishlarda (10 minutlik, 
viktorina va h.k.), asosan, butun sinf o‘quvchilari ishtirok etsa, matematik 
musobaqalarda (konkurs, olimpiada) ko‘pchilik ishtirok etib, g‘oliblar musobaqasi 
bilan yakunlaydi, ya’ni bu musobaqa bir necha (ko‘pincha 3 yoki 4) davom etadi. 

Yüklə 29,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin