Tog‘ jinslarining issiqlik o‘tkazish koeffitsiyenti ularning moddiy tarkibi va tuzilishining quyidagi xususiyatlariga bog‘liq:
- tarkibidagi minerallarning xossalari va ularning o‘zaro munosabatiga;
- kristallarning kristallanish darajasi (amorf, noto‘liq kristalli jinslar to‘liq kristallilariga nisbatan issiqlik o‘tkazishi yomonroq bo‘ladi) va o‘lchamlariga;
- jins tarkibiga kiruvchi fazalar (qattiq, suyuq, gazsimon) nisbatiga. Boshqa barcha teng sharoitlarda jinsning suvga to‘yinganligi uning issiqlik o‘tkazish qobiliyatini oshiradi;
- tog‘ jinslarining teksturaviy, xususan issiqlik o‘tkazishini pasaytiruvchi, ayniqsa, bo‘shliqlari gaz bilan to‘lgan g‘ovakligiga. G‘ovaklar bo‘shlig‘ining strukturasi ham muhim ahamiyatga ega.
Issiqlik maydoniga issiqlik oqimining zichligi to‘liq xarakteristika beradi. Qadimiy platformalarning issiqlik oqimi nisbatan bir xil va uning zichligi 35 dan 55 mVt/m2 gacha. Sibir platformasining shimoliy qismi uchun isiqlik oqimi 21 mVt/m2 dan past. Platforma hududlaridagi rift botiqliklari qambarida issiqlik oqimining qiymati o‘rtacha 70-80 mVt/m2 , ba’zan 165 mVt/m2 ga boradi (Baykal rifti). Tog‘ tizmalari, ayniqsa yosh tog‘lar ham issiqlik oqimining yuqori qiymatiga ega. Kavkaz uchun uning qiymati 13 dan 100 mVt/m2 gacha oraliqda o‘zgaradi. O‘rta okean tizmalari (O‘OT) qambarlarida issiqlik oqimining qiymati juda yuqori (1500 mVt/m2 gacha), o‘rtachasi 400-600 mVt/m2 ni tashkil etadi. Transformali yer yoriqlari zonasida issiqlik oqimining qiymati 135 dan 360 mVt/m2 gacha boradi