“ Umumiy va tarixiy geologiya” fanidan mustaqil ishi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə3/6
tarix07.11.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#67688
1   2   3   4   5   6
Samandar Geologiya oz betinshe

Qadimiy Sharqiy Yevropa platformasining kristalli qalqonida qazilgan Kola o‘ta chuqur burg‘i qudug‘ining (O‘CHB) 11 km chuqurligida harorat 200°С ni tashkil etgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich geotermik gradiyent 18°С va geotermik bosqich 55 m ga tengligini ko‘rsatadi. Geotermik gradiyentning eng yuqori qiymati okean va kontinentlarning harakatchan zonalarida, past qiymati esa kontinental po‘stloqning eng turg‘un va qadimiy uchastkalarida kuzatiladi. Gradiyentlarning o‘zgarishi ko‘pincha 1 km da 20 dan 50°С gacha oraliqda, geotermik bosqichniki esa 15-45 m diapozonda amalga oshadi. Yer shari uchun o‘rtacha geotermik gradiyent 1 km da 30°С ni, geotermik bosqich esa 33 m ni tashkil etadi.

  • Qadimiy Sharqiy Yevropa platformasining kristalli qalqonida qazilgan Kola o‘ta chuqur burg‘i qudug‘ining (O‘CHB) 11 km chuqurligida harorat 200°С ni tashkil etgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich geotermik gradiyent 18°С va geotermik bosqich 55 m ga tengligini ko‘rsatadi. Geotermik gradiyentning eng yuqori qiymati okean va kontinentlarning harakatchan zonalarida, past qiymati esa kontinental po‘stloqning eng turg‘un va qadimiy uchastkalarida kuzatiladi. Gradiyentlarning o‘zgarishi ko‘pincha 1 km da 20 dan 50°С gacha oraliqda, geotermik bosqichniki esa 15-45 m diapozonda amalga oshadi. Yer shari uchun o‘rtacha geotermik gradiyent 1 km da 30°С ni, geotermik bosqich esa 33 m ni tashkil etadi.

Geotermik gradiyent Yer issiqlik maydonining muhim parametri sanaladi, ammo u ma’lum vaqt oralig‘ida jins hajmidan qancha miqdorda issiqlik o‘tishi to‘g‘risida to‘liq tushuncha bermaydi, ya’ni Yerning issiqlik sarfini xarakterlamaydi. Zero, bir xil harorat gradiyentida turlicha issiqlik o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lgan jinslar orqali turlicha issiqlik miqdori o‘tadi. Tog‘ jinslarining issiqlik o‘tkazish xususiyati issiqlik o‘tkazish koeffitsiyentini (K) xarakterlaydi va u harorat gradiyenti 1 ga teng bo‘lganda vaqt birligida o‘tuvchi issiqlik miqdoriga teng bo‘ladi.

Tog‘ jinslarining issiqlik o‘tkazish koeffitsiyenti ularning moddiy tarkibi va tuzilishining quyidagi xususiyatlariga bog‘liq:


Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin