Issiqlik oqimining eng yuqori qiymati Islandiya, Baykal, Qizil dengiz, Sharqiy Tinch okeani tepaliklari, O‘rta Atlantika, Hind okeani tizmalari, Oxota va Yapon dengizlari uchun xarakterli. Issiqlik oqimi sayyoraning ichki qismidan fazo bo‘shlig‘iga har yili 1020 Dj issiqlik chiqaradi. Bu energiya zilzilalar, vulkan faoliyati, gidrotermal faollikning yillik energiyasidan 100 marta ortiq. Issiqlik oqimi Yerning ichki qismidan yuzasiga ko‘tarilib chiqadi va keyinchalik ikki usulda fazoga tarqalib ketadi. 1. Konduktiv issiqlik oqimi sifatida (tog‘ jinslarining issiqlik o‘tkazish qobiliyati hisobiga). 2. Vulkanizm jarayonlar va gidrotermal faoliyatlarda issiqlikning konvektiv chiqarilishi (5-rasm). Konduktiv oqimlar bilan issiqlik chiqarilishi quvvati konvektiv usuldagidan 100 barobar ko‘p

Issiqlik rejimidagi ra-dioaktiv parcha-lanishning his-sasi turlicha baholanadi. Yer tarixida keyin-gi 200 mln yil ichida yarim par-chalanish davri 106-107 yil bo‘lgan ,26Al 10Ве, 60Fe, 36C1 kabi qisqa davrli izotoplar par-chalangan. 87Rb, 115In, 148Sm, 235U, 238U, 232Th, 40K kabi uzoq davrli izotoplarning miqdori kamaygan. Keyingi uchta izotop hozirgi kunda ham Yerning issiqlik rejimiga katta hissa qo‘shadi. Radiogen energiyaning umumiy miqdori (0,42)•1031 Dj ni tashkil etadi. Radiogen energiyaning ajralib chiqishi Yer moddalarining gravitatsion differensiatsiyasini amalga oshirgan hamda yadro, mantiya va yer po‘stining shakllanishiga olib kelgan. Insonlar yana ko‘p yillar davomida yer qa’rining issiqligidan o‘zining xo‘jalik faoliyatida foydalanadi. Geotermal energetika an’anaviy issiqlik manbalarining yildan-yilga real muqobillari bo‘lib bormoqda.