Populyatsiyani klassifikatsiyalashda bir necha prinsiplarga amal qilinadi, populyatsiyaning makonda tarqalishini professor N.P.Naumov (1963) quyidagicha bo’ladi: elementar (boshlang’ich, sodda), ekologik va geografik populyatsiyalar.
Elementar populyatsiya – bu uncha katta bo’lmagan, bir xil joyda uchraydigan tur vakillarining yig’indisi. Agar biogeotsenoz ichida yashash sharoiti har xil bo’lsa, populyatsiyalarning soni ko’p bo’ladi, tur ko’p sonli populyatsiyalar hosil qiladi.
Ekologik populyatsiya – sodda elementar populyatsiyalar yig’indisidan hosil bo’ladi. Ular ma'lum biogeotsenozda tur ichidagi guruhlardan yuzaga keladi.
Geografik populyatsiya – ekologik populyatsiyalarni o’z ichiga oladi va bir hil geografik sharoitda, xududda uchraydi. Lekin geografik populyatsiyalar etarli darajada bir – biridan chegaralangan bo’lib, katta-kichikligi, ko’payishi, ekologik moslanishlari, fiziologik va xulqiy xususiyatlari bilan farq qiladi.
2.3.Populyatsiyaning miqdori va zichligiga ta'sir qiluvchi tabiiy omillar Populyatsiyaning miqdori va zichligiga ko’p tabiiy omillar ta'sir qiladilar. Ular modifikatsiya va boshqaruvchi guruhlarga bo’linadi.
Modifikatsiya (yoki turlanuvchi) omillarga hamma abiotik omillar kirib, ular populyatsiyaning soni, sifati, zichligi, tuzilishi, ozuqa resurlariga faol ta'sir qiladi, ularning o’zgarishiga sabab bo’ladi, ammo o’zlari o’zgarmay qoladi. Organizm abiotik omillar ta'sirini sezadi, ular qulay bo’lganda populyatsiya a'zolari haddan ziyod ko’payib ketadi.
Boshqaruvchi omillar - popuyatsiya a'zolarining miqdorini o’zgartiradi, o’zgarishni tezlashtiradi, optimal holatdan chetlashtiradi. Bunday boshqaruvchi omillarga organizmlarning bir-birlari orasidagi biotik munosabatlar kiradi. Organizmlar bir-birlari bilan aoqada yashaydi, guruhlar hosil qiladi, bir-birlari sonini boshqarib turadi.
Populyatsiya biologik birliklar - biotsenozlar ichida o’rganiladi. Ular faqat laboratoriya sharoitida yoki alohida o’ralgan, chegaralangan joylardagina yakka-yakka o’rganilishi mumkin.
Tabiatda populyatsiyaning turli hil tiplari uchraydi:
yopiq populyatsiya (faqat bir-biri bilan juftlasha oladigan individlar guruhi);
panmiktik populyatsiya (individlar juftlashishi juft tanlamasdan amalga oshadi);
mendelcha populyatsiya (bir geografik arealda tarqalgan, ko`payish va boshqa xususiyatlari bir xil bo`lgan individlar majmui);
izogen populyatsiya genetik jihatdan aynan o`xshash, ya`ni barcha lokuslar (xromosomaning bir gen joylashgan chiziqli uchastkasi) bo`yicha ko`pchilik hollarda gomozigota bo`lgan individlar guruhi;
muvozanatlangan populyatsiya — genlar chastotasi (takrorlanishi) mutatsion va seleksion tazyiqlar o`rtasidagi muvozanatga asoslanib o`zgarib turadi va tasodifiy juftlashish prinsipiga ko`ra juftlashishda hamda lokuslararo erkin rekombinasiyalanishda genotiplarning amaldagi chastotasi nazariy kutilgan holatga mos keladi.
Fanda mavjud bo`lgan ideal populyatsiya tushunchasi tabiatda uchramaydi va u faqat matematik modellarda xisobga olinadi. Masalan, zog`ora baliq yirik ko`llarda 2 ta populyatsiya hosil qiladi, ulardan biri qirg`ok, yaqinida yashab, mayda xayvonlar bilan oziqlanadi va sekin o`sadi; ikkinchisi suvning chuqur qismida yashab, baliqlar bilan oziqlanadi va tez o`sadi; g`o`zaning yovvoyi turlari, shuningdek, ekiladigan navlari populyatsiyasi harorat, yorug`lik, suv rejimi, oziqlanish va boshqalarga nisbatan turlicha reaksiyalar bilan xarakterlanadigan juda ko`p guruhlardan tashkil topgan.
Populatsiyaning tuzilishi
Populatsiya a’zolarining jins yosh bo’yicha, morfologik ko’rinishi, fiziologik jarayoni, xulqiy xolatlari, genetik xususiyatlari va xududlar bo’yicha taqsimlanishi populatsiyaning tuzilishini aks ettiradi.
Populatsiyalar quyidagicha tuzilishda bo’ladi;
Populatsiyalarning yoshiga qarab tuzilishi; Populatsiyaning yosh boyicha tuzilishi uning muhim belgisi bo’lib, populatsiyaning tug’ilishi va o’lishiga ta’sir qiladi.tezkor ko’payayotgan populatsiyalarning asosiy qismini yosh vakllar tashkil qiladi.
Populatsiyaning jins boyicha tuzilishi; populatsiya a’zolarining yosh boyicha va jins bo’yicha tarkibi doim bir-birlari bilan bog’liq bo’ladi. Populatsiya vakllarinig hayoti uning yosh bo’yicha tuzilishiga qaramdir.
Populatsiyaning makonda tuzilishi; populatsiyani hosil qiladigan tur vakllari har xil makonda turlicha tarqalish imkoniyatiga egadir. Bu bilan ular o’zlari yashaydigan joy va ozuqa bilan ta’minlanadi hamda o’sish, ko’payish va rivojlanish, nasl qoldirish uchun muhitning abiotik va biotik omillari bilan aloqada bo’ladi.
Populatsiyaning etiologik tuzilishi- uning a’zolari ortasidagi qonuniy aloqalar bo’lib, uning asosida hayvonlar xulqlarini o’rganadigan ish yotadi.