Ў збекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Antibioz, simbioz, neytralizm munosabatlar



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə48/109
tarix19.12.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#185065
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   109
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

3.3. Antibioz, simbioz, neytralizm munosabatlar


Jamoa (biotsenoz) komponentlari o'rtasida o'zaro munosabatlar turli xil shaklda bo'ladi. Ana shunday munosabatlaming bir necha xillari bo‘lib ular quyidagilardan iborat:
/. Neytraliim — (0:0) bunda ikki populatsiyadagi asatsiatsiyalarda o'zaro ta’sir sezilmaydi, ikki populatsiya individlari ham deyarlik bir xilday yashaydi. Masalan, sherlar o‘tlar bilan oziqlanmasalar ham, savannalardagi yaylovlaming holati ular uchun befarq cmas. Chunki, ulaming ovqati bo'lmish antiloplar hosildor yaylovlarda ko‘p boladi.

  1. Konkurensiya (raqobatlilik) bunda ikki populatsiyalar bir- birlariga to’sqinlik qiladilar. Ya’ni bir poplatsiya ikkinchi populatsiya bilan defitsit (yetishmaydigan) resurslarni o'zlashtirishda kurashadilar. (Bu ma- sala populatsiyalar mavzuyida batafsil yoritilgan).

Amensalizjm (-.0) — bunda bir populatsiya o'ziga zarar keltirmasdan ikkinchi populatsiyaning yashashiga to'sqinlik qiladi yoki uni o'sishga qo‘ymaydi. Amensalizmga tipik misol qilib antibiotik zamburugMar — akti- nomitsetlar yoki o'simlik fitonsidlarining parazit mikroorganizmlarga ko'rsatgan ta’sirini olish mumkin. Amensalizm hodisasini suvning gu

lashida ham ko'rish mumkin, ya’ni ko'payib chiriyotgan ko‘k-yashil suvo'tlardan ajralib chiqqan toksinlar (zaharli moddalar) ko'pchilik zoo- planktonlarning oiimiga sabab boiadi yoki ularni siqib chiqaradi.



  1. Parazitizm va yiritqichlik (+,-)— bunda bir populatsiya ikkinchi populatsiyaga hujum qilib uning yashashishga zarar keltiradi, biroq o‘zining kelgusidagi hayoti ham o‘ljasiga bevosita bog'liqdir. Agar ja- moadagi bir populatsiya yirtqich (birlamchi konsument) — odatda, hay- vonlar o'ljasi yoki «xo‘jayini» — birlamchi produtsent (o‘simlik) bo'lsa ular o‘simlikxo‘rlar deyiladi. Agar bir populatsiya ikkinchi populatsiya uchun zararli bo'lgan moddalarni ishlab chiqsa, bunda allelopatiya yoki antibioz mikroorganizmlar deyiladi.

Biz hammamiz yirtqich va parazitlarga nisbatan g‘arazgo‘yligimiz ku- chli, biroq odamlarning o'zlari ham tipik yirtqichlar hisoblanadi.
Ular tabiiy epidemiyalarga ko'pincha o'zlari sabab bo‘ladilar. To‘g‘ri yirtqichlar va parazitlar o'simliklar bilan oziqlanib, allelopatiyada esa bir populatsiya individlari ikkinchi bir populatsiya individlariga salbiy ta’sir etib, ulami halok qiladilar yoki zarar keltiradilar, populatsiyalaming o'sishini susaytiradilar, ularning miqdorini kamaytiradilar va hokazo. Lekin yirtqichlarsiz, parazitlarsiz va allelopotiyasiz populatsiyalar yashay oladimi yo'qmi, buni chuqur tahlil qilib 0‘rganilganda shu narsa aniq ravshan bo'ldiki, bu xildagi organizmlar populatsiyalar zichligini normal ta’minlash imkoniyatini yaratadilar.

  1. Kommensaliztik (+,0) — bunda bir populatsiya ikkinchi populatsiya bilan birlashganda foyda ko'radi, bu birlashish ikkinchi populatsiya uchun esa ahamiyatsiz yoki uning uchun bcfarq bo'ladi. Bu birlashish simbioz- ning shunday bir shakliki, bundagi partnyorlaming bittasi ikkinchisiga (xo'jayiniga) tashqi muhitga bo'lgan munosabatlarini bajarishni yuklaydi, o‘zi esa tashqi muhit bilan to'g‘ridan-to’g‘ri bog'lanmaydi. Ular orasida antoganizm ham bo‘lmaydi. Umumiy maydon, substrat, ozuqa, hara- katlanish-kommensial munosabatlaming asosini tashkil etadi. Xo'jayinning tuzilishi va hayot kechirish holatlaridan kommensal o'zi uchun ko'pincha bir tomonlama foyda ko'radi. Uning o‘zi «xo‘jayin» uchun ko'pincha be- farq, ahamiyati yo'qday tuyuladi. Parazitlik yoki simbiozning boshqa shakllariga qaraganda kommensalizm kamroq uchrab turadi. Masalan, daraxtlarda in qurib yashovchi qushlar, akulalarda yopishib yashovchi lotsman baliqlari, axlatlar bilan oziqlanadigan sinantrop yumronqoziq populatsiyalari va qushlar ham kommensalizmga misol bo'la oladi.

Kommensalizm ko'pincha okeanlardagi organizmlarda ko'proq uchrab turadi. Buni okeanlardagi har bir qurt uyasida, har bir ikki chanoqli moluskalar chanog'ida, bulutlilarning tanasida doimo chaqirilmagan meh- monlar, organizmlar yashab hayot kechiradilar. Lekin ular o'zlari xo'jayinlariga zarar keltirmaydilar.

  1. Protokooperatsiya — bunda ikki populatsiya ham birlashgan asso- tsiatslyadan faqat foyda ko'radilar, biroq bunday munosabatlar ular uchun shart emas.

  2. Kooperatsiya — ikki organizm bir-birlari bilan kooperatsiya hosil qiladilar. Bimday kooperatsiya ikki organizm uchun ham ustunliklarga ega. Masalan, krablar bilan kovakichlilar bunga misol bo‘la oladi. Kovakichlilar krablarning orqasiga yopishib olib (ba’zan ularni krablarning o'zlari o'tqazib oladilar) ularni dushmanlardan himoya qiladilar. Kovakichlilar esa o‘z navbatida krablardan transport vazifasida foydalanadilar hamda ulardan qolgan ovqat qoldiqlari bilan ovqatlanadilar.

  3. Mutualizm (+,+). Birlashgan ikki populatsiya ham faqat foyda ko'radi, bu birlashish ular uchun fovdalidir, bunday birlashgan organizmlar tabiiy sharoitda biri ikkinchisiz hayot kechira oimaydi. Masalan, termitlar va ularning ichaklarida yashovchi xivchinlilar bunga yaqqol misoldir. Bunda xivchinlilar termitlar qabul qilgan kletchatkani hazm qilishga yor- dam beradilar, chunki termitlar kletchatkani mustaqil o'zlashtira olmaydi- lar. Xivchinlilar ham termitlarsiz yashay olmaydilar. Chunki, ular uchun yashash sharoiti termitlar ichaklaridir. Xuddi shunday holatni lishayniklar misolida ham ko'rish mumkin.

  4. Turlar o'rtasidagi munosabatlaming ikki va undan ko‘p tur uchun qulaylik tug'diradigan iilini o'zaro )vrdam deyiladi. Masalan, hasharotlar yordamida changlanadigan o‘simliklar, changni bir o'simlikdan ikkinchi o'simlikka olib o'tadigan va shu bilan o'simliklaming chetdan clianglanishini ta’minlaydigan hasharotlarga muhtojdir. Boshqa hollarda turlar orasidagi o‘zaro munosabatlar bir-biriga qarama-qarehi tarzda bo'lishi mumkin.

Yirtqichlikda bir tur hayvonlar boshqa tur hayvonlami yeydi. Ikkala tur tashqi muhitning bir xil sharoitician foydalansa-yu, o‘sha shart-sharoit miqdori chegaralangan bo‘lsa, bunda bu sharoitda yashaydigan turlar o'zaro raqobat tarzida munosabatda bo'ladi. Masalan, o'simliklar yorug‘lik. tuproqdagi suv va meniral moddalar uchun raqobatda bo'ladi. Shox-shabbasi yaxshi rivojlangan o'simliklar yorug'lik nurini ko'proq oladi, suv va mineral moddalardan yaxshi foydalanadi hamda tez o'sadi va rivoj- lanadi, natijada, yorug'lik va boshqa mineral moddalardan kamroq foy- dalangan turlami o'zining shox-shabbasi ostida qoldirib, ularning o'sishi va rivojlanishiga to'sqinlik qiladi.
Bir xil o'lja bilan ovqatlanadigan yirtqich hayvonlaming liar xil turlari o'rtasida ham ana shunday raqobat qiladigan o'zaro munosabatlar mavjud. Mikroorganizmlardagi antibioz qarama-qarshi munosabatlaming o'ziga xos shaklidir, chunonchi, penitsill zamburug'i organik oziq moddalar uchun o'zi bilan raqobat qiladigan talaygina bakteriyalarning o'sishi va ko'payishini to'xtatib qo'yadi.

Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin