Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
Serial va Klimaks jamoalar. Mono va poliklimaks nazariyalar Shakllangan nisbatan dominant tizimli, o'z-o'zini oqlay oladigan va tashqi muhit bilan tenglikda bo'luvchi jamoani klimaks jamoa deyiladi.
Klimaks jamoalarda ko'pincha bitta dominant yoki bir ncchta kodominant turlar bo'ladi. Dominantlik ko'pincha subycktiv tushuncha bo'lib, odatda, ko'p biomassa va hosil benivchi turlarni dominantlar deyiladi. Klimaks jamoalarga O'zbekistonning gil tuproqli cho'l mintaqasi- dagi shuvoq barra o'tli yaylovlarni misol qilib olish mumkin. Bu jamoada shuvoq individlar soni liamda biomassa hosil qilishi bo'yicha boshqa (yan- toq, chitir, qo'ng'irbosh, qorabosh va hokazolar) o'simliklarga nisbatan us- tun turadi. Dcmak, u dominant tur hisoblanadi.
Sukscssiya nazariyasini birinchi bo'lib asoslab bcrgan kishi Klementsdir (1916). U Shimoliy Amerika hududidagi jamolarni o'rganib klimaks jamoalar tarkibining o‘zgarishiga asosiy sabab iqlim ekanligiga ishonch hosil qildi. Uning tasawuricha ma’lum bir iqlim sharoitida faqatgina bitta klimaks jamoa shakllanishi mumkin. Buni monoklimaks konsepsiya deyiladi.
Hozirgi kunda esa poliklimaks konscpsiyasi ko'proq ishlatilmoqda. Bu nazariyaga ko'ra klimaks jamoalari birgina iqlim omillari asosida emas, balki bir qancha fizik omillar (drenajlar, tuproq, topografiya, yong'inlar) ta’sirida ham shakllanishi mumkin.
Poliklimaks konsepsiyasining haqiqatga naqadar yaqin ekanligi Markaziy Osiyoning cho‘1 zonasida shakllangan klimaks jamoalaridan ko'rinib turibdi. Ma’lumki, bu mintaqaning iqlimi deyarli bir xil keskin kontinental hisoblanadi. Qishi sovuq, yozi esa issiq keladi. Yog'ingarchilik miqdori ham chegaralangan bo'lib, uning o'rtacha yillik miqdori 80— 120 mm ni tashkil etadi. Yog'inlar ham asosan kech kuzda va qishda hamda bahor oylarida yog'adi. lyundan oktabr oyigacha olti oy mobaynida yog'ingarchilik kuzatilmaydi. Biroq bu mintaqaning tuproq sharoiti turli xilda bo'lib, gil tuproqli, qum tuproqli, gips tuproqli va sho'r tuproqli hududlarga bo'linadi. Ana shunday tuproq sharoitlari cho‘1 mintaqada bir- biridan o'simlik va hayvon turlari jihatidan farq qiladigan klimaks jamoa- larning shakllanishiga olib kelgan. Chunouchi, gil tuproqli cho'llarda asosan chala buta va ko'p yillik o't osimliklar hamda efemer va efeme- roidlardan tashkil topgan yuqorida bayon etilgan shuvoq barra o'tli klimaks jamoalari shakllangan bo'lsa, qumli cho'llarda buta, chala buta ko'p yillik o't, efemer va efemeroidlardan tashkil topgan saksovul, shuvoq barra o'tli klimaks jamoalar hosil qilgan. Bu jamoalarda dominant oq saksovul bo'lib, subdominantlarga shuvoq yoki singrenlar kiradi. Xuddi shunday tur va biomassasi jihatidan bir-biridan farq qiluvchi klimaks jamoalari gipsli tuproqli va sho'r tuproqli hududlarda ham shakllangan.
Uzoq muddat davomida yashab turadigan jamoalarga chin klimaks jamoa deyiladi, chunki ularda vaqtli klimaks jamoalarga qaraganda o'zga- rishlar nisbatan sekinlik bilan bo'lib turadi.
Quruqlikdagi tipik klimaks jamoalarga misol qilib, barglari to'kiluvchi o'rmonlarni, dasht, cho‘1 va tog' zonasi o'simliklarmi misol qilib olish mumkin. Bu o'rmonlar turlarga juda boy bo'lishadi. Masalan, Oksford (Angliya) o'rmonlarida 4 mingga yaqin hayvon turlari uchraydi. Shunday ko'p hayvon turlarining uchrashishiga asosiy sabab ko'p miqdorda mik- roiqlim sharoitining mavjudligidir. O'rmon zonasining muhim xususiyat- laridan biri bu o'simliklaming yaruslar bo'ylab ko'p uchrashidir. Dastlabki mahsulotning ko'p qismi birinchi yarusdagi o'simliklar tamonidan yara- tiladi. Yerga yaqin joylashgan yarusda esa eng intensiv ravishda organik moddalarning parchalanishi bo'lib turadi. Hayvonlar esa hamma yarusdagi burchaklarda uchraydi.
Suksessiyalar natijasida jamoalar mahsuldorligining oshib borishi to'g'rLsidagi dastlabki tushunchasini 1942-yilda Lindeman aytgan edi. Ke- yingi kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, suksessiyaning oxirgi davrlarida jamoalar mahsuldorligi chindan ham orta boradi. Biroq klimaks jamoaga o'tgandan so‘ng uning umumiy mahsuldorligi pasaya boradi. Shunday qilib, keksaygan o'rmonlarda mahsuldorlik yosli o'rmonlaiga qaraganda anclia past bo‘ladi, shunga o‘xshash mahsuldorlikning pasayishini ba’zi bir suv ekosistemalarida ham kuzatish mumkin. O'rmonlardagi mahsuldorlikning kamayishini daraxt- larning eskirganligi, qariganligi bilan tushuntirish mumkin. Shakllangan kli- maks jamoalarda biomassaning to'planishi suksessiya davrlariga qaraganda ko'proq bo'ladi. Oiganizmlaraing faoliyati natijasida tashqi muhit vaqt o'tishi bilan o‘zgarib boradi. Bunga misol qilib qumliklarda suksessiyalarning hosil bo'lish jarayonini olish mumkin. Masalan, Shimoliy Amerikadagi Michigan ko‘U atrofidagi suksessiyalarning shakllanishi yaxshi o'rganilgan. Bu yerlarda qumlikning stabbillanishi natijasida oziq moddalarga talabi ko'p bo‘lmagan daraxt o'simliklarining (terak, qarag'ay) o'sishiga imkon tug'ilgan. Kcyinchalik ulaming faoliyati natijasida uzoq vaqt davomida organik mod- dani o'zida to‘plovchi tuproq qatlami hosil bo‘la boshlagan va azot to'plovchi bakteriyalar ko'payib ular tuproqni azot birikmalari bilan bo- yitganlar va natijada bu yerlarda dominant turga aylangan dub doimiy o'sa boshlagan. Bu yerda suksessiyaning shakllanishida tuproq omili asosiy rol egallagan. Biroq suksessiyaning to'la shakllanib tamom bo'lishi uchun yana ming yillar talab etiladiki, ana shu davrda tuproq to'la shakllanadi hamda shu sharoitga moslashgan o'simliklar kcyinchalik doimiy o'sa boshlaydi va klimaks jamoa hosil bo'ladi. Suksessiyaning keyingi davrlarda jamoaning shakllanishida biotik omillaming o'zaro ta’siri kuchayib, muhim ahamiyat kasb etadi. Oiganizmlaming turli-tumanligi ortadi va so'zsiz ulaming bir- biriga ta’siri murakkablashib boradi.
To'liq suksessiya ba’zan seriya deb ataladi. Seriyalar seriya jamoa qa- torlarini hosil qiladilar. O'xshash yashash sharoitlarida bir-biriariga yaqin (o'xshash) suksessiyalar bo'ladi. Ana shunga qarab suksessiyalami yashash sharoitlariga ko'ra klassifikatsiyalash mumkin. Chunonchi, suv sharoitida rivojlangan suksessiyalami gidroseriya, sho'rlangan joylanda rivojlangan suksessiyalami galoseriya deyiladi.