Ў збекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Biogen igratsiyada qatnashuvchi asosiy guruxlarni – produtsentlar, konsumentlar, redutsentlarni



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə52/109
tarix19.12.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#185065
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   109
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

3.Biogen igratsiyada qatnashuvchi asosiy guruxlarni – produtsentlar, konsumentlar, redutsentlarni.

Biosferaning eng asosiy funksiyalaridan biri kimyoviy elementlarning davriy aylanishini tahminlashdir. Biosferadagi biotik aylanish Erda hayot kechiradigan hamma tirik organizmlar ishtirokida kechadi. Kimyoviy elementlarning bir birikmadan ikkinchisiga, er qobig‘i tarkibidan tirik organizmlarga, keyin esa ularning anorganik birikmalarga va kimyoviy elementlarga parchalanib, yana er qobig‘i tarkibiga o‘tishi moddolar va energiyaning davriy aylanishi deyiladi. Bu aylanish tinmay davom etadigan jarayondir. Biotik aylanish natijasida kimyoviy elementlarning miqdori cheklangan bo‘lishiga qaramay, hayotning mavjudligi va uzoq yillar davomida rivojlanishi tahminlanadi. Haqiqitan ham Erdagi organizmlar uchun zarur bo‘lgan kimyoviy elementlar miqdori cheksiz emas. Agar bu elemenglar faqat istehmol qilinganda ertami-kechmi ular tugab, hayot to‘xtab qolishi mumkin edi. Akademik V. R. Vilg‘yamsning tahbiri bilan aytganda, kam miqdorning cheksizligini tahminlovchi birdan-bir usul uni yopiq halqa buylab aylanishga majbur etishdir. Hayot xuddi usha usulni tanlab olgandir. YAshil o‘simliklar quyosh energiyasidan foydalanib, anorganik moddalardan organik moddalarni barpo etadi. Boshqa tirik organizmlar istehmol qiluvchi geterotroflar, parchalovchilar esa bu moddalarni parchalaydi. Organik moddalar parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan mineral moddalardan esa yangi o‘simliklar yangi organik moddalarni sintezlaydi. Erdagi moddalarning davriy aylanishini tahminlovchi birdan-bir manba quyosh energiyasidir. Bir yil davomida erga tushadigan quyosh energiyasi 10,5X1020 kJ ni tashkil etadi. Bu energiyaning 42 foizi Erdan koinotga qaytadi, 58 foizi esa atmosferaga va tuproqqa yutiladi, buning 20 foizini er o‘zidan qaytarib turadi. Erga yutilgan, quyosh energiyasining 10 foizi suv va tuproqdan suvni buglantirish uchun sarflanadi. Har bir minutda 1 milliard tonnaga yaqin suv er yuzasidan bug‘lanib turadi. Suv havzalari bilan quruqlik o‘rtasida suvning tinmasdan aylanib turishi Erdagi hayotni tahminlovchi hamda o‘simlik va hayvonlarning jonsiz tabiat va munosabatini tahminlovchi asosiy omillardan biridir. Erga etib keladigan quyosh energiyasining 0,1—0,2 foizidan yashil o‘simliklar foto­sintez jarayonini amalga oshirishda foydalanadi. Bu energiya suvni bug‘lantirish va er yuzasini isitishga sarf bo‘ladigan energiyaga nisbatan juda kam bo‘lsa ham kimyoviy elementlarning aylanishini tahminlashda juda katta rol uynaydi.


Atomlarning biogen migratsiyasi. Moddalarning doimiy davriy ayla-nishi, yahni atomlar biogen migratsiyasi va energiya oqimi tirik orga-nizmlarning oziqlanishi, nafas olishi, ko‘payishi, organik moddalarni sintezlashi, to‘plashi va parchalanishi hisobiga amalga oshadi. Moddalar davriy almashinishida tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementlar uglerod, vodorod, azot, kislorod, fosfor va boshqalar qatnashadi. Kimyoviy elementlarning izotoplari juda ko‘p bulishiga, tirik organizmlar tarkibiga faqat mahlum izotoplargina o‘tishi mumkin. Masalan, vodorodning 1N, 2N, 3N izotoplaridan eng faoli 1N bo‘lib, faqat shu izotopgina organizmlarga xosdir. Organik moddalar tarkibiga 12S izotopi, anorganik kimyoviy birikmalar tarkibiga esa 13S izotopi kiradi. Kislorodning 16O, 17O, 18O izotoplarining ichida 16O izotopigina suv va karbonat angidrid gazi tarkibiga kirib, yuksak biologik faollikka egadir.
Kimyoviy elementlar doimiy ravishda bir organizmdan ikkinchisiga tuproqdan, atmosferadan, gidrosferadan tirik organizmlarga, ulardan esa yana atrof-muhitga o‘tib, biosferaning jonsiz moddalari tarkibini to‘ldiradi. Bu jarayonlar tinimsiz, cheksiz davom etib turadi. Masalan, atmosfera kislorodining hammasi 2000 yil davomida, karbonat angidrid gazi 200-300 yil, biosferadagi borliq suv esa 2 million yil davomida tirik modda orqali o‘tadi. Tirik organizmlar faqat tabiatda keng tarqalgan kimyoviy elementlarnigina to‘plamay, juda ham kam miqdorda uchraydigan elementlarni ham to‘play olish xususiyatiga ega. Ko‘p kimyoviy elemevtlarning konsentratsiyasi o‘simlik va hayvonlarda tashqi muhitdagiga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. O‘simliklarda uglerodning konsentratsiyasi er po‘stlog‘idagiga nisbatan 200 marta, azotniki esa 30 marta yuqoridir. Biogen migratsiya natijasida tirik organizmlar tahsirida ayrim kimyoviy elementlarning valentligi o‘zgaradi. Natijada yangi kimyoviy birikmalar hosil bo‘ladi. Bizga mahlum bo‘lgan kimyo­viy elementlarning 40 taga yaqini biogen migratsiyada faol ishtirok etadi.
Avtotrof organizmlar quyosh energiyasini yutib anorganik moddalardan organik moddalarning birlamchi o‘simlik moddalarini hosil qiladi. Geterotroflar esa o‘simliklar bilan oziqdanib o‘simlik mahsulotlarini ikkilamchi hayvon mahsulotlariga aylantiradi. Bakteriyalar va zamburug‘lar esa o‘simlik va hayvonlar organik mahsulotlarini mineral tuzlargacha, avtotrof o‘simliklar istehmol qila oladigan darajagacha parchalaydi. Biogen migratsiyasining ikki turi mavjud: birinchi turini mikroorganizmlar, ikkinchisini esa ko‘p hujayrali organizmlar amalga oshiradi. Birinchi turdagi migratsiya ikkinchi turdagisiga qaraganda ustunroq keladi. Hozirgi vaqtda atomlar biogen migratsiyasida insoniyatning roli ham tobora ortib bormoqda. Quyida bahzi biogen elementlarning davriy aylanishi bilan to‘likroq tanishib chiqamiz. Karbonat angidrid o‘simliklar tomonidan yutilib fotosintez jarayonida uglevodlarga, lipidlarga, oqsillarga va boshqa organik moddalarga aylanadi. Bu moddalar. boshqa hayvonlar tomonidan istehmol qilinadi. Hamma tirik organizmlar nafas olish jarayonida, atmosferada karbonat angidrid gazini ajratib chiqaradi. O‘lik o‘simlik va hayvonlar, ularning chiqindilari mikroorganizmlar tomonidan parchalanadi, minerallashadi. Minerallashishning oxirgi mahsuloti karbonat angidrid bo‘lib, u tuproqdan va suv havzalaridan atmosferaga ajratib chiqariladi. Uglerodning bir qismi esa tuproqda organik birikmalar sifatida saqlanib qoladi. Dengiz suvida uglerod ko‘mir kislota va uning suvda eriydigan tuzlari sifatida yoki SaSO3 bo‘r, ohaktoshlar, korallar shaklida to‘planadi. Uglerodning bir qismi dengiz tubida cho‘kindi, ohaktoshlar sifatida to‘planib, uzoq vaqt davomida biogen migratsiyada qatnashmaydi. Vaqt o‘tishi bilan tog‘ hosil bo‘lishi jarayonlari natijasida, cho‘kma jinslar yana yuqoriga ko‘tariladi, kimyoviy o‘zgarishlar natijasida yana davriy aylanishga qo‘shiladi. Uglerod atmosferaga avtomashinalardan, zavod va fabrikalardan ajraladigan tutunlardan ham o‘tadi. Biosferadagi uglerod aylanishi natijasida energiya resurslari — neftg‘, toshko‘mir, yoqilgi gazlari, torf, eg‘och hosil bo‘lib, ular insonning amaliy faoliyatida keng foydalaniladi. YUqorida keltirilgan hamma moddalar fotosintezlovchi o‘simliklarning mahsulotlari hisoblanadi. YOg‘och va torf o‘rnini to‘ldirsa bo‘ladigan, neftg‘, gaz va toshko‘mir esa o‘r-nini to‘ldirib bo‘lmaydigan tabiiy boyliklar hisoblanadi. Organik yoqilgilarning cheklanganligi va o‘rnini to‘ldirib bo‘lmasligi insoniyat oldida energiyaning yangi manbalaridan — er qahridagi issiqlik energiyasi, okean va dengiz to‘lqinlari, quyosh energiyasidan foydalanish kabi murakkab muammolarni qo‘yadi.

Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin