Ў збекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Ta’lim va tarbiya konsepsiyasi



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə78/109
tarix19.12.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#185065
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   109
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

3. Ta’lim va tarbiya konsepsiyasi.
Keyingi davrlarda - fan va texnika yutuqlariga asoslangan insoniyatning tabiatga ko‘rsatgan ta’siri nihoyatda kuchaygan bir paytda tabiatni, undagi ekologik muvozanatni asrash nihoyatda muhim muammolardan biri hisoblanadi. SHuning uchun ham kelajak avlodni ekologik jihatdan savodli va etuk kishilar qilib tarbiyalash, bu borada yoshlar ongida ekologik tushunchani shakllantirish hozirgi davrning dolzarb muammosidir.
Tabiat muvozanatini to‘g‘ri tushunmaslik natijasida inson o‘z yashab turgan muhit tabiiy holatning o‘ta buzilishiga sababchi bo‘lmoqda. Tabiatni muhofaza qilish, yoshlarni ekologik, estetik, ma’naviy va mehnat bilimlarini berish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Insonning tabiatdagi o‘rnini aniq belgilash shart, uning javobgarligini oshirish va hosil bo‘lgan yangi kuchlarini beosferani yaxshilashga yo‘naltirish kerak bo‘ladi. SHu narsani alohida qayd qilish kerakki, har bir odam o‘zi yashab turgan joyni kuzatabiladigan, uning tarixini, tarkibini, organik va mineral komponentlarini to‘liq o‘rgangan bo‘lishi shartdir. Bu mas’uliyatli vazifani bajarishda o‘quvchilarga va barcha yosh avlodga berilayotgan ekologik ta’lim tarbiyaning ahamiyati benihoya kattadir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2008 yil 19 sentyabrdagi “2008-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof – muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi to‘g‘risidagi 212-sonli qaror” e’lon qilingan edi. SHu qarorga binoan O‘zbekiston Respublikasining barcha Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari va boshqa tashkilotlar 2008-2010 yillarda ekologiya va barqaror rivojlanishni ta’minlash sohasidagi ma’rifiy tizimni yanada rivojlantirish va takomillashtirish dasturi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib amalga oshirmoqdalar.
Prezidentimiz I.Karimov o‘zlarining yozgan 16 ta asarlarida ayniqsa “YUksak ma’naviyat engilmas kuch” asarlarida respublikamizda va butun dunyoda sodir bo‘layotgan ekologik holatni sabablarini ochib berganlar. Respublikada yashayotgan har-bir inson va yosh avlod bizdagi ekologik muammolarni yaxshi bilishi kerak. Ekologik ma’naviyatni yuqori ko‘tarish lozim. YOshlarni ko‘proq tabiatni muhofaza qilishga va asrashga qaratmoq kerak. Qur’onda keltirilgan 6000 oyatdan 700 tasi tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan. Ekologik ta’lim masalasiga befarq qaramaslik kerak, uni hayotga tez tadbiq qilishimiz lozim. (Bog‘cha, maktab, litsey, kollej, institut). Biz ekologik muvozanatni buzganimiz uchun Orol dengizi atrofida qishloq xo‘jaligida yo‘l qo‘yilgan xatolar dengizning qurishi olib keldi, bu esa o‘z navbatida ana shu viloyatlardagi aholi yashash sharoitlarining yomonlashishiga va har xil kasalliklarning kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.
Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi shu sabablarning buzilishi har xil ekologik ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Xususan Amyodaryo quyi qismida hosil qilingan ekologik fojia, yana har xil o‘ta zaharli moddalarning dehqonchilikda ishlatilishi, daryo suvlaridan to‘g‘ri foydalanmaslik, mineral o‘g‘itlarning noto‘g‘ri va me’yoridan yuqori ishlatilishi, ko‘llarning qurishi mintaqada ekologik muvozanat buzilishiga olib keldi.
Prezidentimiz I.A.Karimov “Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosidagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog‘liqdir” deb ta’kidlaganlar (O‘zbekiston XXI bo‘sag‘asida xavfsizlikka tahlil, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari asarlarida).
Hozirgi kunga kelib atmosfera havosi chiqindilar bilan ifloslanishi jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Atmosfera havosining zararli gazlar, chang, qurum, tumanlar bilan ifloslanishi o‘z navbatida insonlarda allergiya, pnevmaniya, bronxial astma va rak kasalliklarini uyg‘otmoqda. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda Olmaliq, Farg‘ona, Navoiy va Qo‘qon shaharlari atmosfera havosining zararli moddalar bilan ifloslanishi bo‘yicha eng iflos havoli shaharlar guruhiga kiradi. CHirchiq shahrida qon kasali 4,7 barobar, endokrin bezlar tizimi kasalligi 1,9 barobar, qon bosimining oshishi 4,5 barobar ortganligi ma’lum.
Farg‘ona shahrida 1982-1988 yillar mobaynida nafas yo‘li kasalliklari juda oshganligi aniqlangan edi. Surxondaryo viloyatining Sariosiyo xududiga Tojikistonning Mirzo Tursunzoda shahrida joylashgan alyuminiy zavodi chiqindilarining asorati tufayli bu erda birqancha kasalliklar sodir bo‘lmoqda.
Ayniqsa bolalar o‘rtasida qon va qon yaratuvchi a’zolar, asab tizimi va sezish a’zolari, suyak-mushak tizimi kasalliklari ancha ko‘paygan.
Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, alyuminiy zavod ishlab tursa atrof-muhit, tuproq va suv ftorli vodorodli, ikki oksidli oltingugurt, ikki oksidli azot, benzopiren bilan ancha bug‘lanishga sabab bo‘ladi. Bu holat esa aholi o‘rtasida umumiy kasallanishni ko‘payishiga olib kelayapti.
Respublikamizda sanoatning va kon-metallurgiya kombinatlaridan chiqadigan birikmalar, neft mahsulot chiqindilari mis, xrom, oltingugurt va boshqa zaharli moddalar oqova va daryo suvlariga tashlab yuborilmoqda.
Ayniqsa, jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan qurilish materiallari ishlab chiqarish (sement zavodlari) atmosfera havosini ifloslanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Respublikamizda havoni eng zaharlovchi man’ba avtomobil transport hisoblanadi. Ular tarkibida barcha tirik jonzodni zaharlovchi qo‘rg‘oshin birikmalari bor. Toshkent atmosferasiga avtomobil gaz chiqindilari bilan har xil ifloslantiruvchi moddalar tushadi. Keyingi yillarda O‘rta Osiyo sharoitida qishloq xo‘jalik ancha jadallashdi. Ekin maydonlar kengaydi. Tuproqqa solinadigan o‘g‘itlar miqdori oshib bormoqda. Mineral o‘g‘itlar, zaharli ximikatlarning keng qo‘llanilishi tuproqda va keyinchalik o‘simliklar va hayvonlardan olinadigan mahsulotlarda kadmiy, qo‘rg‘oshin, simob, ftor va tabiiy radionukleidlar miqdorining oshishiga olib kelmoqda. Sug‘oriladigan er maydonlarining kengayishi natijasida O‘rta Osiyo respublikalarida ekologik sharoitning juda murakkablashuviga olib keldi. Millionlab gektar erlar sho‘rlandi va suv tagida qoldi, oqova suvlarning ko‘payishi sho‘r ko‘llarni yuzaga keltirdi. Amudaryo va Sirdaryodan rejasiz tarzda ko‘plab suvni olish ekologik holatni buzilishiga, ya’ni Orol dengizining qurishiga olib keldi. Qishloq joylarda suvning tarkibi buzildi. Orol bo‘yida Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Toshkent viloyatlarida suv ta’minotida og‘ir vaziyat yuzaga keldi.
O‘zbekistonda 4,5 mln. ga sug‘oriladigan er mavjud, shundan hozirgi kunda 65% er maydoni ma’lum darajada sho‘rlangan, meliorativ holati yomonlashgan. Bu erlarni ekologik va melorativ holatini yaxshilash maqsadida xukumatimiz 130 milliard so‘m mablag‘ ajratdi.
Ko‘p zaharli ximikatlar ishlatilish tufayli tibbiy-sanitariya holat murakkablashdi, ichimlik suvning sifati yomonlashdi.
Faqat O‘zbekiston Respublikasi xududida keyingi 10 yil mobaynida har yili chet elda foydalanish man qilingan, tarkibida xlor mavjud pestitsidlar 6 ming tonnadan ortiq ishlatildi. Respublikaning ochiq suv havzalarida bakterial va kimyoviy ifloslanish ko‘paymoqda. Ayniqsa kimyoviy moddalar bilan ifloslanish Surxondaryo viloyatida 45,5%, Buxoroda 30,7%, Xorazmda 22,5% undan tashqari Toshkent shahrida 36,4% va Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 47,2% ni tashkil qiladi. Hozirgi kunda 217 shahar va shahar tipidagi punktlarda 69 kanalizatsiya tizimi mavjud. Respublika bo‘yicha 14% aholi kanalizatsiya xizmatidan foydalanadi.
O‘rta Osiyo mintaqasi ekologiya tizimida vujudga kelayotgan ijtimoiy ekologik vaziyat aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Keyingi 15 yilda faqat O‘zbekistonning o‘zida katta yoshdagi aholi va bolalar orasida kasallik muntazam o‘sib borgan.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy-ekologik vaziyat yaxshi bo‘lmagan xududlar: Orolbo‘yi, Toshkent viloyati, Angren, Buxoro, Qo‘qon, Navoiy, Samarqand kabi sanoati rivojlangan shaharlarda kasalliklarga chalinish darajasi eng yuqori ekan, chunki bu shaharlarning atmosfera havosida ftoridlar, qo‘rg‘oshin, benz (a) parin, oltingugurt qo‘sh oksidi, uglerod va azot oksidlari, xlor va ftorli vodorodlar va chang miqdori ruxsat etilgan chegaraviy miqdordan yuqoriligicha qolmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston yirik sanoat va agrar mintaqaga aylangan bo‘lib, kelajakda mashinasozlik, energetika kimyo, gaz, qurilish va oziq-ovqat sanoati transport majmuini yanada rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda.
Xolbuki, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlantirilishi respublika ijtimoiy ekologik tizimini holatiga muayyan darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning oldini olish uchun:

  1. Yirik xududiy sanoat komplekslari joylashgan rayonlarda tabiatni muhofaza qilish muamolarini hal qilish;

  2. Orol va orol bo‘yi muammolari, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish;

  3. Agrosanoat kompleksida ekologik muamolarni hal qilish;

  4. Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari, pestitsidlar va mineral o‘g‘itlar bilan ifloslanishga yo‘l qo‘ymaslik;

  5. O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash, milliy bog‘larni kengaytirish va boshqalar.

YUqorida qayd qilib o‘tilgan masalalarni hal qilishda va vatanimizda ekologik muvozanatni asrash uchun ekologik ta’lim tarbiya va tabiatni muhofaza qilish masalalarining ilmiy asoslarini chuqur va har tomonlama o‘rganishga, inson faoliyati natijasida biosferada ro‘y berayotgan hodisalarning sabab va qonuniyatlarini tahlil qilish asosiy masalalardan hisoblanadi. Tabiatni muhofaza qilish, yoshlarni ekologik, estetik, ma’naviy va ularni mehnatga o‘rgatish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Ekologik ta’lim tarbiya litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlarining talabalarini o‘z ichiga oladi. Unda tabiat go‘zalliklarini sevish, ulardan estetik zavq olish ruhida tarbiyalashni taqozo qiladi. YOsh avlodga ekologik ta’lim va tarbiya berish murakkab, uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. YOshlar tabiat haqidagi dastlabki tasavvurlarni odatda o‘z uylarida oladilar. YOshlari ulg‘aygan sari ularning tabiatga bo‘lgan munosabatlari ijobiy tomonga o‘zgarib boradi. SHuning uchun ham ota-onalar o‘z farzandlarini ekologik masalalar haqidagi tushunchani ularning ongiga singdirib, tabiatni sevish tuyg‘usini shakllantirib borishlari shart. YOshlarda ekologik madaniyatni shakllashtirish uchun barcha oliy o‘quv yurtlarida ekologiya fanini fuqurroq va mukammal o‘qitish lozim. Ana shundagina yuqorida aytib o‘tilgan muammolarni bajarish oson bo‘ladi. Hozirgi kunda ekologiya dasrlari ko‘pchilik oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilmaydi.
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik tarbiya masalasi pedagogika va psixologiya masalalarining eng muhim tarbiyaviy qismidir. Insonlarda tabiat qonunlariga to‘la rioya etish to‘g‘risida va bu sohada Vatan, xalq, davlat va kelajak avlod oldidagi burch tuyg‘usi va mas’uliyat hissi yaratilmasa, ularda to‘la ekologik ong va tafakkur hosil bo‘lmaydi. Ekologik ong va tafakkurga ega bo‘lgan inson o‘z mehnat faoliyatida tabiatga ta’sir etish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini oldindan ko‘rib, ongli ravishda ish ko‘radi. Ekologik tarbiya – ahloqiy tarbiyaning ajralmas qismidir. Qishilarda ekologik ong va tafakkurni, ekologik dunyoqarashni hosil qilish tabiatni to‘g‘ri tushunishga yordam beradi va kelajakda sog‘lom hayotiy muhitni yaratishda kafolat beradi. Kelajak avlod uchun go‘zal tabiatimiz go‘zalligicha qolaveradi.

IV. ЛАБОРАТОРИЯ МАШҒУЛОТЛАР УЧУН МАТЕРИАЛЛАРИ




Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin