Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimining barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’I lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’imlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga ta’lim oluvchining faoliyatini aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogic yondashuv. Bu yondashuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi.uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlidagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurlugini bildiradi.
Muammoli ta’lim.Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.
Axborotni taqdim qilishni zamonaviy vositalarini va usullarini qo’llash- yangi kompuyter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.
O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradox va loyihalash usullari, amaliy ishlar.
O’qitishni tashkil etish shakllari:diolog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frontal kollektiv va guruh.
O’qitish vositalari:o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik ma’ruza matni) bilan bir qatorda-kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.