Suyuq metallni qolipga kirituvchi tizim modellari. Suyuq metallni
qoliplarga ravon kiritishda, uni shlakdan, gazlardan bir muncha tozalab o’zatuvchi
kanallar modellari majmuasiga modellar tizimi deyiladi.
Rasm,
b da normal quyish tizimi modellari keltirilgan. Rasmdan ko’rinadiki, u
metallni quyish kosachasi 1, stoyak deb ataluvchi konus voronka
2, shlak tutkich
3,
ta’minlagichlar va vipor deb ataluvchi konus voronkalardan iborat.
Bu modellar ham
olinuvchi quymalar shakliga, o’lchamiga ko’ra modelь
materiallaridan chizmalar asosida tayyorlanadi.
Sterjenь yashiklari:
a – yaxlit sterjenь yashigi; b – ikki bo’lak sterjenь yashigi; v–echilgan sterjenь
yashigi
Modelь tagligi. Qoliplarni gilli qum materiallaridan tayyorlashda
foydalaniladigan modelь tagligi yog’ochdan tayyorlansa, bu taglikka modelь taglik
taxtasi deyiladi (agar modelь taglik metallaridan tayyorlangan bo’lsa, unga modelь
plitasi deyiladi). Modelь plitalarda ma’lum tartibda ochilgan teshiklar bo’lib,
zaruriyatga ko’ra ularga o’rnatiladigan modellar
boshqa modellar bilan
almashtiriladi (141–rasm).
Normal quyish tizimi:
1– quyish kosachasi; 2– stoyak; 3– shlak tutkich; 4– ta’minlagichlar; 5– vipor
kosachasi; 6– vipor stoyaklari
Sterjenlar o’rindig’i. Sterjenlar sterjenь yashiklarida tayyorlangan,
ularni
puxtalash maqsadida tashqi shakli va o’lchamiga mos sterjenь o’rindig’iga
o’tkazilib, quritish uchun pechga o’zatilib, ma’lum temperatura oralig’ida zarur
vaqt davomida qizdiriladi. Bunda uning o’rindiqdagi kichik teshiklaridan havo
o’tib, ular bir tekis qizib puxtalanadi.
Modelь plitalar:
a –bir yoqlama
ishlaydigan modelь plita; b– ikki yokdama ishlaydigan modelь
plita
Opoka. Qolip materiallarida model tashqi konturining olinishi bilan quyma
qolipni tayyorlashga xizmat qiluvchi ochiq rama (quti)ga opoka deyiladi. Opokalar
po’lat, cho’yan va alyuminiy qotishmalaridan tayyorlanadi. Ular konstruktsiyasiga
ko’ra yaxlit, bo’laklarga
ajraluvchi, qobirg’asiz va kobirg’ali bo’lib, o’lchamlari
standart bo’yicha turlicha bo’ladi (142–rasm). Odatda, yirik bo’lmagan quymalar
qolipini tayyorlashda ajralmaydigan qovurg’asiz opokalardan,
yirik quymalar
qolipini tayyorlashda ajraladigan qobirgali opokalardan foydalaniladi.
Quymalar
qoliplarini
tayyorlashda opokalar bo’shliqlaridan to’g’ri
foydalanish tufayli qolip materiallari tejaladi. Qoliplar tayyorlashda qolip
materiallarining ko’plab sarflanishini hisobga olishning ahamiyati katta.
Opokalar:
a – kovurg’asiz opoka; b – kovurg’ali opoka: 1 – ustki opoka; 2 – pastki opokalar;
3 – opokalar bo’shligi; 4− opokalar quloqlari; 5 – markalovchi shtirlar
Dostları ilə paylaş: