2. Modelni qolipdan, sterjenni sterjenь yashigidan ajratib olishda, qoliplar va
sterjenь sirt yuzalarini tuzatishda, tekislashda, ta’mirlashda foydalanadigan andava,
tekislagich, qoshiq, ilgak va boshqalar (rasm).
Qoliplash asboblari:
a – belko’rak; b– g’alvir; v – shibbalar; g – pnevmatik shibba; d– ilgak qoshiq va
andavalar; ye –tekislagich, uchli yumaloq sim va cho’tka
BIR MARTA QUYMALAR OLISHGA YaROQLI QOLIP
MATERIALLARIGA QO’YILUVCHI TALABLAR, TARKIBI VA ULARNI
TAYYORLASH
Qolip materiallari va ularga qo’yiluvchi talablar
Texnika−iqtisodiy talablarga javob beradigan qoliplar
tayyorlashda ularning
materiallari xossalarining ahamiyati g’oyat muhim. SHu boisdan ular quyidagi
asosiy mexanik, texnologik, fizik xossalarga ega bo’lishi lozim.
Mexanik
xossalari ga puxtaligi, plastikligi va qayishqoqligi,
texnologik
xossalariga
oquvchanligi,
termomexanik
bardoshligi,
namiqmasligi,
ajraluvchanligi, gaz o’tkazuvchanligi, chidamliligi kirsa,
fizik xossalariga esa
issiqlik o’tkazuvchanligi, solishtirma issiqlik sig’imlari kiradi.
Puxtaligi. Puxtaligi deb, qoliplarni tayyorlashda,
ularni bir joydan boshqa
yerga o’tkazishda, unga metall kiritishda o’z shakli va o’lchamini saqlash
xossasiga aytiladi. Nam qoliplar uchun
ularning siqilishga puxtaligi a
s
= 30−70
kPa bo’lsa, quritilgan qoliplar uchun cho’zilishga puxtaligi
в
= 80−200 kPa
oralig’ida bo’ladi.
Plastikligi. Plastikligi deb, qolip materialiga modelni tashqi kuch ta’sirida
bosilishda uning tashqi konturiga oson o’tib, undan
modelь olingandan keyin esa
olgan shaklini saqlash xossasiga aytiladi.
Qayishqoqlik. Kayishqoqligi deb, qolip materyalini qolip bo’shlig’iga
kirayotgan metall ta’sirida ma’lum darajada siqilib, metallning
sovib kirishishida
esa dastlabki joyiga qaytish xossasiga aytiladi.
Agar metallarda qayishqoqlik xossasi kichik bo’lsa, quymada zo’riqish
kuchlanishlar hosil bo’lib, tob tashlashiga va ba’zan darz ketishiga sabab bo’ladi.
Oquvchanligi. Oquvchanligi deb, qolip tayyorlashda materialni modelь tashqi
konturiga mos bo’shliqqa bir tekisda osonroq o’tish xossasiga aytiladi.
Dostları ilə paylaş: