METALLARNI QOLIPGA KIRITUVCHI TIZIM TURLARI, ULARNING
SHAKLI VA O’LCHAMLARINI AHIQLASH
Metallarni qolipga kiritish tizimi
Suyuq metallni shlak
va gazlardan deyarli tozalab, uni qolipga ravon
kirituvchi kanalchalar majmuiga quyish tizimi deyiladi. Rasmda ko’p uchraydigan
quyish tizimi turlari keltirilgan.
Ma’lumki, odatda kovshdan qolipga kiritilgan metall kosacha 1
dan stoyak
deb ataluvchi vertikal konusli voronka 2 bo’ylab shlak tutgich deb ataluvchi
gorizontal kanal 3 orqali ta’minlash kanalchalari 4
ga va ular orqali qolipga o’tadi.
SHuni qayd etish kerakki, suyuq metall quyish tizimi va qolipning devorlarini
yuvmasdan, shikastlamasdan tekis to’ldirishi lozim. Aytaylik, kulrang cho’yandan
murakkab shaklli, buyli, masalan, stanok staninasi kabi
quymalar olishda qolipga
suyuq metallni bir necha joydan kiritiladigan yarusli (kavatli) quyish tizimidan
foydalanish ma’qul (154–rasm,
v).
Olinuvchi quyma sifati quyish tizimining qanchalik ma’qul tanlanganligiga va
ular kanallarining shakli va ko’ndalang kesim yuzi o’lchamlarining tufi
belgilanganligiga bog’liq.
Ko’p uchraydigan quyish tizimi turlari
Metallarni qolipga kiritish tizimi shakli va o’lchamlarini aniqlash
Odatda, olinuvchi quyma uchun quyish tizimining
kanalchalar shakli
trapetsiya yoki tsilindrik bo’lib, ularning kesim yuzalarini aniqlashda avvalo
ta’minlagich kanalchalarining kesim yuzi aniqlanadi.
SHuni kam qayd etish kerakki, ayniqsa, yirik quymalar olishda qolipdagi havo
hamda ajraluvchi gazlarni tashqariga chiqarish va Qolipni metall bilan tulganligini
ko’zatishda vipor deb ataluvchi konusli voronka soni va o’lchamlarining (sifatli
quymalar olishda) ahamiyati katta. Odatda, oddiy shaklli mayda va o’rtacha
kattalikdagi quymalar olishda u, bitta, murakkab shaklli yirik quymalar olishda bir
necha bo’ladi va ularni k olipning eng yuqori qismiga o’rnatiladi. Uning diametri
devori quyma devorlar qalinligining 0,5–0,7 qismiga teng bo’ladi, ko’pincha
sifatli, aniq o’lchamli yirik po’lat quymalar olishda qolip ustiga qo’shimcha
(ustama qolip deb ataluvchi) qolip o’rnatiladi
va u orqali asosiy qolipga
kiritilayotgan metallning hajmiy kirishuvida ustama qolipdagi suyuq metall asosiy
qolipni butunlay to’ldirib turadi. Natijada asosiy qolipda xrsil bo’ladigan kirishuv
bushliga ustama qolipga o’tadi. Ustama qolip asosiy qolip ustida bo’lgani uchun
unga gazlar va metallmas qo’shimchalar kam o’tadi. Uning shakli va o’lchami
shunday belgilanishi kerakki, undagi
Quyma olish sxemasi:
1 – quyma; 2– quyish kosachasi; 3 – stoyak; 4 – shlak tutgich; 5– ta’minlagichlar
metall asosiy qolipdagi metalldan keyin kotsin. Metall
asosiy va ustama qolipda
kotgach, ortma metall ajratilib, qayta eritishga yuboriladi.
Keyingi vaqtlarda
yuqorida qurilgan odatdagi ustama qoliplardan tashqari ustama qolipga metall
qo’yilguncha
aralashma moddalar, masalan, burli birikmalar ma’lum miqdorda
kiritilmoqda. CHunki ulardan suyuq metall ta’sirida
gazlar ajralib, ular metallga
bosim berishi natijasida suyuq metallning ortiqmasi ustama qolipga o’tadi.