02. Mavzu. Biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning xorijiy mamlakatlar tajribasi Reja


Yevropa davlatlarida kichik biznesning rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 24,43 Kb.
səhifə2/6
tarix19.12.2023
ölçüsü24,43 Kb.
#185388
1   2   3   4   5   6
02. Mavzu. Biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning xorijiy m-fayllar.org

2. Yevropa davlatlarida kichik biznesning rivojlanish xususiyatlari.
Ko‘pgina xorijiy davlatlarda kichik biznes davlat siyosatiga molik kompleks tuzilma bo‘lib, bunda tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish qonuniy asosiga qo‘yilgan, tadbirkorlar imtiyozli sur’atda kredit resurslari imkoniyatlaridan foydalanadilar. Imtiyozli soliq to‘lash imkoniyatlariga ega ishlab chiqarish, moliya, maorif, bozor infratuzilmasidagi jami afzalliklar va yangiliklardan, o‘zlariga manfaatli bo‘lgan iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashuvchi omillardan foydalanadilar.

Yevropa mamlakatlari orasida ishlab chiqarish yuksak taraqqiy etgan mamlakatlardan biri Italiya bo‘lib, mamlakatida bu boradagi muvaffaqiyatning asosiy tayanchi kichik tadbirkorlik hisoblanadi.


Italiya kichik korxonalari bir tarmoq yoki bir turdagi mahsulot ishlab chiqarish atrofida jipslashuvi yoki ixtisoslashuvi bilan mashhurdir. Kichik korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish hajmi va o‘sish sur’atlariga ko‘ra, Italiyani faqatgina Gretsiya va Ispaniya bilan tenglashtirish mumkin. Italiyaning xalqaro savdo bozorlarida muvaf-faqiyatli faoliyat olib borayotgan kichik korxonalari yuqori sifatli tovarlarni eksport qilishi bilan e’tibor qozongan. Italiya kichik korxonalari, odatda, yuqori sifati va dizayni bilan ajralib turadigan tovarlarni ishlab chiqaradi. Ta’kidlab o‘tish joizki, Italiya kichik korxonalari oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa iste’mol tovarlarining eksportida salmoqli o‘rinni egallaydi. Shuningdek ular yarimtayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar, stanoklar, to‘qimachilik va teriga ishlov berish, qishloq xo‘jaligi, qadoqlash, yog‘ochni qayta ishlash, keramika va metallga ishlov berish uskunalari hamda “mini” texnologiyalar eksport qilish bo‘yicha ham yetakchilardan hisoblanadi.
Shu o‘rinda, Italiya kichik korxonalari bu darajada raqrbatbardoshlikka qanday qilib erishgan, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bu savolga javobni alohida olingan kichik korxonadan emas, balki ma’lum bir tur­dagi mahsulotni ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashgan mehat taqsimotiga ega hamda yagona maqsad yulida uyushgan korxonalar tizimi "klasterlar" yoki "sanoat tumanlari" negizidan topish mumkin. Tadbirkorlar, mutaxassislar va olimlar tomonidan klasterlarga qiziqish kattaligining asosiy sababi ham shunda. Italiyada kichik korxonalar sanoatning bir tarmog‘i yoki bir turdagi mahsulot ishlab chiqarish jarayoniga ixtisoslashuv xususiyatiga ega. Shu bilan birga ushbu tarmoqda tutash sohalarda faoliyat yurituvchi korxonalar ham ixtisos-lashuvning kuchayishidan manfaatdor. Bunday ixtisoslashuvni "kichik korxonalarning klasterlari" deb atashadi. (1-chizma)

Subpudratchi



Kichik korxona (pudrat chi)



Kichik korxona (pudratchi)




Subpudratchi





Kichik korxona (pudratchi)



Kichik korxona (pudratchi)




Yakuniy maxsulot ishlab chiqaruvchi korxona(buyurtmachi)




Kichik korxona (pudratchi)



Kichik korxona (pudratchi)






Kichik korxona (pudrat- chi)




Kichik korxona (pudrat- chi)




Subpudratchi



Subpudratchi






Subpudratchi



Subpudratchi






Yüklə 24,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin