02. Mavzu. Biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning xorijiy mamlakatlar tajribasi Reja


-chizma. Italiya klasterlariga kiradigan korxonalarning o‘zaro aloqalari



Yüklə 24,43 Kb.
səhifə3/6
tarix19.12.2023
ölçüsü24,43 Kb.
#185388
1   2   3   4   5   6
02. Mavzu. Biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning xorijiy m-fayllar.org

3.1-chizma. Italiya klasterlariga kiradigan korxonalarning o‘zaro aloqalari1
Ta’kidlab o‘tish joizki, bunday ixtisoslashuvda korxonalar bir-birlariga uzviy bog‘langan bo‘ladi, lekin bu ularning o‘zaro qaramligini bildirmaydi. Aksincha, ishlab chiqarish yunalishlari va sheriklarni tanlashda to‘liq mustaqillik ta’minlanadi. Har bir korxona bir- birisiz fao­liyat ko‘rsata olmaydigan ishlab chiqarish jarayonining bir bosqichi bilan shug‘ullanadi.

Klasterlar uyushmalari o‘z tarkiblariga mikro, kichik va o‘rta korxonalarni biriktirishi yoki o‘z atrofiga subpudratchilarni uyushtirgan yirik korxonalardan ham tashkil topishi mumkin. Ayrim klasterlar faqat birgina ishlab chiqarish jarayoniga ixtisoslashadi, boshqalari esa bir-biriga tutash faoliyat turlari yoki pirovard natijada bitta yirik tarmoqqa xizmat ko‘rsatadigan turli ishlab chiqarish va xizmat soxalarini o‘z ichiga oladi. Klasterlarga jamlangan kichik korxonalarning raqobat kurashidagi afzalliklari uchta jihati bilan muhimdir:2 ixtisoslashuv; kooperatsiya; egiluvchanlik. Ixtisoslashuv maxsulot sifatini nazorat qilish bilan bog‘liq muammolarni ham samarali yechishga imkon yaratadi. Agar firma bir xil fa­oliyat turi bilan shug‘ullansa, u o‘sha yunalishda sidqidildan ish yuritishiga va doimiy izlanishda bo‘lishiga to‘g‘ri keladi.


Italiya tajribasi yuksak taraqqiy etgan iqtisodiyotni barpo etish uchun ishlab chiqarishni yirik korxonalar asosida qurishga hojat yuqligini yaqqol namoyon qilmoqda. Mazkur va boshqa ko‘pgina mamlakatlar tajribalaridan shuni ko‘rish mumkinki, birinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarda muhim iqtisodiy omillardan biri, bu kichik biznes rivoji bo‘lib, bu boradagi har qanday umummanfaatini ko‘zlagan samarali faoliyatlar davlat ahamiyatiga ega bo‘ladi va qo‘llab kuvvatlanadi. Zero, kichik biznes faoliyati o‘sib-o‘sib, katta, yanada samarali biznesga aylanishi, mamlakat ichki bozorini tovar hamda xizmat turlari bilan to‘ldirishi, shu tariqa eksport salohiyati rivojiga xissa qo‘shilishi, aholini ish bilan bandligi muammosi yechilishiga ko‘maklashuvi, aholining real daromadi o‘sishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Yüklə 24,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin