Nazorat savollari
1.Egovlashda ish holatini o`zlashtirish deganda nima tushuniladi?
2.Egovlashdagi ish harakatlari va egovni muvozanatga keltirishni tushuntiring.
3.Egovlash jarayonini tezlashtirish uchun qo`llaniladigan chora-tadbirlar.
4.Jismlarni egovlash jarayonida uchraydigan kamchiliklar nimalar?
5.Metallga egovlash yo`li bilan ishlov berishda xavfsizlik qoidalari
Adabiyotlar
1. “Chilangarlik” N.Makiyenko,A.Umronxo`jayev.Kasb-hunar kollejlari uchun
darslik.Toshkent – “Mehnat” nashriyoti 2003-yil.
2. Sh.A.Karimov. Chilangarlik asbob-uskunalari «Voris-nashriyot»,Toshkent
3.
www.ziyonet.uz
;
www.google.ru
;
www.yandex.ru
; internet saytlari.
4.
Asboblar va avtomatlashtirish sistemalarini montaj qilish . M.L.Kaminskiy.
V.M.Kaminskiy. «O`zbekiston»,T.,2011.
5. Slesarlikdan amaliy ishlar, Toshkent, “O`qituvchi”, 1984.
6. “Sanoat korxonalari elektr jihozlari montaji”. O.O.Hoshimov
7.
“Elektr tarmoqlari va jihozlarini yig`ish va sozlash”. T.Sh.G`oyibov
51
Ma`ruza № 10
Mavzu: Metallarni parmalash
Reja:
10.1.Stanokni ishga tushirish va to`xtatish
10.2.Parmani (yoki parmali patronni) stanok shpindelining teshigiga o`rnatish
10.3. Parmani (yoki parma bilan patronni) stanok shpindelidan chikarish
10.4. Yirik va og`ir zagotovkalarni stanok stoliga o`rnatish va mahkamlash
Tayanch iboralar: Parmalash, parma, shpindel, zagatovka, parma patroni,
stanok, parmalashga tayyorlash, parmalashni tashkillashtirish.
10.1. Stanokni ishga tushirish va to`xtatish
Stanok ulabuzgichini soat mili yo`nalishiga burib ishga tushiriladi, teskari
yo`nalishga burib to`xtatiladi. Tugmachali yurgizgich bo`lgan holda, qora yoki
oq rangdagi ishga tushirish, qizil rangdagi tuxtatish tugmachasi bosiladi.
Stol har doim quyidagi tartibda ko`taribtushiriladi: pona qisqichlari
bo`shashtiriladi; tegishli dasta aylantirilib, stol ko`tariladi va tushiriladi; stanok
stoli, uning yo`naltirgichlari va murvati latta bilan yaxshilab artiladi. Stanok
stoli zagotovkani qisish qurilmalari (mashinaning burama o`qli giralari,
mahkamlagichlar, tirgaklar, tayanch ostqo`ymalar) yordamida mahkamlanadi.
Ishlov berish turiga karab keskichlar: yuzalarni randalash uchun — o`tuvchi
keskichlar; pogonalar va yon chekkalarni qirqish uchun — qirqib tushirish
keskichlari tanlanadi; zagotovka qismlarga bo`lib qirqiladi. Ariqchalar ochish,
o`yiqlar va chuqurchalar qirqib tushirish va qirqib olish keskichlari: xomaki
randalash uchun — o`tuvchi bukik keskich, tozalab randalash uchun —qirrasi
bir oz yumalokdangan qirquvchi keskich tanlanadi.
Orqa uchi silindrsimon parmani ikky mushtchali patron yordamida
o`rnatishda:
a) parma diamstrining patron o`lchamiga mosligi tekshiriladi;
b) parmaning orqa uchi artiladi; o`ngqo`l bilan yon chekkaga kalitsolinadi;
pafon mushtchalari parma bemalol kiradigan darajada ochiladi;
v) chap qo`l bilan parmani patronga shunday kiritish kerakki, u orqauchi bilan
patron tubiga tiralib tursin,shundan keyin parma puxta mahkamlanadi;
g) patron stanok shpindelining konussimon teshigiga o`rnatiladi;
d) stanok yurgizib yuboriladi; parmada tepish bo`lmasa, turli ko`rinishdagi
shakllar (masalan, konus,katta diametrli silindr) hosil qiladi. Parmani
to`g`rilash (tepishini yo`qotish) uchun uni yoki patron bilan o`tuvchi vtulkani
boshka holatga qo`yish zarur.
52
Parma diametrining patron o`lchamiga mosligi tekshiriladi. Maxsus
kalit bilan patron mushtchalari shunday keriladiki, parmaning orqa uchi
patronga bemalol kirib turadi.
Dostları ilə paylaş: |