05-Chilangarlik ma`ruzalar matni


 Yumshoq kavshar bilan kavsharlash



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/79
tarix20.04.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#100889
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79
egish kesish

19.2. Yumshoq kavshar bilan kavsharlash 
1) Kavsharlanadigan yuza qilli cho`tka bilan tozalanib, unga xlorli rux 
eritmasi surkaladi.Qizdirilgan va oqartirilgan kavsharlagich uchiga bir tomchi 
kavshar ilashtirib olinadi. Kavsharlagich uchi kavsharlanadigan joyga 
yaqinlashtiriladi va chok qizib, unda kavshar erib tarqalgani sayin chokka to`la 
oqib tushganicha kavsharlagich chok bo`ylab yurgiziladi. Kavsharlagichni qayta 
qizdirib kavsharlash shu tartibda davom ettiriladi. Kavsharlagichning uchi 
kavsharbilanbirtekis qoplanguniga qadar u novshadil bo`lagi ustida yurgiziladi. 
Kavsharlash joyi xlorid kislota bilan xurushlanadi, ya`ni unga kimyoviy ishlov 
beriladi. Kavsharlanadigan yuzalarni qizdirish uchun kavsharlagich bir joyga 
tek-kizilib, biroz ushlab turiladi, so`igra kavsharlanadigan joy bo`ylab sekin va 
bir tekis yurgiziladi. Suyuqlangan kavshar kavsharlagichdan oqib tushib, 
tirqishni to`ldiradi (tirqish kengligi 0,05—0,15 mm). Kavsharlangan chok 
sovigandan keyin tozalab yuvilib, quruq latta bilan artiladi va ortiqcha kavshar 
egov yoki shaber yordamida olib tashlanadi. 
 


96 
 
19.3.Yumshoq va qattiq kavsharlar bilan kavsharlashda 
xavfsizlik qoidalari 
Kavshar tayyorlashda rezina qulqoplar va himoya kuzoynaklaridan 
foydalanish kerak. 
Kavsharlash lampasi qo`llanilganda quyidagilar man qilinadi: idishidan 
yoki birikmalaridan yonilg`i silqiydigan lampalardan (foydalanish; lampaga 
olov yaqinida va gorelka sovib ulgurmaganida snilg`i tuldirish; kerosinda 
ishlaydigan lampani benzin bilan to`ldirish (bu portlashga va yong`in chiqishiga 
sabab bo`lishi mumkin); yonib turgan lampaga kerosin quyish; kosacha chetiga 
qadar to`ldirib denaturat quyish; idishga haddan tashqari ko`p havo haydash, 
lampani quradan va boshqa olov manbalaridan o`t oldirish; lampani ochiqolov 
yoki qizib cho`g` bo`lgan buyumlar yonida ushlab turish; forsunkan i tozalash 
uchun lampadagi bosimni oshirish (bunda portlash yuz berishi mumkin). 
Yong`inning oldini olish maqsadida yaqiniga metall yoki g`isht ekran 
qo`yiladi. 
Lampa bilan oson alangalanuvchan materiallar orasidagi masofa kamida 5 
m bo`lishi kerak. 
Yong`in chiqqan hollarda foydalanish uchun ish o`rni yaqinida quruqqum 
saklanishi lozim. 
Ish tugagach, gorelkadan yonilg`i chiqishiga to`liq chek qo`yuvchi rostlash 
murvati yopilgandan keyingina lampani o`chirish mumkin. 
Lampa o`chirilib, gorelka soviganidan keyingina idishdan havo 
chiqaruvchi 
murvat 
yerdamida 
havoni 
chiqarib 
yuborishga 
yo`l 
qo`yiladi.
Kavsharlagich bilan ishlashda: 
o`ta qizigan kavsharlagichni suyuklik bilan sovitmaslik kerak; 
kavsharlanishiga 
qadar 
alangalanuvchan 
materiallar 
oldindan 
tozalamasdan va yuvib tashlamasdan hamda oson alangalanuvchan materiallar 
yaqinida, mahalliy havo so`rish yo`kligida kavsharlash ishlarini olib borish man 
qilinadi; 
ish tugagach, qo`llarni yaxshilab sovunlab yuvish kerak. 
Kislotalardan foydalanishda: 
kislotalar 
yoki 
eritmalar 
bilan 
ish 
boshlashdan 
oldin 
vannalardagi shamollatish qurilmalari va yogoch panjaralar sozligini 
tekshirish kerak (shamollatmasdan ishlash taqiklanadi); 
xurushlash eritmalarini tayyorlashda faqat sovuq eritmalarnigina 
aralashtirish zarur; 
xlorid va sulfat kislotalar tiqinlari ishqalab moslangan shisha 
idishlarda sakdanishi kerak. Mexanik shikastlanishlardan himoyalash 
maqsadida 
idish 
yumshoq 
narsa 
to`shalgan 
to`qima 
savatga 
joylashtiriladi;
yog`sizlantiriladigan eritmalar tayyorlashda kaustik sodani faqat sovuq 
suvga qo`shish zarur; uni issiq suvga qo`shish taqiklanadi; 


97 
kuyib 
qolmaslik 
uchun 
suvni 
kislotaga 
quyish 
man 
qilinadi, 
chunki bunda shiddatli reaksiya yuz berib, kislota sachraydi. Kislotani 
suvga ingichka okimcha tarzida quyish va eritmani shisha tayoqcha bilan
aralashtirib turish kerak; 
qalay - qo`rg`oshin qotishmalari va kislotalar bilan ishlagandan keyin 
qo`llarni yaxshilab yuvish lozim. 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin