Talabalar duch keladigan qiyinchiliklar va yo`l qo`yadigan xatolar hamda ularning oldini olish Yumshoq kavsharlar bilan kavsharlashda talabalar kupincha yuzalarni
kavsharlashdan oldin tozalashda va kavsharlagichga qalay yugurtirishda
qiynaladilar.
Gap shundaki, talabalar yuzani jilvir qog`oz yordamida tozalashga harakat
qiladilar va bunda yuza jilvir zarralarini qog`ozda qotirib turuvchi yelim bilan
ifloslanishini hisobga olmaydilar. Bunday tozalash oqibatida yuza yelim
tarkibidagi moy bilan ifloslanadi va qalay yuzaga yopishish o`rniga unga
yuqmasdan tushib ketadi. Yuza jilvir qog`oz bilan emas, balki shaber bilan
tozalansa, bu qiyinchilik osonlikcha bartaraf qilinadi. Tozalangan joyga ko`l
tekkizmaslik kerak, chunki bunda ham yuza moylanib qoladi.
Kavsharlagichga qalay yugurtirishda uni ko`pincha o`ta qizdirib
yuboradilar, natyukada unda qasmoq hosil bo`lib, qalayni o`ziga yuqtirmaydi
(kavsharlagichni yana egovlab tozalashga to`g`ri keladi).
Kdlay yugurtirilgan koviyani normal qizdirib, ungatakror qalay yugurtirish
uchun latta yoki los bilan artish va shundan keyin novshadil bo`lagi ustidan
qalay yugurtirish kerak bo`ladi.
Qattiq kavsharlar bilan kavsharlashda talabalar ko`pincha biriktiriladigan
qismlarni yo`qotib qo`yadilar, chunki ularni ingichka sim bilan bog`laydilar, bu
sim esa kavshar suyuklanib bo`lganicha kuyib ketishi mumkin. Detallarni
olovga chidamli simlar bilan bog`lash tavsiya etiladi. Shuni esda tutish kerakki,
detallar bir-biriga jips moslanganida yaxshi kavsharlanadi.
Nazorat savollari 1.Kavsharlashga tayyorlanish jarayonini tushuntirib bering. 2.Yumshoq kavshar bilan kavsharlash deganda nima tushuniladi? 3.Kavsharlash turlarini sanab bering.
4.Kavsharlashning afzalliklari nimalardan iborat?
5.Yumshoq va qattiq kavsharlar bilan kavsharlashda xavfsizlik qoidalari.