98
Ma`ruza № 20
Mavzu: Detallarni yelimlab biriktirish
Reja:
20.1. Umumiy tushunchalar
20.2. Yelimlash
20.3. Materiallarning xossa va xususiyatlariga ko`ra yelim tanlash
Tayanch iboralar: Yelimlash, yelimlar, xrustallash, karbinol yelimi,issiqqa
chidamli yelimlar, purkash, flyus, xurushlash.
20.1.Umumiy tushunchalar
Detallarning sirtini yupqa qilib metal qatlami bilan
qoplashga qalaylash deb
ataladi. Odatda, detallarni koviyalashga tayyorlash maqsadida qalaylanadi,
ayrim hollarda metallarni zanglashdan saqlash
uchun ham qalaylash mumkin,
qalaylashda detalga flyus surtib, ustidan qalay quyiladi bunda qalay detal sirtiga
yupqa parda hosil qiladi. Detal sirtidagi qalay pardasini poluda deb ataydi.
Poluda sifatida qalayi va uning qotishmasidan foydalanish mumkin.
Sirtni qalaylashga tayyorlash. Sirtni qalay bilan qoplash uchun uni cho`tka
bilan tozalab, moyini ketkazib xurushlanadi. Ishlov berishdan oldin buyumni
toza suv bilan yuvish kerak.
Xurushlash usullari. Katta detallarni purkash, kichik detallarni poluda
botirish usuli bilan xurushlanadi.
20.2.Yelimlash
Mashina
detallari, qurilish konistruksiyalari va boshqa buyumlarni yelimlab
biriktirish ham mumkin. Yeilimlangan birikmalar suv va moy o`tkaxmaydi,
yuqori
darjada germetik, titrash va sarblarga bardoshli bo`ladi. Yelimlab
biriktirish parchinlash,
payvandlash, kavsharlash bilan biriktirish usullarning
o`rnini bosa oladi. Yelimlab biriktirish turli
usullar yordamida amalgam
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: