0‘zbekiston Respublikasi
lim, fan va innovatsiyalar vazirligining
|‘26”- maydagi 02/02-02/3 -1- sonli xatiga
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI HUZURIDAGI OLIY TA’LIMNI
RIVОJLANTIRISH TADQIQOTLARI VA ILG‘OR
TEXNOLOGIYALARNI TATBIQ ETISH MARKAZI TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI
0‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
KONSTITUTSIYASINING MAZMUN-
MOHIYATINI 0‘RGANISH
maxsus kursning o‘quv dasturi (Kollej va texnikumlar uchun)
Toshkent- 2023
Ushbu maxsus kursning o'quv dasturi O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Yangi tahrirdagi O'zbekiston R®SP“!,1*“\Sda^O^yi'l araalga oshirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-todbtrlarto g i^stda 2023 у 1 8-maydagi PF - 67-son Farmonida keltmlgan topshmqlar yrosim U m nlashga, shuningdek, talabalarda Konstitutsiya to‘g‘nsida bilim va ко mkmalarm shakllantirishga qaratilgan.
“O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-raohiyatini o'rganish” fakultativ kursi o‘quv dasturi. - T., 2023.
Tuzuvchilar:
I.Bekov
J.Bokiyev
Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi mudiri, y.f.d., prof Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi o‘qituvchisi
Taqrizchi: Sh.Yakubov B.Narimanov
Yuridik fanlar doktori, professor Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
KIRISH
Bugungi rivojlanib borayotgan davrda har bir mamlakatning asosiy maqsad hamda vazifasi inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, erkin demokratik davlatni barpo etishdir. Inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda konstitutsiya asosiy hujjat hisoblanadi. 0‘zbekistonda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlaming ham asosiy g‘oyasi inson qadrini ulug‘lash, uning asosiy huquqlarini yanada mustahkamlash ekanligini alohida ta kidlash lozim. E’tiborli jihati shundaki, konstitutsiyaviy islohotlarda asosiy kuch bu xalq ekanligidir. Ya’ni 0‘zbekiston Respublikasining yangi konstitutsiyasida mustahkamlangan normalar bevosita xalqning takliflari asosida ishlab chiqilganligi bir jihat bo‘lsa, xalqning xohish-irodasi bilan referendum orqali qabul qilinganligi у ana bir muhim jihat bo‘ldi. 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrin 2023-yil 1-maydan e’tiboran kuchga kirdi. 1992-yilda qabul qilingan Konstitutsiyada belgilangan normalar 65 foizga yangilandi. Inson huquqlariga oid normalar 3 barobarga ko‘paydi. Konstitutsiyaning birgina 1-moddasining o‘zida “0‘zbekiston - boshqaruvning respublika shakliga ega bo 4gan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ” sifatida belgilanganligi juda katta o‘zgarishlar uchun zamin yaratmoqda. Huquqiy davlatdabarcha jarayonlar qonuniy asoslar ustiga quriladi, davlat xizmatchilaridan huquq doirasida fikrlash, barcha masalalarga huquqiy nazar bilan qarash talab etiladi. Qolaversa, huquqiy davlatda barcha fuqarolar qonun oldida teng bo‘ladi, davlat hokimiyatining oliy organlari ham qonunlarga bo‘ysunadi va qonunlaming muqarrar ijrosini ta minlaydi. 0‘zbekiston o‘zini ijtimoiy davlat deb e’lon qilishi bilan har bir fuqarosiga munosib turmush kechirishi uchun shart-sharoit yaratish majburiyatini olmoqda. Bu - mavjud resurslarni ijtimoiy adolat tamoyillari asosida taqsimlash, jamiyatda kuchli tabaqalanish avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik, eng zaif qatlamlar uchun ham sifatli ta’lim va tibbiy xizmat kafolatlanishi, samarali ijtimoiy hiraoya dasturlari ishlashi, imkoniyati cheklangan va qo‘llovga muhtoj ftiqarolami qo‘llab-quvvatlash, adolatli mehnat qonunchiligi va pensiya tizimi kabilarni anglatadi. Oddiyroq qilib aytganda, eng kambag‘al oilaning bolalanda ham sog‘- salomat o‘sib-ulg‘ayib, yaxshi ta’lim olib, farovonlikka erishish imkoniyati bo‘lishi kerak.