1 – amaliy mashg’ulot: Avtomatlashtirish vositalarini tanlash va avtomatika elementlarining statik tavsifnomalarini aniqlash



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə1/8
tarix28.08.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#140824
  1   2   3   4   5   6   7   8
1 – amaliy mashg’ulot Avtomatlashtirish vositalarini tanlash va (1)


1 – amaliy mashg’ulot:Avtomatlashtirish vositalarini tanlash va avtomatika elementlarining statik tavsifnomalarini aniqlash

Har qanday avtomatlashtirish qurilmasi fizik kattaliklarning sifat va miqdor o'zgarishlarini amalga oshiruvchi, bir-biri bilan bog'langan alohida elementlardan tashkil topgan. Avtomatika elementlari sanoatda seriyali ishlab chiqarilishiga qaramasdan, ko'p hollarda ularni tekshirish talab qilinadi. Qishloq xo'jaligiga xos bo'lgan turli kattalik-larni nazorat qilish uchun birlamchi o'zgartkichlar, datchiklar ishlab chiqilgan. Qishloq xo'jalik mahsulot-larining sifat ko'rsatkichlari yoki texnologik jarayonlarni xarakterlovchi turli noelektrik kattaliklar (masalan, sut mahsulotlari tarkibidagi yog'lar, oqsil, kislota va tuzlar miqdori, meva va sabzavotlarning fizik tarkibi, namlik miqdori, don mahsulotlaridagi oqsil va kraxmal miqdori va hokazo) ana shunday kattaliklardan hisoblanadi. Bundan tashqari qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida dehqonchilik va chorvachilikda texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish uchun katta miqdordagi maxsus datchiklar va o'zgartkichlar kerak bo'ladi. Datchikning asosiy qismi undagi birlamchi o'zgartkich bo'lib, qabul qiluvchi organ hisoblanadi. Bu elementga faqat nazorat qilinayotgan kattalik ta'sir ko'rsatadi va uni kerakli ko'rinishdagi signalga aylantirib beradi. Qabul qiluvchi organlar atrof-muhitning turli ta'sirlariga (namlik va temperaturaning katta oraliqda o'zgarishi, agressiv gazlar, abraziv chang, quyosh radiatsiyasi va boshqalar) hamdaavtomatlashtirish obyckti tarafidan ko'rsatiladigan zararli ta'sirlarga (tebranishlar, termik va mexanik yuklamalar, elektromagnit maydon vaboshqalar) nisbatan sezuvchan bo'ladi.


Avtomatik rostlash sistemalarining sifatli ishlashi barcha elementlarning to'g'ri tanlanishi va rostlanishiga bog'liq. Buning uchun rostlanuvchi obyekt va ushbu tizimdagi barcha elementlarning xarakteristikalarini bilish zarur. Tekshiriluvchi obyektlar xilma-xil xususiyatga ega bo'lgani sababliular bir-biridan tubdan farq qiladi. Ammo ularni tahlil qilishda obyektlarva avtomatik rostlash sistemalaridagi elementlarning bir-biriga o'xshashbo'lgan xususiyatlarini aniqlash va shu xususiyatlar bo'yicha elementarbo'g'inlarga ajratish maqsadga muvofiq bo'ladi.Namunali bo'g'inlargaajratilgan obyektlar yoki elementlarning xossalarini bilish konkrettexnologik jarayonlarni tahlil qilishni yengillashtiradi.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin