1- amaliy mashgulot I sh I mavzu: benzinli motorlarning kontaktli o’t oldirish tizimini tuzilishi va ishlash printsipini o’rganish, tavsifnomalarini olish



Yüklə 240,71 Kb.
səhifə1/2
tarix20.11.2023
ölçüsü240,71 Kb.
#162363
  1   2
1-AMALIY MASHGULOT


1- AMALIY MASHGULOT I SH I
MAVZU: BENZINLI MOTORLARNING KONTAKTLI O’T OLDIRISH TIZIMINI TUZILISHI VA ISHLASH PRINTSIPINI O’RGANISH, TAVSIFNOMALARINI OLISH
1. Ish o’tkazishdan maqsad:
1. Kontaktli o’t oldirish tizimlarining ishlash printsipi bilan tanishish, ularning asosiy elementlarini vazifasi, tuzilishi va texnik tavsifnomalarini o’rganish.
2. Kontaktli o’t oldirish tizimlarining tavsifnomalarini olish, ularni tahlil qilish va tadqiqot qilingan o’t oldirish tizimlarining afzallik va kamchiliklari haqida xulosa chiqarish.
2. Ish o’tkazish uchun zarur bo’ladigan jihozlar va o’lchov asboblari:
1. EMA-3 belgili tekshiruv-sinov qurilmasi (4.1-rasm).
2. Yig’ilgan, kesilgan alohida o’t oldirish tizimi apparatlar qismlari.
4. O’t oldirish tizimiga oid plakatlar, maketlar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar.
3. Ishni bajarish tartibi.
Laboratoriya ishini bajarishga tayyorlanish borasida talaba quyidagi hajmda mustaqil ish bajarishi lozim:
- kontaktli va elektron o’t oldirish tizimlarining vazifasi, ishlash printsipini (umumiy sxemasi bo’yicha), ularning bir-biridan farqi, afzallik va kamchiliklarini puxta o’rganib chiqishi kerak ;
- o’t oldirish tizimining asosiy asboblari - o’t oldirish g’altagi, uzgich-taqsimlagich va unga o’rnatilgan o’t oldirishni ilgarilatish burchagini mar-kazdan qochma va vakuum rostlagichlari, tranzistorli kommutator va o’t oldi-rish shamini vazifasi va tuzilishi haqida aniq tasavvurga ega bo’lishi kerak ;
- o’t oldirish tizimlarining tavsifnomalarini olish usullari bilan ta-nishib chiqishi kerak;
- 4.2 ilovada berilgan tekshiruv savollarga javob bera olishi kerak.
4.Nazariy ma’lumotlar
O’t oldirish tizimining tavsifnomasi deb birlamchi zanjirdagi tok kuchi I1 va o’t oldirish g’altagining ikkilamchi chulg’amida hosil bo’ladigan yuqori
kuchlanish U2max ni dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi n va tsilindrlar soni z bog’liqligiga aytiladi.



Kontaktli va elektron o’t oldirish tizimlarining tavsifnomasini tekshirish uchun EMA-3 belgili tekshiruv-sinov qurilmasidan foydalaniladi (4.1-rasm). Bu qurilma kontaktli o’t oldirish tizimini tekshirish uchun voltmetr 1, uzgich-taqsimlagich 2, variator 3, o’t-oldirish g’altagi 4, uch elektrodli razryadlantirgich 5,6, tarmoq ulagich tumbleri 7, aylanishlar sonini o’zgartirgich 8, birlamchi zanjir tumbleri 9, birlamchi tok ampermetri 10 va kuchlanishni o’lchash uchun voltmetr bilan jixozlangan.

4.1-rasm. Kontaktli o’t oldirish tizimini tekshirishga mo’njallangan EMA-3 qurilma

Kontaktli o’t oldirish tizimining tavsifnomasini tekshirish uchun 4.2-rasmda keltirilgan elekt sxemadan foydalaniladi.





4.2-rasm. Kontaktli o’t oldirish tizimini tavsifnomasini tekshirish uchun o’lchov asboblarining ulanish sxemasi

O’t oldirish g’altagining birlamchi chulg’amiga 5A li ampermetr ulangan, ikkilamchi chulg’amdan chiqqan yuqori kuchlanish o’tkazgichi esa uch elektrodli ninasimon elektrsizlagichga ulangan. Elektrsizlagich elektrodlari orasidagi tirqishni o’zgartirish va o’lchash mumkin.
Kontaktli o’t oldirish tizimining tavsifnomasini tekshirish ikki bos-qichdan iborat:
1). Birlamchi zanjirga variator (qo’shimcha qarshilik) ulanmagan holda tekshirish:
2). Birlamchi zanjirga variator ulangan holda tekshirish.
Variator g’altaksimon qo’shimcha qarshilik bo’lib oddiy temir simdan yoki nikeldan o’raladi. Variatorning asosiy xususiyati shundan iboratki, uning qarshiligi, undan o’tayotgan tok kuchining kattaligiga qarab o’zgarib turadi. Tok kuchi katta bo’lsa variator qiziydi va uning qarshiligi ortadi va aksincha tok kuchi kamaysa, variator soviydi va uning qarshiligi kamayadi. Variatorning qarshiligini, undan o’tayotgan tok kuchiga bog’liqlik xususiyati kontaktli o’t oldirish tizimining tavsifnomasini yaxshilashda foydalaniladi.

Yüklə 240,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin