1- amaliy mashgulot I sh I mavzu: benzinli motorlarning kontaktli o’t oldirish tizimini tuzilishi va ishlash printsipini o’rganish, tavsifnomalarini olish



Yüklə 240,71 Kb.
səhifə2/2
tarix20.11.2023
ölçüsü240,71 Kb.
#162363
1   2
1-AMALIY MASHGULOT

5.Hisobot mazmuni.
Kontaktli o’t oldirish tizimini tavsifnomasini tekshirish quyidagi tartibda bajariladi.
I - bosqich
1. Variatorni yuqorigi klemmalari o’z-oro birlashtirilib qo’yiladi.
2. Qurilma elektryurgizgichini boshqaradigan dasta 9 yordamida erishish mumkin bo’lgan eng kam aylanishlar chastotasi 250...300 1/min o’rnatiladi.
3. Elektrsizlagichda uchqunning uzluksiz o’tib turishini ta’minlaydigan tirqish o’rnatiladi (harakatlanadigan elektrod yordamida).
4. O’t oldirish tizimining birlamchi zanjiridagi tok kuchi I1 ampermetr, elektrsizlagichdagi elektrodlar orasidagi tirqish o’lchov lineykasi yordamida o’lchanadi va hisobotdagi jadvalga yozib qo’yiladi.
5. Qurilma elektryurgizichining aylanishlar chastotasi sekin-asta eng katta qiymatigacha oshirib boriladi va har 250...300 I/min aylanishlar chastotasida tok kuchi I1 va elektrsizlagichda uchqunning uzluksiz o’tib turishni ta’minlaydigan eng katta tirqish o’rnatiladi va o’lchab boriladi. Olingan ma’lumotlar hisobotdagi jadvalga yozib qo’yiladi.
6. Shartli ravishda elektrsizlagichning uzluksiz uchqun o’tib to’rgan 1 mm tirqishga 1,5 kV kuchlanish to’g’ri keladi deb olib, har bir o’lchovlar o’tkazilgan aylanishlar chastotasiga taalluqli, o’t oldirish g’altagining ikkilamchi chulg’amida induktsiyalangan yuqori kuchlanish U2max qiymatlari aniqlanadi. Masalan, uzluksiz uchqun o’tib to’rgan tirqishning kattaligi 10 mm bo’lsa, demak shu aylanishlar chastotasi uchun U2max ning qiymati 15 kV ga teng bo’ladi.
7. Olingan tajribaviy ma’lumotlar asosida I1 = f(n) va U2max= f(n) tav-sifnomalar grafigi chiziladi va ular tahlil qilinadi.
II - bosqich
II bosqichning birinchisidan farqi shundan iboratki, variator yuqori klemmalarini birlashtiruvchi o’tkazgich olib tashlanadi. Qolgan hamma ishlar I bosqichda keltirilgan tartibda bajariladi.
6. . Foydalanilga adabiyotlar.
1. Mahmudov G’.N. Avtomobillarning elektr va elektron jihozlari. Darslik. 3-chi nashr, Toshkent, «Navro‘z», 2018y., 320 b.
2. Mahmudov G’.N. Avtotransport vositalarning elektr jihozlari. Kasb hunar kollej talabalari uchun darslik. 2 – chi nashr. Toshkent, Ilm ziyo, 2016y. 264 b.
Yüklə 240,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin